Nazorat savollari:
1.
O‘zbekiston Respublikasining «Garov to‘g‘risida»ga Qonuni qachon qabul
qilingan?
2.
Garov ta‘minotining qanday turlari mavjud?
3.
Kredit ta‘minotining asosiy turlari va ularga izoh?
4.
Bank marjasini aniqlashda garov ta‘minotining hisobi qanday aniqlanadi?
5.
Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qanday xujjatalr taqdim etilishi
kerak?
227
XI-BOB. INVESTITSIYA LOYIHASINI TASDIQLASH JARAYONI
11.1.
Bankning kredit qo’mitasi tomonidan qarorlar qabul qilish jarayoni
Bozor iqtisodi sharoitida banklarning o‘rni hamda faoliyatini muhimligi, pul,
kredit va bank tizimining takomillashib borishi, shu sohada malakali kadrlar
tayyorlashni va mavjud muammolar echimini taqozo qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank - bu tijorat muassasasi
bo‘lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qilish
va ularni o‘z nomidan, to‘lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida
joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi.
Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi.
Uning asosiy elementlari bo‘lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma‘lum
tamoillar asosida olib boriladi. Bu tamoillar kredit rivojlanishining birinchi
bosqichida ko‘zga tashlangan edi, keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro
kredit qonunchiligida yaqqon o‘z aksini topdi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit
bir necha tamoillarga ega. Bular kreditning qaytib berishligi, kreditning
muddatligi, kreditning ta‘minlanganligi, maqsadliligi va to‘lovlilik tamoyillaridir.
Quyida biz har bir tamoyilning mazmunini qisqacha tariflab o‘tmoqchimiz.
1. Kreditning qaytib berish tamoyili
Bu tamoyil kreditning mustaqil iqtisodiy kategoriya ekanligining shartidir.
Qaytib berishlik kreditning umumiy belgisi hisoblanadi. Qaytib berishlik o‘z-
o‘zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, qiymatning aylanishining
tugashiga asoslanadi. Ammo aylanma oborotning tugashi - bu qaytarib berishi
emas, faqat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashidir. Kreditni qaytarish
oborotdan chiqqan mablag‘lar qarz oluvchiga pul mablag‘larini qaytarish
imkoniyatini bergan taqdirda qaytariladi. Qaytarib berishlilik ikkiyoqlama
jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz oluvchi uchun ham bir xil
darajada muhimdir.
228
Qiymatning qaytuvchi harakatida huquqiy tomoni ham muhimdir. Muayyan
bir muddatga beriladigan qiymatga egalik huquqi kreditordan qarz oluvchiga
o‘tmaydi.
Qarzga beriladigan qiymat faqat muayyan bir muddatgaina o‘z egasi qo‘ridan
uzoqlashadi, lekin egasini o‘zgartirmaydi.
Bo‘sh to‘rgan resurslarni akkumulyatsiya qiluvchi banklar bu resurslardan o‘z
resurslari sifatida foydalana olmaydi. Bank qarzga beruvchi mablaqning egasi
bo‘lib korxona, tashkilot, alohida shaxlar hisoblanadi.
Qaytarib berishlilik muayyan shartnomada o‘zining o‘rnini topadi.
Qaytarib berishlilik ob‘ektiv belgi hisoblanadi. kreditni qaytarib berishlilik
tomoni uni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu jumladan, moliyadan farq qilish
imkoniyatini beradi.
Kreditdan samarali foydalanishi asosidagi qaytarib berishlilik - butun bank
faoliyatining markaziy punkti hisoblanadi. Kreditning bu tomoyili o‘z amaliyot
aksini kredit va undan foydalanganlik uchun foiz summasini kredit bergan
muassasa hisobiga ko‘chirish yo‘li bilan to‘lanadi, Shu yo‘l bilan banklar kredit
resurslarining qayta tiklanishini ta‘minlaydilar. Bizning amaliyotimizda
markazlashgan rejali iqtisodiyot sharoitida kreditlashning «qaytarilmaydigan ssuda
degan» norasmiy tushunchasi bor edi. Kreditlashning bu shakli xalq xo‘jaligining
ko‘p tarmoqlarida ayniqsa qishloq xo‘jaligi sohasida keng tarqalagn edi. Kredit
davlat banki tomonidan qarz oluvchining moliyaviy ahvolini hisobga olmagan
holda berilar edi. O‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra qaytarilmaydigan ssudalar
byudjet subsidiyasining qo‘shimcha shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida «qaytarilmas kredit» tushunchasi bozor iqtisodi tomoillariga
yod bo‘lib bunday kreditning amaliyotda bo‘lishi iqtisod uchun juda xavfli
hisoblanadi.
2. Kreditning muddatligi.
Bu tamoyil kredit beruvchidan olingan kreditni o‘z vaqtida qaytarib berish
muddatini, ya‘ni kreditning qanday muddatga berilganligi bilan xarakterlanadi.
229
Bunda shu muddatlilik tamoyiliga ko‘ra kredit uzoq va qisqa muddatli kreditlarga
bo‘linadi.
Kreditning muddatlilik tamoyili qarzdor uchun qulay bo‘lgan har qanday
vaqtda emas, balki kredit bitimida ko‘rsatilgan malum muddatda kreditning
qaytarilishi zarur ekanligini bildiradi. Kreditning muddatliligi har ikkala tomon,
kreditor va qarz oluvchi uchun muhimdir. Agar kreditor qarzni foizi bilan o‘z
vaqtida qaytib olsa, uni egasiga o‘z vaqtida qaytarish yoki yana kreditga berish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qarz oluvchi kreditni samarali ishlatib, uni o‘z vaqtida
kreditorga qaytarish va shu bilan shartnomadagi jazo choralaridan qutilishidan
manfaatdor.Kreditning muddati bo‘yicha kredit shartnomada ko‘rsatilgan
shartlarning buzilishi natijasida qarz beruvchi qarz oluvchiga iqtisodiy choralar
(jarimalar shaklida, kredit bo‘yicha foiz darajasini oshirish, kreditning muddatini
qisqartirish va boshqa) ni qo‘llashi mumkin.Bu choralar ham yordam bermagan
hollarda qarz beruvchi moliyaviy talablarni xo‘jalik sudi orqali undirib olishi
mumkin. Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarni tejamli va qayta
ishlatish muddatiga, ishlab chiqarilgan mahsulotni jo‘natish muddatiga, tovarlarni
sotish muddatiga va pirovard natijada aylanma fondlarining doiraviy aylanishining
tezligiga bog‘liqdir.
3. Kreditning tovar - moddiy boyliklar bilan ta‘minlanganligi.
Bu tamoyil yordamida xalq xo‘jaligining rivojlanishida qiymat va moddiy
shilab chiqarish o‘rtasida bo‘lishi zarur bo‘lgan proportsiyalarining bir me‘yorda
bo‘lishi rag‘batlantiriladi. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki, bunda
xo‘jalik oborotida ishtirok etuvchi bank mablag‘larining har bir so‘miga muayyan
moddiy boyliklarning bir so‘mi qarama-qarshi turishi kerak. Banklar tomonidan
xalq xo‘jaligi tarmoqlariga berilgan kreditlar to‘liq tovar moddiy boyliklari va
malum xarajatlar bilan ta‘minlangan bo‘lishi kerak. Tarmoqlarga ta‘minlanmagan
kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankga qaytib kelmasligiga asos
hisoblanadi. Bu o‘z navbatida bankning likvidliligiga va pul muomalasiga katta
tasir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar
tomonidan beriladigan kreditlarning tovar moddiy boyliklar va xarajatlar bilan
230
ta‘minlangan bo‘lishiga muhim e‘tibor berilmoqda. Hozirgi sharoitda bu
jarayonning amalga oshirilishini quyidagicha ifodalash mumkin.
Kredit olayotgan korxona bankka tovar yoki tovar hujjatlarini, boshqa biror
shakldagi mulkini garovga qo‘yadi. Agarda bank bergan kredit qarz oluvchi
tomonidan o‘z vaqtida bankka qaytarilmasa bank tovarni sotish hisobidan qarz
o‘rnini qoplash huquqiga ega bo‘ladi. Bazida kredit varrant asosida ham berilishi
mumkin. (Varrant - garov uchun xizmat qiluvchi hujjat). Bunda kreditor
berayotgan krediti tovar - moddiy boyliklar bilan ta‘minlanganligiga ishonch hosil
qilishi kerak.
Bank ssudalarini tovar - moddiy boyliklar bilan to‘liq ta‘minlanganligi pul
muomalasini barqarorligini ta‘minlaydi, chunki bank oborotidagi pullar naqd pulga
va aksincha transfomatsiyalanib turadi.
Xulosa qilib aytganda, kreditning ta‘minlanganlik tamoyili qarz oluvchi
o‘ziga olgan majburiyatlarni buzish sharoitida qarz beruvchining mulkdorlik
manfaatlarini himoya qilishni ta‘minlaydi va o‘zining amaliy aksini kreditni biror
garov yoki moliyaviy kafolat asosida berishda topadi. Bu umumiqtisodiy
barqarorlik davrida ayniqsa muhimdir.
4. To‘lovlilik tamoyili.
Bu tamoyil aylanma fondlarining doiraviy aylanishini, kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish jarayonini ta‘minlovchi to‘lov resurslari summasini avanslashtirish
zaruriyatidan kelib chiqadi.
Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag‘lari uchun
kreditorga foiz shaklida to‘lovni o‘tkazadilar. Kreditning to‘lovligi uni to‘liq
summada o‘z egasiga qaytarilishinigina emas, shu bilan kredit uchun foiz
shaklidagi to‘lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o‘z mablag‘larini
hech vaqt o‘z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag‘ni
qarzga berganligi uchun muayyan to‘lov talab qiladi (foizsiz imtiyozli kreditlar
bundan mustasno).
231
Kreditning to‘lovligi, nafaqat, banklar xo‘jalik hisobi statusiga, shu bilan
birga korxonalarni bevosita foydasi bilan bog‘liq xo‘jalik hisobiga
rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Kredit uchun haq to‘lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi
o‘rtasidagi qo‘shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon
bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotda uchta asosiy funktsiyasini
bajaruvchi bank foizi normasini o‘rnatish jarayonida namoyon bo‘ladi:
- huquqiy shaxslar foydasining va jismoniy shaxslar daromadining
taqsimlanishi;
- ishlab chiqarishni tartibga solishva ssuda kapitalining taqsimlanishi orqali
tarmoq, tarmoqlararo va xalqaro miqyosda aylanishi;
- iqtisodiyot rivojlanishining inqirozli bosqichida bank mijozlarining pul
mablag‘larini inflyatsiyadan himoyalash va boshqalar.
Ssuda foizining stavkasi ssuda kapitalidan olingan yillik daromad
summasining berilgan kredit summasiga nisbati bilan aniqlanib, kredit
resurslarining bahosi sifatida namoyon bo‘ladi.
Boshqa tovarlar bahosi belgilanishining ananaviy mexanizmidan farqli
o‘laroq kreditning bahosi, ssuda kapitali bozoridagi talab va taklifning nisbatini
o‘zida aks ettiradi va u bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi:
- bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi (inqiroz davrida ssuda foizi o‘sadi
va aksincha, yuksalish davrida esa pasayadi);
- inflyatsiya jarayoni suratlari (amaliyotda ssuda foizining inflyatsiya o‘sish
sur‘atlaridan orqada qolishi uchrashi mumkin );
- tijoart banklarni kreditlash jarayonini amalga oshiruvchi Markaziy bank
orqali davlat kreditini tartibga solishning samaradorligi;
- xalqaro kredit bozoridagi holat (masalan, biror mamlakatda kredit bo‘yicha
foiz stavkasining oshishi shu mamlakatga chet el kapitalining oqib kelishiga olib
keladi va bu milliy bozorlar holatiga tasir ko‘rsatadi);
- jismoniy va huquqiy shaxslar pul jamg‘armalarining dinamikasi (ularning
hajmi qisqargan holda ssuda foizi o‘sadi);
232
- potentsial qarz oluvchilarning kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlab
beruvchi ishlab chiqarish dinamikasi;
- ishlab chiqarishning mavsumiyligi (chet el amaliyotida banklar mavsum
davrida kreditlar bo‘yicha foizlarni oshiradilar);
- davlat tomonidan beriladigan kredit miqdori bilan davlatning ichki qarzlari
o‘rtasidagi nisbat (ssuda foizi ichki davlat qarzlari o‘sishi bilan birga o‘sibboradi).
5. Kreditning maqsadliligi.
Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar
aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Kreditning qaysi
maqsadga yo‘naltirilganligi, masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki
biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va hakozo aniq biror ob‘ektga
maqsadli yo‘naltirilganligi korxona bilan bank o‘rtasida tuziladigan kredit
shartnomada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit
shartnomada ko‘rsatilgan shini bajarishga sarflashi kerak . Bunda kredit muayyan,
aniq ob‘ektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zahiralariga, tayyor
mahsulotga, jo‘natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hakazolarga
beriladi.
Yuqorida keltirilgan tamoyillar kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida
mavjud bo‘lishi va harakat qilishining muhim tomonlarini o‘zida ifodalaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning yuqorida keltirilgan tamoyillaridan
tashqari, kreditdan oqilona foydalanishni ifodalovchi tamoyil kreditning
samaradorligi tamoyilini kiritishimiz zarur. Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz
summasini bankga qaytarib to‘lashni, undan tashqari shu kredit yordamida
kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona qancha
samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
beriladigan kreditlar malum bir loyihalarning bajarilishiga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Banklar loyihalarni kreditlash yoki moliyalashtirishidan oldin loyihani bajarish
uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larning samaradorligini hisoblab chiqishlari zarur.
Agar biz bozor iqtisodi yuqori rivojlangan mamlakatlarda kreditlash va loyihalarni
moliyalashtirish amaliyotiga e‘tibor beradigan bo‘lsak, bu mamlakatlarda korxona,
233
tashkilotlarga kredit berishdan oldin qo‘yiladigan mablag‘larning samaradorligi
hisob kitob qilib chiqiladi. Agarda loyihaga qo‘yiladigan mablag‘lar samara
beradigan bo‘lsagina, shu loyiha uchun mablag‘ ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |