O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

-
 
o‘qitish va maxsus tayyorgarliksiz o‘z kuchiga ishonish
-
 
jarima choralarisiz noaniq (muddati va miqdorisiz) shartnomalar;
-
 
texnik risklarning yuzaga kelish sabablari; 
-
 
loyihalashtirishdagi xatolar, texnologiya etishmovchiligi
-
 
uskunani noto‘g‘ri tanlash; 
-
 
ishlab chiqarish quvvatlarini noto‘g‘ri aniqlash, pudratchilar tomonidan o‘z 
majburiyatlarini buzish; 
-
 
boshqaruvdagi kamchiliklar; 
-
 
malakali ishchi kuchining etishmovchiligi; 
-
 
mahalliy xodimlarning import qilingan uskuna bilan ishlash malakasining 
yo‘qligi; 
-
 
loyihada ko‘zda tutilgan quvvatga chiqmaslik yoki to‘la quvvatda 
ishlamaslik yoki ancha past sifatli mahsulot ishlab chiqarish; 
-
 
qurilishni va to‘la quvvatga chiqishni ushlab qolish. 
Texnologik riskni pasaytirish bo‘yicha tadbirlar: 
1. Yangi loyihalarni moliyalashtirishdan voz kechish. 
2. Yangi texnologiya va uskunalarni ishlatishni minimallashtirish. 
3. Shunga o‘xshash loyihalarni amalga oshirishda yuqori bilim va malakaga 
ega bo‘lgan loyihalashtiruvchi va pudratchini jalb qilish. 
4. Aniq shartlar va jarima choralari bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzish. 
Risklarning vujudga kelish sabablari va ularni pasaytirish uslublarini ko‘rib 
chiqish shuni ko‘rsatadiki, risklarni boshqarishning asosiy usullari bo‘lib, ularni 
to‘g‘ri guruhlash va tahlil qilish, o‘lchash, loyiha ko‘rsatkichlarining muhim 


66 
«mustahkamlik zahiralarini» barpo qilish, sug‘urtalash va risklarni loyiha 
qatnashchilari orasida taqsimlash hisoblanadi. 
Investitsiya loyihalarini texnik tahlil qilishning vazifasi bo‘lib loyiha maqsadi 
nuqtai nazaridan eng qulay bo‘lgan texnologiyalarni, loyihadan manfaat ko‘rishi 
mumkin bo‘lgan aholi kontingentini, mahalliy sharoitlarni, kapital, xomashyo va 
ishchi kuchidan foydalanish imkoniyatlarini va ular bahosini, bozor hajmini
shuningdek loyihani rejalashtirish hamda amalga oshirishning mavjud va potentsial 
imkoniyatlarini aniqlash hisoblanadi. 
Investitsiya loyihalari ustida ishlash jarayonida texnik tahlil birinchi navbatda 
o‘tkaziladi. 
Texnik tahlilga quyidagilarni ko‘rib chiqish va belgilash kiradi: 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin