O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza


 Loyihada qo’llaniladigan texnika-texnologiyani injiniring baholash



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

4.2. Loyihada qo’llaniladigan texnika-texnologiyani injiniring baholash 


59 
Korxona ishlab chiqarish dasturini va quvvatini aniqlashda muhim omil 
bo‘lib, loyihada ishlatilishi lozim bo‘lgan texnologiya va «nou-xau» hisoblanadi. 
Aniq jarayonlar ko‘p hollarda ishlab chiqarishning aniq darajalari bilan bog‘liq 
bo‘ladi yoki faqat mana shunday darajalarda texnik va iqtisodiy amalga oshirish 
mumkin bo‘ladi. Bu bir jihatdan kimyo sanoatiga taalluqli bo‘lishi mumkin. Bunda 
ba‘zi jarayonlar ishlab chiqarishning aniq bosqichlarida sezilarli ravishda samarali 
qo‘llanishi mumkin, ammo bu tamoyil boshqa tarmoqlarga ham taalluqli bo‘lishi 
mumkin. Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda tanlangan texnologiya 
xususiyati va uni ishlatish muhim omillardan hisoblanadi. 
Mos keladigan texnologiya va «nou-xau»ni tanlash istalgan TIAning muhim 
elementidir. Bunday tanlov texnologik muqobillarni sinchkov ko‘rib chiqish va 
baholashga, berilgan loyiha uchun eng to‘g‘ri keladigan variantni yoki investitsiya 
strategiyasini tanlashga va ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik sharoitlarga 
asoslanishi lozim. Mos keladigan texnologiyani tanlash uni ishlatishdagi aniq 
vaziyatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. 
Texnologiyani baholashning asosiy vazifalari - turli texnologiyalarning 
jamiyatga va milliy iqtisodiyotga (xarajat va foydalar tahlili, bandlik va daromadlar 
ta‘siri, inson ehtiyojlarini qondirish va boshqalar), atrof-muhitga (ekologik ta‘sirni 
baholash) ta‘sirini aniqlash va baholash, korxona nuqtai nazaridan texnik-iqtisodiy 
amalga oshirishni aniqlash hisoblanadi. 
Umumiy reja va korxona sxemasini tayyorlash har qanday loyiha uchun 
zarurdir. Buni rejalashtirishning ikkinchi bosqichida amalga oshirish muhimdir. 
Birinchi va boshlang‘ich bosqich bo‘lib, nazarda tutilayotgan ishlab chiqarish 
faoliyati turlari va texnologik muqobillar asosida korxonaning dastlabki rejasini va 
uning umumiy sxemasini tayyorlash hisoblanadi. Umumiy sxemalar va rejani 
ishlab chiqishning ikkinchi bosqichi texnologiya, ishlab chiqarish quvvati va 
uskunaning maxsus jihatlariga taalluqli bo‘lgan detallarni ishlab chiqarish 
tugagandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin. 
Dastlabki umumiy sxema korxonani loyihalashtirish, fizik qurilishiga taalluqli 
kattaliklar tartibini aniqlash, mashinalar va uskunalarga, boshqa investitsion 


60 
elementlarga talablar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan hujjatlar 
bo‘lishi lozim. 
Funktsional sxemalar va chizmalar to‘plami quyidagi elementlarni o‘z ichiga 
oladi: 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin