O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

-
 
umumiy funktsional sxemalar, mashina va uskunalarning o‘zaro aloqasi, 
fizik qurilishlar va binolar, ob‘ektlar hamda turli yordamchi tsexlar va xizmatlar; 
-
 
texnologiyalarning asosiy xususiyati; 
-
 
materiallar va kommunal xizmatlar harakatini aks ettiruvchi materiallar 
harakati diagrammasi; 
-
 
mavjud hududiy tarmoqlar bilan bog‘lanish joylarigacha bo‘lgan yo‘llar 
(shosse), temir yo‘llar va boshqa transport ob‘ektlarini ko‘rsatuvchi transport 
sxemasi; 
-
 
korxonani kengaytirish va rivojlantirish uchun maydonlar; 
-
 
bunday chizmalar geodeziya xaritalari, geologiya ma‘lumotlari, 
gidrologiya xususiyatlari, korxona uchun tanlangan joyda grunt xususiyatlariga 
asoslanishi kerak. 
TIA bosqichida texnologiyalar bozori tavsifi va mavjud texnologik 
muqobillarni hisobga olish joizdir. Mos texnologiyani tanlash bunday kuzatuvning, 
shubhasiz, muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Texnologiyani tanlash 
korxonaning iqtisodiy ishlab chiqarish quvvati va minimal tejamli ishlab chiqarish 
hajmi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak hamda korporativ strategiya va mahalliy 
sharoitlardan kelib chiqqan holda boshqa omillar bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. TIA 
ham muqobil texnologiyalarni, ham uni olishning muqobil manbalarini aniqlashi 
kerak. Ularni baholash texnologiyani olish mumkin bo‘lgan manbani tanlash 
maqsadi hisoblanishi kerak.
Tekshiruvda, jumladan, ma‘lum bir texnologiyani olishda muhim o‘rin 
egallaydigan shartnoma muddatlari va shartlari ko‘rilishi lozim. Qayta ishlash 
tarmoqlari, mashinasozlik mahsulotini va uzoq muddatli qo‘llaniladigan tovarlarni 
ishlab chiqarish, mashina va uskunalar texnologiyalarini olish shartlari va 
muddatlari bir-biridan ancha farq qilishlari mumkin.


61 
Loyihani amalga oshirish bosqichida va uning hayotiy tsikli davomida 
texnologik tendentsiyalarni baholash va bashoratni TIA ta‘minlashi kerak. Yuqori 
innovatsiyali tarmoqlardagi investitsiya loyihalar uchun texnologik bashorat o‘ta 
muhimdir. Yangi texnologiyalar sohasida ishlanmalar, jumladan, mikroelektronika, 
biotexnologiya va yangi materiallar va energiyalarni olish texnologiyalari turli 
tarmoqlardagi mahsulot va jarayonlarga sezilarli ta‘sirini o‘tkazadilar. Mos 
malakali ko‘nikmalarni ishlatish va rivojlantirish hamda bu texnologiyalar qay 
darajada egallanishi mumkinligi bilan bir qatorda bu texnologiyalarning 
imkoniyatlari baholanishi lozim. Yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishning aniq 
bosqichlarida mikrojarayonlarni qo‘llash yanada an‘anaviy tahlil etilishi kerak. Shu 
bilan bir qatorda ishlatilishi kerak bo‘lgan texnologiya tekshirilgan va ishlatib 
ko‘rilgan hamda mahalliy sharoitlarga to‘g‘ri keladigan bo‘lishi kerak. 
Xorijiy texnologiyani sotib olishga, texnologiyani egallash va ishlab 
chiqishga tegishli jamiyat siyosati aniqlangan bo‘lishi kerak. Ijtimoiy-iqtisodiy 
infratuzilma, jumladan, ishchi kuchi tizimi tanlangan texnologiyaning amalga 
oshirilishiga sezilarli ta‘sir qilishi mumkin. 
Atrof-muhitga ta‘sirini baholash – bu, birinchi navbatda, shu muhitdagi 
omillarni e‘tiborga olishni rejalashtiriladigan va qarorlar qabul qilinadigan 
jarayondir. Oxirgi ikki o‘n yillik davomida turli sanoati rivojlangan mamlakatlarda 
o‘z qonunchiligidan kelib chiqqan holda atrof-muhitga ta‘sirni baholashning turli 
uslublari ishlab chiqilgan edi. Bu uslublar uchun umumiy bo‘lib, korxona 
egasining atrof-muhitga ta‘siri bo‘yicha arizasi bilan chiqqanda loyiha amalga 
oshiriladigan mamlakatda amaldagi qoidalarga mos ravishda baholanishi 
hisoblanadi. Turli mamlakatlarning uslublari bir-biridan sezilarli farq qilganliklari 
sababli, shu mamlakatning mos adabiyotiga murojaat qilish zarur. 
Evropa iqtisodiy komissiyasi, Evropa hamkorligi va shu kabi tashkilotlar 
tomonidan rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘llash uchun 
korxonaning atrof-muhitga ta‘sirini baholash standartlari ishlab chiqilgan edi. 
Bunday standartlar rivojlanayotgan mamlakatlarda ularning qonunchiligiga 
muvofiq ravishda yangi sanoat tarmoqlarini rejalashtirishlari mumkin. 


62 
Texnologiyalarni tanlash bilan birga ularni olishning muqobil manbalarini 
aniqlash joizdir. Patentlanmagan texnologik «nou-xau»ning manbalari ishlab 
chiqarish xususiyati va murakkabligiga bog‘liq holda turli xil bo‘lishi va mahalliy 
va chet el individual mutaxassislaridan tortib to butun korxonalar miqyosida 
farqlanishi mumkin.
Agar texnologiya qandaydir boshqa korxonadan olinishi kerak bo‘lsa, uni 
sotib olish usullarini aniqlash kerak. Ular texnologiyani litsenziyalash, shu zahoti 
naqd pul to‘lash orqali sotib olish yoki texnologiyani etkazib beruvchi mulkka 
egalik qiluvchi qo‘shma korxona tashqil qilish shaklini qo‘llashlari mumkin: 
Litsenziyalash texnologiya sohasida ommaviy va samarali savdo mexanizmi 
bo‘lib qoladi. Litsenziya patentlangan texnologiyani ishlatishga huquq beradi va u 
bilan bog‘liq «nou-xau»ni o‘zaro kelishilgan shartlarda topshirishni ko‘zda tutadi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoat loyihalari uchun ko‘pgina litsenziyalar 
xorijiy korxonalardan sotib olinishi kerak.
Texnologiyalarni litsenziyalash muhim bo‘lib hisoblangan paytlarda iloji 
boricha turli texnologiyalar paketiga ega bo‘lish va shartnomaning nozik 
tomonlarini aniqlash kerak. Xatto, bu ikki jihatlar TIAni tayyorlashdan keyingi 
loyihani amalga oshirish bosqichiga taalluqli bo‘lsa ham, ularni o‘rganib chiqish 
texnologiyani litsenziyalash shartnomasi bo‘yicha keyingi muzokaralarda katta 
yordam berishi mumkin. 
Texnologiyani sotib olish. Ba‘zi tarmoqlar uchun texnologiyani shu zahoti 
naqd pul to‘lash shartlarida sotib olish afzalroqdir va bu holda bular TIAda o‘z 
aksini topishi lozim. Bunday shartlarda sotib olish texnologiya «bir martalik» 
huquq yoki «nou-xau» bo‘yicha olinsa va keyinchalik texnologiyani 
takomillashtirish ko‘zda tutilmasa maqsadga muvofiqdir. 
Texnologiyaga taalluqli bo‘lgan muzokaralarda muhim masala bo‘lib 
eksportni rivojlantirish va litsenziat tomonidan uni ta‘minlash imkoniyatidir. 
Bunday imkoniyat turli omillarga bog‘liqdir, jumladan, ishlab chiqarish quvvati
ishlab chiqarishga mahalliy xarajatlar va yirik eksport bozoriga jo‘g‘rofiy 
yaqinligi. Ammo eksportni va tadbirlarni rivojlantirish uchun TIAda tahlil qilinishi 


63 
kerak. 
Litsenziarning qo‘shma korxonada ishtirok etishi. Texnologiya etkazib 
beruvchisining o‘z aktsiyadorlik kapitali bilan qatnashishi loyiha homiylari uchun 
siyosat masalasi hisoblanadi va TIA doiralarining tashqarisida bo‘ladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda texnologiyani, asosan, tashqi manbalardan 
olganlari sababli texnologiya etkazib beruvchining qatnashish shakli muhim 
masala hisoblanadi. Uskunani import qilish bilan bir qatorda texnologiya bevosita 
yo‘l bilan yoki chet el filiallari orqali yoki qo‘shma korxonalar orqali qo‘lga 
kiritishi mumkin, bu erda texnologiya etkazib beruvchisi loyiha mulkdori ichida 
ishtirok etadi. Bunday qatnashish, ko‘pincha, sezilarli darajada texnologiya etkazib 
beruvchisi tomonidan taqdim qilinayotgan texnologiya, uskuna va texnik 
xizmatlarning kapitallashgan qiymati bilan cheklanadi.
Oxirgi o‘n yillikda bevosita litsenziyalash texnologiya sotib olish va o‘tkazish 
uchun muhim kanal bo‘lib qoldi va uning litsenzion bitimlar sanoati rivojlangan 
mamlakatlar korxonalari orasida sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda. Texnologiya 
litsenziari tomonidan aktsiyador kapitalida qatnashish darajasi, odatda, qiziquvchi 
tomonlar o‘rtasida muzokaralar markazi bo‘lib hisoblanishi mumkin. 
Ishlatilishi kerak bo‘lgan texnologiya tavsifi va murakkabligi nuqtai nazaridan 
tanlangan litsenziarning aktsiyador kapitalida qatnashishi maqsadga muvofiqligini 
TIA ko‘rsatishi kerak. TIA texnologiyaning mahalliy sharoitlarda joriy qilinishi 
o‘z samarasini ko‘rsata olishini aks ettirishi lozim. Texnologik bitimning amal 
qilish davri mobaynida texnologiyani o‘zlashtirish korxona turli ish bosqichlarida 
professional ko‘nikmalar va qobiliyatlarni rejali rivojlantirishni talab qiladi.
Kadrlarni rejalashtirish va turli kategoriyalardagi xodimlar uchun ta‘limning 
keng dasturi bilan mos kelishi kerak bo‘lgan siyosati muhim ahamiyat kasb etadi. 
Litsenziarning ta‘lim bo‘yicha faoliyati litsenziat tomonidan tashkil qilingan ta‘lim 
jarayoniga to‘ldirilish sifatidagina aks etirilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda 
ta‘lim jarayoni turli bosqichlarda va turli mahalliy ishlab chiqarish integratsiyasi 
bosqichlarida litsenziat korxonasidagi xodimlarning professional ko‘nikma va 
qobiliyatlarini rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi lozim. Bu ham 


64 
loyihalashtira olishni va tekshiruvlar va ishlanmalar imkoniyatlarini talab etadi. 
Bunga taalluqli tadbir va talablar TIAda aks etgan bo‘lishi kerak. 
Loyihaning hamma ishtirokchilari loyihaning nobud bo‘lmasligini 
xohlaydilar. Shu bilan bir qatorda ularning hech biri loyihaning muvaffaqiyatli 
amalga oshishiga to‘liq ishonchi bo‘lishi mumkin emas, chunki istalgan haqiqiy 
ishda risk umumqabul qilingandir. 
Risk - istalgan korxona faoliyatining sharoit tavsifidir. Jumladan, u ko‘ngilsiz 
voqealarning mumkinligi va noaniqlikni aks ettiruvchi investitsiya loyihasiga ham 
xosdir. 
Risklarning turlari va ularning xavfini bila turib, ularning loyiha 
samaradorligiga salbiy ta‘sirini pasaytirgan holda ularga ta‘sir o‘tkazish mumkin. 
Investitsiya 
loyihalarini 
moliyalashtirishda 
kapitalning 
qaytishi 
ta‘minlanganligi risklarining quyidagi asosiy turlarini inobatga olish muhimdir: 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin