58
6. Texnologiyaning mahalliy sharoitlarga moslashlanganligi (harorat, namlik
va boshqalar).
7. Ishga tushirish omili (loyiha shartlari bo‘yicha nominal quvvatlarga
nisbatan foizlar) va to‘la ishlab chiqarishga mos bo‘lgan doimiy sharoitga
chiqiladigan vaqt.
8. Xavfsizlik va ekologiya.
9. Kapital va ishlab chiqarish xarajatlari.
Umumlashtirilgan mezonlar quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
G = W1G1 + W2G2 + … WnGn,
bu erda, W - xususiy mezon vazni; G - xususiy mezon kattaligi.
Mezonning eng katta ko‘rsatkichi bo‘lgan texnik loyiha eng zo‘r loyiha deb
qabul qilinadi.
Umuman olganda, ko‘rilayotgan misolda A va G loyihalar texnik
ko‘rsatkichlari jihatidan deyarli bir xildir, ammo bu erda G loyihasiga ustunlik
berish maqsadga muvofiqdir.
Investitsiya loyihalarini texnik baholash loyihani amalga oshirishdagi kelib
chiqishi mumkin texnik muammolarni oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish
maqsadida amalga oshiriladi. Texnik baholashning asosiy vazifasi loyiha
maqsadiga mos loyiha texnologiyasini aniqlash, mahalliy sharoitlar, kapitalga
egalik qilish imkoni, xom ashyo va shu kabilarni rejalashtirish va loyiha bo‘yicha
paydo bo‘ladigan texnik muammolarni hal etishdan iborat.
Loyihani amalga oshirishda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar bo‘yicha
qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiqligi va tanlangan texnologiyaning
texnik jihatdan ishonchliligini aniqlash texnik tahlil etishning muhimligini
ko‘rsatadi. Loyihani amalga oshirishda muqobil texnologiyalarni texnik afzalliklari
va foydaliligi jihatdan baholash texnologiyalarni ishlatishning turli jihatlarini tahlil
etish bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: