79
tender g‘olibining nomi (yuridik shaxs uchun), familiyasi, ismi,
otasining
ismi (jismoniy shaxs uchun), turgan joyi (pochta manzili).
Takliflarni ko‘rib chiqish va baholash bayonnomasi xarid komissiyasining
barcha a‘zolari tomonidan imzolanadi hamda undan olingan ko‘chirma u
imzolangan kundan e‘tiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portalida e‘lon
qilinadi.
Tenderning istalgan ishtirokchisi takliflarni ko‘rib chiqish va baholash
bayonnomasi e‘lon qilinganidan so‘ng davlat buyurtmachisiga tender natijalari
bo‘yicha tushuntirishlarni taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli. Davlat
buyurtmachisi bunday so‘rov kelib tushgan sanadan e‘tiboran uch ish kuni ichida
tender ishtirokchisiga tegishli tushuntirishlarni taqdim etishi shart.
Davlat buyurtmachisi berilgan takliflarni qabul qilish tugaydigan paytga qadar
ularni muhokama qilishga haqli emas.
Tender natijalari bo‘yicha shartnoma tender hujjatlarida va shartnoma
tuzilayotgan tender ishtirokchisi tomonidan berilgan taklifda ko‘rsatilgan shartlar
asosida tuziladi.
Tender ochiq va yopiq shaklda o‘tkaziladi,
ochiq shaklda mulkchilik
shaklidan qat‘iy nazar barcha sub‘ektlar qatnashishi mumkin, yopiq shakl
ishtirokchilari va uning o‘tkazilishi faqatgina Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi. Ochiq tenderlar o‘tkazilishidan 1-3 oy oldin e‘lon qilinadi, e‘lonlar
chop etiladigan davriy nashrlar ro‘yxati Davarxqurilish komiteti bilan kelishib
olinadi. Odatda, e‘lonlar Xalq so‘zi, Narodnoe slovo gazetalarida chop etiladi.
Yopiq tenderlarda esa buyurtmachi avvaldan belgilangan pretendentlarga savdoda
qatnashishga taklifnomalar jo‘natadi va tender
faqatgina ularning orasida
o‘tkaziladi.
Tenderlar buyurtmachi joylashgan binoda o‘tkaziladi, aynan shu erda
tenderga kelib tushgan takliflar – ofertalar baholanadi, tahlil qilinadi. Ofertalar
yopik konvertlarda tender komissiyasi nomiga yuboriladi, ular 1 vaqtda 1 joyda
ochiladi va o‘qiladi. Tender forumida pretendentlar
yoki oferentlar vakillari
qatnashishi mumkin. Ofertalar quyidagi kriteriylar bo‘yicha baholanadi: taklif
80
qilinayotgan qurilishlar xizmatlari qiymati; qurilishni bajarish muddati; qurilish
ishlari tartibi; tajribali subpudratchilarni jalb qilish imkoniyatlari;
boshqa texnik,
tijorat aspektlari va afzalliklari. Tenderda golib yashirin ovoz berish yo‘li bilan
aniqlanadi. Tender natijalari komissiya tomonidan tasdiqlangach, tender savdolari
tugallangan deb hisoblanadi.
Tenderga bironta ham oferta kelmasa, yoki kelgan ofertalar tender talablariga
mos kelmasa, tenderlar o‘tkazilmaydi, keyinga qoldirilishi mumkin. Shuningdek,
taklif etilayotgan narxlarning eng kichigi ob‘ektning haqiqiy bahosidan sezilarli
darajada katta bo‘lsa ham tenderlar qaytadan o‘tkazilishi mumkin. Tender
muvaffaqiyatli tugagach,
golib aniqlangan, buyurtmachi golibga xabarnoma –
tender ofertasining aktseptini yo‘llaydi va u bilan qurilish shartnomasini imzolaydi.
Qurilish ishlarida olib boriladigan tenderlar O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkakmasining 03.09.1998y.dagi 375-sonli qaroriga muvofiq amalga
oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kapital qurilishda iqtisodiy
islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida» 2003 yil 6
maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda kapital qurilish
sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridining
yagona tizimini yaratish, tanlov
savdolarini tashkil etish va o‘tkazish mexanizmini yanada takomillashtirish
maqsadida Vazirlar Mahkamasi ―Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖ gi (2003 yil 3 iyul, 302-son) qarori
qabul qilingan. Ushbu qarorda ―O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital
qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risida‖gi nizom tasdiqlangan.
2000 yil 21 noyabrda 456-son bilan Vazirlar Mahkamasining ―Tender
savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi
qarori
qabul qilindi va unga ko‘ra ―Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-
uskunalar xarid qilish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazish to‘g‘risida‖gi nizom
tasdiqlandi.
Ushbu nizomga ko‘ra tender savdolari 100 ming AQSh dollariga teng
miqdordan ortiq bitta kontrakt bo‘yicha tovarlar etkazib berishni amalga oshirishda
o‘tkaziladi.
81
Kamida 1 ming AQSh dollari summasidagi bir kontrakt bo‘yicha etkazib
berishda xarid tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxi, sifati va etkazib berish
muddatlari bo‘yicha eng maqbul shartlarni taklif etgan etkazib beruvchilar bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bir ming AQSh dollaridan 100 ming AQSh
dollarigacha summaga bitta
kontrakt bo‘yicha etkazib berishda xarid:
xarid qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning tavsifnomasini, sonini,
bajarish muddatini va tovarni etkazib berish joyini ko‘rsatgan holda takliflarni
etkazib beruvchilarga yoki pudratchilarga yuborish;
etkazib beruvchilar yoki pudratchilar e‘lon qilgan narxlar va tavsifnomalarni
taqqoslash yo‘li bilan buyurtmachilar tomonidan tashkil etiladigan idoraviy tanlov
komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li
bilan amalga oshiriladi.
Idoraviy tanlov komissiya buyurtmachining rahbar xodimlari va vakolatli
mutaxassislaridan kamida uch nafardan iborat bo‘lgan tarkibda tuziladi. Idoraviy
komissiyaning qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: