138
o‘z aylanma mablag‘larini immobilizatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik zarur, ya‘ni
ularning o‘z maqsadidan boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Chunki ular immobilizatsiyasiga yo‘l qo‘yilsa, ularning balans bo‘yicha
hisoblangan qiymatidan haqiqatda oborotda qatnashayotgan aylanma mablag‘lari
kam chiqadi. Buning natijasida esa, aylanma mablag‘lari aylanish koeffitsienti
pasayadi, oqibatda o‘z aylanma mablag‘lari etishmovchiligi yuzaga keladi.
Kreditga layoqatlilik tahlilida aylanma mablag‘lari immobilizatsiyasini ham
hisobga olish kerak. Kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo‘llaridan yana foyda
va rentabellik ko‘rsatkichlarini oshirish hisoblanadi. Korxona sof foydasi o‘tgan
yilga nisbatan hisobot yilida ortishini ta‘minlash lozim, buning uchun esa unga
salbiy ta‘sir etuvchi omillar kamayishi va ijobiy ta‘sir etuvchi omillar ko‘payishini
ta‘minlash kerak.
Dostları ilə paylaş: