7.2. Investitsiya loyihasi bo’yicha xarajatlar ekspertizasi. Pul oqimi tahlili
Investitsion loyihani moliyaviy baholash diskontlashtirish va ana‘naviy
uslublar orqali amalga oshiriladi. Investitsion faoliyatni moliyaviy-iqtisodiy tahlil
etishdagi usullarni ikki guruhga ajratish mumkin:
- diskotlangan bahoga asoslangan;
- hisoblangan bahoga asoslangan;
Diskonlashtirish kontseptsiyasini qo‘llashga asoslangan uslub quyidagilarni
o‘z ichiga oladi:
- sof joriy baho (NPV)ni aniqlash uslubi;
- investitsiyaning rentabelligi (PI)ni hisoblash uslubi;
- ichki foydalilik me‘yori (IRR)ni hisoblash uslubi;
Investitsion loyihalar miqdor va sifat jihatdan ko‘rib chiqiladi. Maqsad,
investitsion loyihalarni loyihaviy moliyalashtirish jarayonidagi tavakkalchilik
darajasini pasaytirishdir. Qolaversa, berilgan baholar loyihaviy moliyalashtirishni
qay yo‘sinda ketishni belgilab beradi.
Sof joriy qiymatni hisoblash usuli. Sof joriy bahoni aniqlash uslubi (NPV -
Net Present Value) – sof joriy bahoni aniqlashga asoslangan investitsion
loyihaning tahlili. Investitsion loyihaning amalga oshishi natijasida bu sof joriy
baho qiymati summasiga korxona aktivlari umumiy qiymatini etkazish
rejalashtiriladi. Bu printsip turli vaqtlarda korxona hisob raqamidagi pul
mablag‘larining bir xil bo‘lmagan qiymatga ega bo‘lishidan kelib chiqadi. Agar
tahlil davomida hisoblab topilgan sof joriy baho (NPV) qiymati musbat (ijobiy)
ishoraga ega bo‘lsa, investitsion loyihani amalga oshirish natijasida kredit oluvchi
aktivlari o‘sadi, loyihaning maqbulligi oshadi. Investitsiyalarni sof joriy bahoni
aniqlash asosida baholash metodining
keng miqyosda qo‘llanilishiga qaramay, bu
metodning bir qancha kamchiliklari ham bor. Bu metod orqali korxona
122
aktivlarining o‘sishi yoki kamayishini sezish mumkin, biroq bu metod aktivlarning
o‘sish darajasi
to‘g‘risida ma‘lumot bermaydi. Aktivlarning o‘sish darajasi esa,
ma‘lumki, har qanday investor uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu usul natijaviy investitsiya miqdorini sof diskontlangan pul qo‘yilmasi
summasi bilan bir vaqtga keltirish bilan asoslanadi. Pul mablag‘alari oqimi vaqtiga
ko‘ra tasdiqlanganligini hisobga olgan holda, u R»r» koeffitsienti bilan
diskontlangan bo‘ladi. Bu erdagi «r» investorlarning o‘zlaricha yillik hisoblash
usuli foizidan kelib chiqib o‘rnatiladi. Faraz qilaylik, investitsiya «n» yil
mobaynida amal qilmoqda, yillik daromadlar P..P2,…. Pn miqdorida.
Diskontlangan daromadni umumiy yigilgan miqdori (PV) va (NPV) quyidagi
formulalarda ifodalanadi:
IC
NPV
r
Pk
PV
k
r
Pk
k
k
k
)
1
(
:
)
1
(
Ko‘rinib turibdiki, agar NPV>0 bo‘lsa, loyiha qabul qilinadi. NPV<0 bo‘lsa,
u qabul qilinmaydi. NPV=0 bo‘lsa, loyiha befoyda va bezarardir. Yillar bo‘yicha
daromadni bashorat qilish sharoitida mavjud loyihaga ta‘sir etishi mumkin bo‘lgan,
imkoni boricha barcha ishlab chiqarish va o‘z navbatida noishlab chiqarish
xarakterlarini hisobga olishi zarur. Belgilab o‘uyish lozimki, NPV ko‘rsatkichlari
korxonaning kuzatilgan loyihani qabul qilishi sharoitidagi iqtisodiy potentsialni
o‘zgartirishni baholashda bashorat etishni aks ettiradi. Bu ko‘rsatkich vaqt mezoni
bo‘yicha ta‘sirlidir. Turli loyihalarni NPVni summalashtirish mumkin. Bu juda
muhim xususiyat bo‘lib, u investitsion portfelni optimalligini tahlil etishi sharoitida
asos sifatida foydalanishga imkon beradi.
Investitsiion loyihalarning rentabelligini umumiy hisob usuli. Bu
investitsiyaning rentabellik indeksini hisoblash usuli oldingi usullarning davomi
hisoblanadi, u bir birlik investitsion mablag‘ hisobida korxona aktivlarining o‘sish
darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichdir.
Rentabellik indeksi (PI) ushbu formula bo‘yicha hisoblanadi:
123
0> Dostları ilə paylaş: |