O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

 
 


111 
 
6.2- rasm. Korxonaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi tamoyillar tasnifi
21
Korxonaning tuzilishi, strategiyasi va boshqaruv tizimi-bu bo‘linmalar 
korxonaning ―qattiq tamoyillar‖ning uch qismini o‘z ichiga oladi va bu tamoyillar 
mos ravishda korxonani boshqarishni osonlashtirish va istiqbolini baholashda 
qulayliklar tug‘diradi. Modelning barcha boshqa qismlarini o‘z ichiga olgan 
"yumshoq tamoyillar" esa boshqarish va baholashni murakkablashtiradi, biroq ko‘p 
hollarda korxonaning asosiy tarkibiy qismlarini shakllantiradi va ular uzoq 
muddatli raqobatbardoshlik tamoyillarini yaratishi mumkin. 

Korxona strategiyasi. Korxona strategiyasi uzoq muddatli rivojlanish 
rejasini belgilaydi, bu biznesning raqobatbardoshligini oshirishga va barqaror 
raqobatbardosh ustunliklarni yaratishga yordam beradi. To‘g‘ri tanlangan 
strategiyaning 
mezonlari 
quyidagilardir, 
ya‘ni: 
maqsadlarning 
aniq 
shakllantirilishi, uzoq muddatli maqsadlarga ega bo‘lishi, raqobatbardosh 
ustunlikka erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi, korxonaning umumiy faoliyatining 
bilan o‘zaro bog‘liqligi.

Korxonaning tuzilishi. Modeldagi tuzilmaga ko‘ra, har bir bo‘limning 
bog‘liqlik tamoyillari, ustuvorligi va javobgarlik sohasi ko‘rsatilgan korxona 
21
Н.Ю.Ковалевская. Анализ инвестиционных проектов. Учебное пособие. – Иркутск: Издательство БГУ. 
2018. Стр.113 


112 
tarkibidagi turli bo‘limlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil etish usullari 
tushuniladi. Modelning bu tamoyili mos ravishda va oson o‘zgarishi mumkin. 

Boshqaruv tizimi. Boshqaruv tizimi korxonaning muntazam operatsion 
(amaliy) tartiblarini ta‘riflaydi. ―McKinsey 7S‖ modelining ushbu tamoyili 
boshqaruv qarorlari qanday qabul qilinganligi, korxonada kundalik ishlar qanday 
amalga oshirilayotgani, biznesning qanday usullari rivojlanayotganligi uchun javob 
beradi.

Qadriyatlar tizimi. Qadriyatlar tizimi korxonada faoliyat ko‘rsatayotgan 
xodimlarning kasbiy qobiliyati va vakolatlar doirasi miqyosini ifodalaydi. 

Xodimlar tarkibi. Xodimlarni ishga qabul qilish, ularni mutahasisliklarga 
ajratish, ularga ko‘rsatma va tavsiyalar berish va rag‘batlantirish. Bu tamoyil 
korxonada qo‘llanilayotgan modelning ―yumshoq‖elementlarni tashkil etib, 
xodimlarning amalda qay darajada faoliyat yuritayotganini taxlil etadi.

Korxona tasarrufidagi munosabatlar uslubi. Bu tamoyil korxona tomonidan 
qabul qilingan boshqaruv uslubini ifodalaydi. Korxonada rahbarlar faoliyati 
natijasi va biznesni rivojlantirish uchun muhim qarorlar qabul qilishda ularning 
rolini ifodalaydi.

Xodimlarning malakasi. Bu tamoyil korxona hodimlarni qayta tayorlash va 
malakasini oshirish, ularning etuk darajada faoliyat yuritishi uchun etarli darjada 
malakaga ega bo‘lishlarini ta‘minlaydi.
Ayrim loyihalarda maqsadlar aniq ravshan bo‘lsada, ular shunchalik ko‘pki 
ularning hammasiga bir tekis erishishni ta‘minlab bo‘lmaydi. Masalan: qishloq 
tumanlarini rivojlantirish loyihalari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni ko‘tarish, 
infrastrukturani rivojlantirish, ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish, madaniy 
an‘analarni o‘zgartirish kabi maqsadlarga duch keldi. 
Ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalar ko‘p sonli aholi bilan ish ko‘radiki, loyiha 
agentligi ularga doim ham bevosita ta‘sir ko‘rsata olmaydi (elektrostantsiya 
direktori o‘z xodimlariga ta‘sir ko‘rsatishiga o‘xshab). 
Loyihani o‘rab turgan muhitga nisbatan uni boshqarishning uch jihatiga 
alohida to‘xtalib o‘tish zarur: 


113 
- standart va eksperimental loyihalardan foydalanish; 
- ishlarni muvofiqlashtirish uslublari; 
- boshqaruv nazoratini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar. 
Infrastrukturalar, kommunal inshootlar va yirik sanoat korxonalari qurish 
loyihalari tashkiliy jihatdan birmuncha afzallikka egalar. Ya‘ni ular uchun zarur 
tashkiliy tadbirlar va texnologiyalar, standart echimlar mavjud. Ko‘pchilik 
loyihalar uchun esa standart echimlar, texnologiyalarni qo‘llab bo‘lmaydi. Bunday 
sharoitda moslashtirish qobiliyati tashkiliy strukturaning muvaffaqiyat garovi 
bo‘lishi mumkin. Moslashtiruv ishi byurokratik muassasalar uchun ayniqsa qiyin 
kechadi. Bunga ularning rejali xarajatlar haqida doimiy hisobot berishga 
majburliklari va har qanday xavfdan qochishlari sababki, bu hol ularni konservativ 
qilib qo‘yadi. Ayrim hollarda loyihani amalga oshiruvchi tashkilotga murakkab 
institutsional va moddiy-texnik talablar qo‘yiladigan bitta yirik loyihadan ko‘ra 
o‘rnatilgan grafik bo‘yicha bir nechta eksperimental loyihalarni amalga oshirish 
maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. 
Eksperimental loyihalarga muqobil variant - kichik dasturlarni – subpudratchi 
tashkilotlarga 
topshirishdir. 
Bunda 
bosh 
pudratchi 
bunday 
dasturlarni 
moliyalashtirish, texnik yordam ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.
Yirik loyihalarga xos bo‘lgan tashkiliy muammolarni hal etishning yana bir 
yo‘li loyihaning bosh maqsadiga erishish uchun qaysi faoliyat turlari asosiy 
ekanligini aniqlab cheklangan tashkiliy resurslarni shu faoliyatga jamlash hamda 
ikkinchi darajali vazifalarni keyinroqqa qoldirishdir. Shunday yondashuvning 
loyiha bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishga nisbatan ham qo‘llash mumkin, 
chunki ko‘p sonli ijrochilar faoliyatining muvofiqlashtirish ko‘p vaqt talab etadi va 
kerakli natija bermasligi mumkin. Muvofiqlashtirishning inkor etib bo‘lmaydigan 
sharoitlarda turli ijrochilar vazifalari aniq ravshan belgilanishi kerak. Ikkinchi 
darajali resurslarni nazorat etuvchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi komitet 
tuzgandan ko‘ra ularni kichik ishchi guruhlarga birlashtirish muvofiqlashtirishning 
samaraliroq mexanizmi bo‘lishi mumkin.


114 
Loyiha natijalarini baholashdagi qiyinchiliklarni loyiha faoliyatining mumkin 
qadar kichikroq nazorat va boshqaruv oson bo‘lgan funktsiyalarga bo‘lish yo‘li 
bilan kamaytirish mumkin. Ta‘lim va ijtimoiy masalalar bo‘yicha loyihalarda 
moliya faoliyatining boshqarishga katta e‘tibor beriladi. Moliyaviy oqimlarni 
hisobga olish va nazorat qilish esa bu loyihalardagi noaniqliklarni kamaytirar va 
ularni boshqarishni yaxshilar, moliyaviy tartibni mustahkamlagan bular edi. 
Shuningdek zamonaviy boshqaruv axborot tizimini yaratish imkoniyatini beradiki, 
bu o‘z navbatida loyihani samarali boshqaruvning asosiy unsuridir. Patent berish 
yoki kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xususiy korxonalar bilan kontrakt 
tuzish uslublari boshqaruv nazoratini takomillashtirish usuli sifatida keyingi 
yillarda alohida e‘tibor jalb etayapti. Turli sabablarga ko‘ra hukumat idoralari bilan 
kontrakt asosida ishlovchi xususiy korxonalar tomonidan kommunal xizmatlar 
ko‘rsatish transport, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda xizmat sifatini oshirishga, 
xarajatlarni qisqartirilishiga olib keladi. 
Xulosa qilib aytganda, investitsiya loyihalarini institutsional tahlildan maqsad 
loyiha amalga oshirilayotgan makondagi tashkiliy, huquqiy, siyosiy va ma‘muriy 
vaziyat (muhit)ga baho berish hamda loyihaga jalb etilgan tashkilotlarning 
imkoniyatlarini mustahkamlash chora-tadbirlari borasida tavsiyalar ishlab 
chiqishdan iborat. Menejment, tashkiliy struktura, rejalashtirish, xodimlarni 
boshqarish, moliya, moddiy texnik ta‘minot kabi sohalarni qamrab oladi va bu 
tavsiyalar loyiha muvaffaqiyatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi hukumat va tarmoq 
strukturalariga, ya‘ni vazirliklar, idoralar, banklar, tadqiqot muassasalariga ham 
taalluqlidir.
Iqtisodiyotni qayta qurish jarayonida ikki muhim institutsional muammo 
kuzatiladi. Birinchidan, bu mavjud hukumat muassasalarini isloh qilish zarurati 
bo‘lsa, ikkinchidan, eski tuzumda mavjud bo‘lgan yangi institutlarni tashkil 
etishdir. 
Loyiha ishtirokchilari faoliyatida menejer malakasi, uning vakolatlarining 
etishmasligi, axborot etishmasligi yoki axborot tizimining murakkabligi, 


115 
xodimlarni rag‘batlantirish tizimida aniqlik etishmasligi chuqur sabablarga ega 
institutsional muammolarga duch kelinadi.
Loyihani amalga oshirish uchun zaruriy institutlar tashkil etishga uch guruh 
omillar aks ta‘sir ko‘rsatadi. Bular: noqulay siyosiy shart-sharoitlar (siyosiy 
omillar); loyiha oldiga qo‘ygan maqsadlarining murakkabligi; loyihaning 
investitsiyadan keyingi bosqichiga e‘tiborsizlik
Davlatning noto‘g‘ri baho va byudjet siyosati, iqtisodiy faoliyatini qat‘iy 
tartibga solish, byurokratik to‘sqinlarning mavjud bo‘lishi oqibatida bozor 
signallari buzib ko‘rsatiladi, iqtisodiy faoliyat cheklanadi va loyiha muvaffaqiyati 
shubha ostida qoladi.
Maqsadlar aniq ravshan, kam sonli, real, mavjud resurslar doirasida erishsa 
bo‘ladigan bo‘lishi lozim. 
Loyiha ishga tushirilgandan so‘ng, uni kim ekspluatatsiya qilishi, xarajatlar va 
daromadlar qanday bo‘lishi kabilar ham loyiha muvaffaqiyati shartlaridan biridir. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin