90
Atrof-muhitni ifloslanishdan asrash uchun kurash ruxsatnomalar va
litsenziyalar olish tartibini joriy etish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi.
Korxonalar tashqi muhitga ma‘lum miqdorda zararli moddalar chiqarishi
uchun litsenziya oladilar. Buning uchun zaharli moddalarni atmosferaga chiqarish,
vaqt birligida suvlarga oqavalarni tashlash me‘yorlarini vujudga keltirish zarur. Bu
me‘yorlar hamma turdagi korxonalar uchun umumiy qilib tuzilganligi uchun
ham yaxshi samara bermaydi. Shuning uchun tajribada har xil sohadagi
korxonalar uchun alohida me‘yorlar belgilanadi. Individual me‘yorlar korxona
joylashgangan joyga qarab o‘zgarishi mumkin. Tadbirlardan yana biri atrof-
muhitning ekologik holatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatgan korxonalarga jarima solish
hisoblanadi. Jarimalar tizimini puxta o‘ylab vujudga keltirish atrof-muhitni
ifloslantirishdan saqlab qoladi.
Jahon banki tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar asosan individual
me‘yorlarga asoslangan. Ayrim mamlakatlar tajribasida me‘yordan yuqori bo‘lgan
chiqindilar savdo-sotig‘i amalga oshiriladi. Misol uchun, shaharlarda havoga
zaharli moddalar chiqarishni kamaytirishda ana shunday tadbir qo‘llaniladi va bu
ijobiy natijaga olib kelgan. Shaharlarda joylashgan korxonalarga havoga ma‘lum
miqdorda (shaharni o‘rtacha ifloslash darajasiga unchalik ta‘sir etmaydigan
miqdorda) zaharli moddalar chiqarish uchun ruxsat berilgan. Aytaylik, yo bir
korxona yangi texnologiya joriy qilish yo‘li bilan havoga zaharli moddalar
chiqarishni ma‘lum miqdorda kamaytirdi. Qolgan korxonalar bu korxonadan
ortiqcha chiqarilgan zaharli moddalarni sotib olishlari kerak. Bunday hol boshqa
korxonalarni ham yangi, ilg‘or texnologiyalarni tadbiq qilishga undaydi.
Dostları ilə paylaş: