6.1-rasm. Loyihaning institutsional tahliliga ta’sir etuv omillar
20
Ichki omillarni baholash odatda quyidagi yo‘l orqali amalga oshiriladi:
20
Л.М.Теслюк, А.В.Румянцева. Оценка эффективности инвестиционного проекта. Учебное пособие.
Учебное электронное текстовое издание Екатеринбург 2014. Стр.-74.
Loyihaning institutsional
tahlili
Tashqi muhit omillari tahlili
Ichki muhit omillari tahlili
Strategik tahlil
Ma‘muriy
to‘siqlar tahlili
Loyiha ishtirok-
chilari tahlili
Loyiha boshqaruvining
tashkil etilishi tahlili
Risklar tahlili
Yoqotilgan mablag‘ va vaqtni baholash hamda
tahlil qilish
103
1.
Ishlab chiqarish menejment imkoniyatlari tahlili. Bunda korxona
menejerining ko‘nikma va malaka darajasi, loyiha doirasida ularni rag‘batlantirish
darajasi (masalan, ko‘rilgan daromaddan ulush ko‘rinishida), loyiha maqsadi bilan
menejerning mosligi kabi masalalarga e‘tibor qaratiladi.
2.
Ishchi kuchi tahlili. Loyihani amalga oshirish maqsadida jalb qilinayotgan
ishchi kuchi, loyihada foydalanilishi ko‘zda tutilayotgan texnologiyani ishlata
olishi kerak. Bu masala, ayniqsa korxona o‘z faoliyatida zamonaviy
texnologiyadan foydalanishni rejalashtirigan bo‘lsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki, ishchi kuchining malakasi va salohiyati ushbu zamonaviy texnika-
texnologiyadan foydalanish uchun etishmasligi mumkin, ushbu xolat, esa ishchi
kuchini malakasini oshirish yoki yangi ishchilarni jalb qilishni taqazo qiladi.
3.
Tashkiliy tizimning tahlili. Bunda, korxonada qarorlarni qabul qilish va
ularni bajarilishi yuzasidan javobgarlikni qanday taqsimlanayotganligini tahlil
qilinishi shart.
Loyihaga ta‘sir etuvchi tashqi omillar quyidagilarni nazarda tutadi:
1.
Mamlakatning siyosati, ya‘ni xorijiy strategik invesstorlar ishtirokida
amalga oshiriladigan loyihalarga ustuvorlik qaratilishi:
Xom ashyo va tovarlarning eksport va import qilish shartlari;
Xorijiy investorlarga mablag‘larni kiritish va tovarlarni eksport qilish
uchun yaratilgan imkoniyatlar;
Mehnat to‘g‘risidagi me‘yoriy hujjatlar;
Moliya va bank faoliyatini tartibga soluvchi nizom va yo‘riqnomalar.
2.
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Institutsional tahlil loyiha ustida bajariladigan ishlarning eng muhim
jihatlaridan biriga aylandi. Investitsiya loyihalari natijalari ko‘p jihatdan tashkiliy
struktura sifatiga ham bog‘liq. Loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlarni o‘rganish,
ularning boshqaruv imkoniyatlarini, shuningdek markaziy hokimiyatning loyiha
uchun mutasaddi bo‘lgan tashkilotlarga yordam berishga qanchalik tayyor
ekanliklarini baholashga imkon beradi. Yaxshi shakllanmagan, takomillashmagan
boshqaruv strukturasiga, malakali mutaxassislarga, axborot tizimlariga va
104
hokazolarga ega bo‘lmagan tashkilotlar zimmasiga loyihalarni amalga oshirishni
topshirish, yoki ular taklif etgan loyihalarni moliyalashtirish muvaffaqiyatsizlikka
olib kelishi mumkin (yoki hech bo‘lmaganda qo‘shimcha xarajatlarni keltirib
chiqaradi).
Institutsional tahlil loyihalarni samarali amalga oshirish va eksplutatsiya
qilishga, shuningdek mavjud tashkilotlarni mustahkamlash, malakali mutaxassislar
bilan to‘ldirishga ko‘mak berishi lozim. Kuchli institutlarni tashkil etish loyihaga
ko‘ra foydalaniladigan milliy hamda xalqaro resurslarni muhofaza qilgan holda
loyihalarni samarali amalga oshirish imkonini beradi. Investitsiya loyihalarini
institutsional tahlil (IT) dan maqsad loyiha amalga oshirilayotgan makondagi
tashkiliy, huquqiy, siyosiy va ma‘muriy vaziyat (muhit) ga baho berish hamda
loyihaga jalb etilgan tashkilotlarning imkoniyatlarini mustahkamlash chora-
tadbirlari borasida tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tavsiyalar quyidagi
masalalarni qamrab oladi:
a) menejment uslublari va usullari, shu jumladan monitoring va baholash;
b) tashkiliy struktura, undagi o‘zgarishlar;
v) rejalashtirish, shu jumladan investitsiyalarni joylashtirishni rejalashtirish;
g) xodimlar tarkibini to‘ldirish va o‘qitish (o‘rgatish);
d) moliyaviy faoliyat, shu jumladan moliyaviy faoliyatni boshqarish, smetalar
tuzish, buxgalteriya hisobi va taftish;
e) loyihalarni moddiy texnik ta‘minoti;
j) ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish tizimlari;
z) tashkilotlararo muvofiqlashtirish;
i) alohida sektorlarga nisbatan siyosat masalalari.
Bu vazifalar nafaqat loyihalarni realizatsiya va ekspluatatsiya qilayotgan
tashkilotlarga, shuningdek loyiha muvaffaqiyatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi hukumat va
tarmoq strukturalariga, ya‘ni vazirliklar, idoralar, banklar, tadqiqot muassasalariga
ham tegishli.
O‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda institutsional tahlilning
muhim vazifalaridan biri eski davlat tashkilotlarini bozor iqtisodiyotidagi
105
boshqacharoq vazifalarni bajarishga moslashgan yangi tashkilotlarga, agentliklar
va korxonalarga aylantirishni rejalashtirishdan iborat. Bu muammoning naqadar
muhimligi bir qator mamlakatlarda ommaviy xususiylashtirish loyihalari amalga
oshirish chog‘ida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Iqtisodiyotni qayta qurish sharoitida loyihaga mutasaddi bo‘lgan tashkilotlar
uchun ―mulkchilik‖ kontseptsiyasi o‘ta muhim hisoblanadi. Loyihani amalga
oshiruvchi tashkilotlar uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi uchun
mas‘uliyatni o‘z zimmalariga olgandagina bunday qayta qurishdan kutilgan ijobiy
natijaga erishilinadi. Mulk huquqi mutasaddi tashkilotlar menejerlari loyiha
maqsadlarini anglashlarini va bu maqsadlarga erishish uchun zarur qaror qabul
qilish vakolatiga ega ekanliklarini anglatadi. Bunday vaziyatda ularda ham shaxsiy
manfaatdorlik, ham loyihaga rahbarlik qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Institutsional tahlilning kattagina qismi ―mulkchilik‖ omili loyihani muvaffaqiyatli
amalga oshirishga qanchalik ta‘sir etishini aniqlashga qaratilgan
Investitsiya loyihalarini institutsional tahlil uchun konkret sharoitlarga tezda
moslashtirsa bo‘ladigan standart echimlar yoki modellar deyarli yo‘q. Institutlarni
rivojlantirish uzoq davom etuvchi eksperimentlar va adaptatsiya (moslashuv)
jarayonlaridan iborat. Bu jarayonlar esa ko‘pincha siyosiy va iqtisodiy vaziyatning
salbiy o‘zgarishlari tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Umuman olganda
institutsional tahlilga quyidagi vazifalarni bajarish kiradi:
- loyiha amalga oshiriladigan institutsional shart-sharoitlarni (tashkilotlar,
me‘yoriy hujjatlar va siyosiy omillarni) aniqlash va tasvirlab berish;
- loyihada ishtirok etuvchi tashkilotlarni moddiy va mehnat resurslari, texnik
malakasi, tashkiliy strukturasi, boshqaruv va ma‘muriy imkoniyatlari, moliyaviy
ahvoli nuqtai nazaridan kuchli va zaif tomonlarini baholash;
- qonunlar, siyosat va yo‘riqnomalar o‘zgarishining loyihani amalga oshirish
va ekspluatatsiya qilishga (ayniqsa atrof-muhitni muhofaza qilish, ish haqi,
baholar, subsidiyalar, tashqi savdo, valyuta kursi va hokazolarga ) ehtimol bo‘lgan
ta‘sirini baholash;
106
- loyihada qatnashuvchi tashkilotlarning zaif jihatlarini bartaraf qilishni
muqobil yo‘llarini hamda qonunlar, siyosat va yo‘riqnomalarning loyihaga
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan potentsial salbiy ta‘siriga qarshi chora-tadbirlarni
ilgari surish (tegishli takomillashtirish ishlari loyiha amalga oshirilayotgan va
ekspluatatsiya qilinayotgan vaqtda hamda bundan oldin loyiha bo‘yicha ish
grafigiga ko‘ra amalga oshiriladi);
- tavsiya qilinayotgan tashkiliy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun kerak
bo‘lishi mumkin bo‘lgan texnik yordam bo‘yicha takliflarni ilgari surish hamda
zarur ishlarni o‘tkazish grafigini ishlab chiqish.
Iqtisodiyotni qayta qurish jarayonida ikki muhim institutsional muammo
kuzatiladi. Birinchidan, bu mavjud hukumat muassasalarini isloh qilish zarurati
ikkinchidan, eski tuzumda mavjud bo‘lmagan yangi institutlarni tashkil etish.
Masalan, sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarida bank tizimi, birjalar va boshqa bir
qator institutlar mavjud emas edi. Iqtisodiy islohotlar shubhasiz ishsizlik va boshqa
ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Xususiy sektor va bandlikning boshqa
muqobil sohalari ishga tushguniga qadar esa ancha uzilish yuzaga keladi. Shu
tufayli o‘tish davri iqtisodiyotida institutsional islohotlar ijtimoiy himoya tizimini
yaratish bilan birga bormasa amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifaga aylanadi.
Institutsional muammolarni xarakterlash uchun ko‘pincha zarur echimlarni
topishga halaqit beruvchi yuzaki atamalar qo‘llaniladi. Masalan, qiyinchilikka
uchragan loyiha haqida, uning ―rahbarlari zaif‖ deyilsa, loyiha muvaffaqiyatini
―loyihaning harakatchan menejeri‖ bilan bog‘lashadi. Moliyaviy faoliyatni nazorat
qilishda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni esa ko‘pincha buxgalteriyada personal
kompyuterlarning yo‘qligi bilan izohlashadi, xodimlar va ma‘muriyatning
qoniqarsiz ishi esa xodimlarda etarli malaka yo‘q deb osongina izohlab qo‘yiladi.
Ammo bu ko‘rinib to‘rgan kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha taklif qilingan
qarorlar ko‘pincha navbatdagi muammolar qatlamini aniqlashning ancha qimmat
turadigan yo‘lidir. Albatta yaxshi menejer kerak. Lekin menejerlar aslida ishga
layoqatli bo‘lsalaru bir-biriga zid talablarga duch kelishsa hamda bu ziddiyatni
echish vakolatiga ega bo‘lishmasa menejerlarni o‘zgartirishdek ko‘p vaqt talab
107
qiluvchi va qimmat turuvchi jarayon xech qanday ijobiy natija bermaydi. Shu
singari haqiqiy muammo buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish emas, balki aniq
axborotning kelib turishi bo‘lsa kompyuter o‘rnatish bilan masala echilib
qolmaydi. Ko‘pgina davlatlarda vazirliklardagi byudjet hisob kitoblarida personal
kompyuterlarni qo‘llash nafaqat axborotlarni qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish
va tezligini oshirish tufayli, shuningdek vazirliklar rahbarlariga axborot tizimining
o‘zini o‘zgartirish imkonini bergani uchun ham muvaffaqiyatli bo‘ldi. Natijada
hisobotlarni topshirish tartibi soddalashdi va shu qadar tezlashdiki, topshirish
muddatlari hafta va oylar o‘rniga kunlargacha qisqardi hamda turli xildagi va
hajmdagi xarajatlar oqibatini ancha aniqroq baholash tizimini o‘rnatishga erishildi.
Xuddi shuningdek ayrim hollarda xodimlar malakasining etishmasligi
ularning qoniqarsiz ishlashining vazifalarini belgilash va stimullar tizimida aniqlik
etishmasligi, xizmatda ko‘tarilish imkoniyatlarini cheklanganligi kabi omillariga
nisbatan ikkinchi darajali sababi bo‘lishi mumkin. Bu omillarda o‘zgarish
yasamasdan turib xodimlarni o‘qitish borasidagi chora-tadbirlar kutilgan natijani
bermaydi.
Qisqacha qilib aytganda, odatda, loyihalarni amalga oshirayotganda paydo
bo‘ladigan ko‘pgina institutsional muammolar juda chuqur sabablarga ega. Bu
sabablarni aniqlamasdan turib esa uzoq muddatli qarorlar qabul qilish qiyin. Sanab
o‘tilgan qiyinchiliklardan ko‘pini hal etish o‘nlab yillarni talab etishi mumkin.
Chunki ular chuqur iqtisodiy, texnik, ijtimoiy va madaniy cheklanishlarni aks
ettiradi. Yangi institutlar o‘z jamiyatida ildiz otishi va o‘z madaniy muhitiga
moslashishi kerak. Texnik va boshqaruv layoqati siyosatni samarali rejalashtirish,
ishlarni dasturlash, moliya va kadrlarni boshqarish va hozirgi zamon tashkilotining
boshqa muhim funktsiyalarini bajarishni ta‘minlashi uchun asta-sekin yaxshilanib
borishi kerak.
Zaruriy institutlarni tashkil etish (ayniqsa rivojlantirish loyihalari bilan
bog‘liq hollarda) uch guruh omillar ta‘sirida murakkablashadi. Bular:
a) noqulay siyosiy shart-sharoitlarning salbiy ta‘siri;
b) loyiha oldiga qo‘yilgan maqsadlarning murakkabligi;
108
v) loyihaning investitsiyadan keyingi bosqichiga e‘tiborsizlik.
Shu tufayli institutsional muammolarni aniqlash, baholash hamda echish
borasida tavsiyalar ishlab chiqish uchun (bu borada umumiy modellar, andozalar
yo‘qligini ham e‘tiborga olgan holda) sanab o‘tilgan omillarni e‘tiborga olish
zarur.
Barcha rivojlantirish loyihalarini xoh u davlat sektorida, xoh u xususiy
sektorda bo‘lsin hukumat makroiqtisodiy siyosatining hamda bu siyosatni o‘zida
mujassamlashtirgan qonunlar va me‘yoriy hujjatlar kuchli ta‘siri ostida bo‘ladi.
Agar tashkiliy strukturalar o‘z kuch va resurslarini siyosiy qarorlarining salbiy
ta‘siriga qarshi ko‘rashga sarflashga majbur bo‘lsalar bu strukturalar uzoq
istiqbolga muvaffaqiyat bilan ishlay olmaydilar. Hukumat siyosati loyiha amalga
oshirilayotgan iqtisodiy shart-sharoitlarni (jiddiy suratda) buzib ko‘rsatsa
institutsional muammolar soni ortib ketadi. Asoslanmagan valyuta almashuv kursi
yoki savdo siyosati nafaqat loyiha bo‘yicha olinadigan daromadlar darajasiga ta‘sir
ko‘rsatadi, shuningdek ehtiyot qismlarni qidirib topish, eksport-import
operatsiyalari yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni engish kabilarga ortiqcha kuch
ketishga olib keladi. Davlat baho va soliq siyosati, bozor signallarini buzib
ko‘rsatib menejerlarni adashishiga olib kelishi mumkin.
Ayniqsa davlat baho va byudjet siyosatini loyihaning iqtisodiy va moliyaviy
faoliyatiga ta‘siri katta. Shuningdek buning ta‘sirida loyiha menejerlari hamda
xodimlar faoliyatining baholash mumkin bo‘lmay qoladi. Chunki tashkilotning
qoniqarsiz ishiga doimo yaxshi ishlashga xalaqit berayotgan siyosiy vaziyatning
sabab qilib ko‘rsatishi mumkin. Davlat tomonidan tartibga solish, nazorat qilish va
bevosita aralashuvining murakkab tizimi mavjudligi ta‘sirida siyosiy vaziyatning
salbiy ta‘siri yanada chuqurlashishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |