O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

9.5.
 
Investitsiya risklarini pasaytirish yo’llari
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi alohida risklar ta‘sirini yo‘qotish 
yoki yumshatish uchun bir qancha yo‘llardan foydalaniladi. 
1. Riskdan qochish - risk bilan bog‘liq tadbirlardan voz kechishni (demak, 
bunda foydadan ham voz kechishni) bildiradi.
2. Riskni ushlab qolish – investor zimmasiga riskni qoldirish, bunda investor 
o‘z kapitalini riskli tadbirlarga yo‘naltirayotganda, risklardan ko‘riladigan 
zararlarni qoplash uchun mablag‘i bo‘lishi kerak.
3. Riskni uzatish (sug‘urtalash) – investor risk havfini kimningdir zimmasiga 
yuklaydi. Riskni sug‘urtalash, mantiqan olganda, muayyan risklarni sug‘urta 
kompaniyalariga berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish 
maqsadida daromadning bir qismidan voz kechishini anglatadi. Bunda investorning 
risk darajasini ―nol‖ga tushirish uchun to‘lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini 
tushunish mumkin. Ko‘p hollarda, sug‘urta kompaniyalari moliyaviy risklarni 
sug‘urtalash bilan risk darajasini pasaytirishga to‘liq erishishiga xizmat qiladilar. 
4. Riskni pasaytirish - ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira 
mablag‘larini tashkil etish yo‘li bilan yo‘qotishlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. 
Ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag‘larini tashkil 
etishdagi asosiy muammo risk oqibatlarini, ya‘ni risk natijasida ko‘riladigan 
zararlarni baholash hisoblanadi. Buning uchun loyiha qiymatini boshlang‘ich 
baholashni hisobga olish lozim. Bu esa zahira summasini aniqlashga katta yordam 
beradi.
Riskni pasaytirishning aniq vositasini tanlashda investor quyidagi 
tamoyillarga asoslansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
- ortiqcha tavakkal qilish kerak emas; 
- risk oqibatlari to‘g‘risida o‘ylash lozim; 
- kam narsa uchun risk qilish kerak emas.


194 
Birinchi tamoyilga asosan, investor o‘z kapitalidan ko‘ra ko‘proq risk qilishi 
mumkin emas, ya‘ni investor investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida 
qaror qabul qilishidan avval quyidagilarga amal qilishi lozim: 
- loyihaga ta‘sir etuvchi risk bo‘yicha mumkin bo‘lgan zararning maksimal 
hajmini aniqlab olishi; 
- uni qo‘yilayotgan kapital va o‘zining barcha moliyaviy mablag‘lari bilan 
taqqoslashi lozim. 
- ushbu kapitalning yo‘qotilishi investorning bankrot bo‘lishiga olib kelish-
kelmasligini risk koeffitsientini hisoblash asosida aniqlashi lozim. Risk 
koeffitsienti quyidagicha topiladi: 
Rk=Z/UMR (9.3)
36
bunda Rk – risk koeffitsienti; Z – maksimal mumkin bo’lgan zararlar summasi; UMR – 
o’z moliyaviy resurslar hajmi. 
Formuladagi Rk≤0,3 – riskning mumkin bo‘lgan darajasi; Rk≥0,7 – 
investorni bankrotlikka olib keluvchi risk koeffitsienti. 
Ikkinchi tamoyilning amalga oshirilishi investorning risk ehtimolligi miqdori 
va oqibatlarini aniqlab olgan holda riskni pasaytirish usullari to‘g‘risida qaror 
qabul qilinishini talab etadi.
Uchinchi tamoyilning amal qilinishi loyihadan ko‘riladigan zarar hajmi 
nisbatan yuqori bo‘lgan hollarda riskdan (tavakkal qilishdan) bosh tortish zarurligi 
bilan anglanadi, ya‘ni oz samara uchun ko‘p narsadan voz kechish kerak emas.
Investitsiya risklarini pasaytirish usullari quyidagilardan iborat:
- risklarni diversifikatsiyalash; 
- risklarni sug‘urtalash; 
- risklarni loyiha qatnashchilari o‘rtasida taqsimlash; 
- risklar uchun moliyaviy zahiralar ajratish. 
- qo‘shimcha ma‘lumotlar va axborotlarga ega bo‘lish. 
36
Староверова Г. С. Экономическая оценка инвестиций : учебное пособие. – М. КНОРУС, 2006. – С. 257. 


195 
Risklarni diversifikatsiyalash bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan turli xil faoliyatlar 
o‘rtasida risklarni taqsimlash xisoblanadi. Diversifikatsiya turli xil faoliyatlar 
o‘rtasida investitsiyalarni taqsimlash asosida riskning bir qismidan qutulish 
imkonini beradi (masalan, investitsiya portfelini shakllantirish).
Investitsiya portfelini shakllantirishda risklarni taqsimlashning quyidagi 
shakllari mavjud: 
- tovar va xizmatlar hamda faoliyat turlari bo‘yicha diversifikatsiyalash; 
- iste‘molchilarni diversifikatsiyalash; 
- mol etkazib beruvchilarni diversifikatsiyalash; 
- loyiha qatnashchilarni diversifikatsiyalash. 
Risklarni sug‘urtalash bu risklardan og‘ish hisoblanib, bunda mukofot evaziga 
risklarni sug‘urta kompaniyalariga berish orqali risklarni pasaytirish hisoblanadi. 
Sug‘urtalashda mulkni sug‘urtalash hamda baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash 
amalga oshiriladi. Mulkiy sug‘urtalashning quyidagi shakllari mavjud: 
- moddiy yo‘qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida pudrat 
qurilishlarini sug‘urta qilish; 
- moddiy yo‘qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida dengiz yoki 
havo transportlari orqali tashilayotgan yuklarni sug‘urta qilish; 
- moddiy yo‘qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida pudrat va 
subpudrat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan asbob uskunalarni sug‘urta qilish. 
Baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilishning quyidagi shakllari mavjud:
- qurilish qatnashchilari tana jarohatlari, shaxsiy zarar yoki mulkiy zarar 
ko‘rganlarida bosh pudrat tashkilotlari faoliyatini himoya qilish maqsadida 
umumiy fuqorolik javobgarligidan sug‘urta qilish; 
- loyihalashtirish jarayonida arxitektorlik va texnik nuqtai nazardan 
xatolarga yo‘l qo‘yilganda loyihalarni boshqarishda kamchiliklar kelib chiqqanda 
bosh pudrat tashkilotini moddiy javobgarlikdan sug‘urta qilish.
Risklarni loyiha qatnashchilari o‘rtasida taqsimlash moliyaviy reja va 
shartnoma xujjatlarini ishlab chiqish davomida amalga oshiriladi. Risklarni 
taqsimlashda loyiha qatnashchilari ularga tegishli bo‘lgan u yoki bu risklarni 


196 
ko‘paytirib yoki kamaytirgan holda qaror qabul qiladilar. Masalan, loyihani amalga 
oshirishning har bir bosqichda hech bo‘lmaganda ikki tomon ishtirok etadi: 
sotuvchi va sotib oluvchi, buyurtmachi va buyurtmani amalga oshiruvchi. 
Buyurtmachi shartnomada ko‘rsatilgan ishlarni o‘z vaqtida hamda sifatli qilib 
bajarilgan holda shartnoma qiymatini kamaytirishga harakat qiladi; buyurtmani 
bajaruvchi esa, maksimal foyda olishga harakat qiladi. Bunda risk darajasi ikki 
tomon uchun ham mos kelishi kerak. 
Risk orqali ko‘rilgan zararlarni qoplash moliyaviy zahiralarni tashkil etishni 
ko‘zda tutadi. Ko‘zda tutilmagan zararlarni qoplash uchun moliyaviy zahiralarni 
tashkil etish orqaligina loyihani amalga oshirishda vujudga keladigan uzilishlarni 
bartaraf etish mumkin. 
Moliyaviy zahiralarni tashkil etishda quyidagilarni aniqlash lozim: 
-
ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun kerakli bo‘lgan mablag‘ 
miqdori; 
-
ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun kerakli bo‘lgan zahiraning 
tarkibi; 
-
belgilangan zahiralardan foydalanish maqsadlari. 
Moliyaviy zahiralar ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun qo‘shimcha 
mablag‘larni ajratish orqali tashkil etiladi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 
ayrim davlatlari sharoitida (masalan, Rossiya Federatsiyasida) moliyaviy zahiralar
loyihani amalga oshirish xarajatlarining 20 foizini tashkil etadi, chet ellarda bu 5 
foizga teng
37

Moddiy zahiralar maxsus zahiralar tashkil etishni, masalan, ma‘lum bir davr 
mobaynida loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish uzilishlarsiz amalga oshirilishi uchun 
xom ashyo va materiallar zahiralarni tashkil etishni anglatadi. 
Informatsion zahiralar deganda, qo‘shimcha ma‘lumotlar va axborotlarga ega 
bo‘lish tushuniladi. Bunday zahiralarga ega bo‘lishdan maqsad, loyiha 
parametrlarini aniqlashtirish hamda loyihaning ishonchliligi va samaradorligini 
37
Кузнецов Б. Т. Инвестиции: Учеб. пос. для студентов вузов, обучающихся по направлению подготовки 
«Экономика». – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2006. - С.414. 


197 
oshirishdan iborat. Noaniqlik sharoitida investitsion qarorlar ma‘lumotlarning 
yo‘qligi yoki ma‘lumotlarning etarli emasligi sharoitida qabul qilinadi va shu 
sababli investor loyihaning kelajakdagi prognozini to‘g‘ri belgilash maqsadida 
hamda loyihaning risklilik darajasini pasaytirish maqsadida ko‘proq axborotlarga 
va kengroq ma‘lumotlarga ega bo‘lishni istaydi. Axborotlar sifatini oshirish, aniq 
ma‘lumotlarga ega bo‘lish qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Shuning 
uchun loyihani tavsiflovchi ko‘rsatkichlarning ishonchliligini oshirish imkoniyati 
bilan bu ma‘lumotlarni olishga ketgan xarajatlarni taqqoslash lozim
38

Horijiy bank amaliyotida eng keng tarqalgan, kredit riskini pasaytirishga 
qaratilgan tadbirlar quyidagilar hisoblanadi: 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin