153
Bozor iqtisodi sharoitida pul muomalasi ma‘lum usullar yordamida tartibga
solib turiladi. Milliy iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishda O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki quyidagi usullardan foydalanadi:
1.
Majburiy zahira stavkasi normasini belgilash.
2.
Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi.
3.
Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini o‘rnatish.
O‘zbekiston Respublikasining ―Markaziy banki to‘g‘risida‖gi qonunga ko‘ra,
Markaziy bank tijorat banklariga minimal majburiy zahira bo‘yicha mablag‘larni
maxsus hisob raqamda saqlab turish majburiyatini yuklash huquqiga ega. Bunday
zahiralar normalari bankning majburiyatlari turiga, omonat muddatiga qarab
belgilanadi. Bu mexanizm asosan tijorat banklarining likvid mablag‘lari hajmining
muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Bu bilan Markaziy bank tijorat banklarining
kredit berish qobiliyatiga ta‘sir etadi. Kredit, ma‘lumki o‘z navbatida pul
massasining ko‘payishiga, baholarning o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun
majburiy norma tez-tez o‘zgartirilmaydi, chunki u muomalada pul massasini
tebranib turishiga va oxiri iqtisodiy beqarorlikka olib kelishi mumkin.
Markaziy bank tijorat banklarga kreditlar bo‘yicha qayta moliyalashtirish
stavkasini belgilab beradi. Bu stavka tijorat banklari beradigan kreditning bahosini
aniqlash asos bo‘lib xizmat qiladi. Qayta moliyalashtirish siyosati tijorat
banklarining boshqa manbalaridan mablag‘lar jalb qilishiga ta‘sir etmaydi.
Markaziy bank oqilona qayta moliyalashtirish stavkalarini o‘rnatib tijorat
banklarini likvidlik darajasini muvofiqlashtirib turadi.
Quyida berilgan jadvalda Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining yillik
darajasi va inflyatsiya darajasining yillar bo‘yicha dinamikasi qiyosiy tahlil uchun
berilgan.
Dostları ilə paylaş: