O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza


Investitsiya loyihalari hayotiyligining har bir bosqichida tijorat



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

3.2. Investitsiya loyihalari hayotiyligining har bir bosqichida tijorat 
tahlilining ahamiyati 
 
Investitsiya loyihasi hayotiylik tsiklining har bir bosqichida tijorat tahlili olib 
borilishi talab etiladi. ―Loyiha tsikli‖ tushunchasiga loyihani turli ishlab chiarish va 
amalga oshirish bosqichlari kiradi. Tsiklning birinchi bosqichiga asos bo‘lib 
hisoblangan g‘oyalarni tanlash tegishli bo‘lib, ular eng muhim tarraqqiyot 
masalalarining bajarilishini ta‘minlaydi. Loyihaning bunday g‘oyaviy ro‘yxatiga 
qurilish loyihalari, kreditor bilan ta‘minlanish va boshqa ishbilarmonlikdagi faollik 
taraqqiyoti siyosatining o‘zgarishi, boshqaruvdagi o‘zgarishlar tadbiri hamda 
taraqqiyot masalasiga erishishning boshqa vositalari kiradi. 
Ushbu bosqichda iqtisodiy taraqqiyot maqsadini bajarishda ko‘maklashuvchi 
barcha mavjud g‘oyalar ro‘yxati tuzilishi kerak. Loyiha bosqichlari bo‘yicha 
harakatlanganimiz sari, o‘sib boruvchi jiddiylik bilan tadbirlarni nihoyasiga etgan 
kombinatsiyaning loyiha maqsadiga erishishni eng yaxshi yo‘l bilan 
ta‘minlanishini belgilaydi. Birinchi bosqichda, loyihani amalga oshirilishida 
keladigan daromad uni ishga tushirilish xarajatlaridan ortiq bo‘lishi sharti bilan 
bo‘lishi kerak. 
Shunday qilib loyiha tsiklining birinchi bosqichini iqtisodiy taraqqiyot 
maqsadini aniq ifodalanishidan boshlanadi va shu bilan birga Jahon bankining 
iqtisodiy siyosatini sektori tahlili bir tomondan va Jahon banki tomonidan loyihaga 
kredit ajratilishi oralig‘idagi ko‘prikni tashkil qiladi. Iqtisodiy siyosat tahlili 
iqtisodiyot taraqqiyotini ustivor maqsadlari dasturini belgilash va bu masalalarni 
echishda siyosatda va rahbarlikda qanday o‘zgarishlar talab qilishi bo‘yicha 
izlanishlar olib borishni o‘z vazifasi deb biladi. 
Loyihani tijorat jihatlari loyiha uchun sarflanadigan resurs va xizmatlarga va 
ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotilishiga (marketingi) tegishli tadbirlarni o‘z 
ichiga oladi. Loyiha g‘oyasi tsiklni birinchi bosqichdan o‘tgandan so‘ng 


51 
(vazifalarini aniqlash) g‘oyani ko‘rib chiqilishini davom ettirish kerakli yoki 
yo‘qligi haqida qaror qabul qilishi zarur. 
Loyihani ishlab chiqarish tsikli birinchi bosqichda taklif qilingan g‘oyalarni, 
ularni izchil o‘rganishlar olib borish hisobiga torayishlar borishini o‘z ichiga oladi. 
Birinchi turdagi izlanishlar shular jumlasidan bajariladigan muhandislik 
loyihalashtirilishni, iqtisodiy va moliyaviy amalga oshirilishi, loyihani 
muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun ma‘muriy boshqaruv tizimini ko‘rib chiqish 
va uni so‘nggi ishlatilishda atrof-muhitni himoya qilish nuqtai nazaridan muqobil 
variantlarni baholash boshqalar. Loyihani amalga oshirishdagi turli yondashuvlar 
haqida ko‘proq ma‘lumotga ega bo‘lganimiz sari nobob variantlarni chetlashtirib 
tanlab olingan loyihalarni elementlarini jiddiylik bilan erishamiz. Ekspertiza, 
loyihani hamma tomonlarini, uni moliya bilan ta‘minlanishiga talab qo‘yilishi 
oldindan qat‘iy baholashni amalga oshiradi. Loyihaning ishlanishi oxirgi 
bosqichida uni maqsadga muvofiqligini va amalga osha olishini aniq asoslanishini 
tayyorlaydi. Buning uchun loyihaning eng ko‘p daromad keltiradigan tarkibiy 
qismlari aniqlanadi. Ekspertiza bosqichida asosiy diqqat-e‘tibor muqobil variantda 
jamlanadi va iqtisodiy samara va xarajatlarni noaniqlik omillarini va ular bilan 
bo‘lib tavakkalchilik hamda boshqaruvdagi yoki strategiyadagi, loyihani amalga 
oshirishda talab qilinadigan har qanday o‘zgarishlar batafsil o‘rganiladi.
Loyihani vazifasini aniqlashdan boshlanadigan jarayon ishlab chiqarish va 
ekspertiza bosqichlarida ham davom etadi va pirovard natijada uni amalga oshirish 
uchun mablag‘ olish imkonini hal qilishga olib keladi. Yuqorida aytib 
o‘tganimizdek, bu silliq va birin-ketin bajariladigan jarayon bo‘lmay, balki 
inversiyadir. Unda o‘tib ketilgan bosqichlarga yana qaytish avval ifodalangan 
goyalarni o‘zgartirish muqobil variantlarni amaldagilar bilan ularni nisbiy qiymati 
va daromadliligini taqqoslash yo‘li bilan loyihani turli darajadagi aniqlikda texnik, 
ekologik, iqtisodiy-ijtimoiy, moliyaviy va tashkiliy tomonlarini tahlil qilish bilan 
amalga oshiriladi. 
Loyihalarni maqsadlarini va ularga erishish vositalarini aniqlashtirish, loyiha 
faoliyatida muhim qismini tashkil qiladi. Aniqlashtirish turli yo‘llar bilan olib 


52 
boriladi. Masalan, ishlab chiqarishni vazifalari aniq bo‘lib, bosqichma-bosqich 
ma‘lum mahsulot to‘rini ishlab chiqarishni ko‘paytirib borishdan iboratdir. 
Loyihani oldindan amalga oshish yoki oshmasligi, tahlil qilingan yoki 
qilinmaganligidan qat‘iy nazar, amalga osha olishini asosiy tahlilini loyiha ishlab 
chiqilishi jarayonining markaziy negizini tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Loyiha 
masalalari turli yo‘llar bilan aniqlanadi. Ba‘zi loyihalar goyasi hokimiyat yoki 
sanoat tarmog‘iga qarashli investitsiyalarni rejalashtirishda yuzaga keladi. Boshqa 
loyihalar esa amaldagi loyihalarni davomi yoki taraqqiyoti hisoblanadi. 
Loyihalarni yana bir guruhi uzoq muddatli tarkibiy o‘zgarishlarni ta‘minlash uchun 
avvaldan keltirilgan tadbirlar majmuasini bir qismi sifatida tarmoq yoki o‘lka 
iqtisodida tuziladi. Loyihalarni yana bir manbai sifatida kredit beruvchilar bilan 
milliy yoki tarmoq iqtisodini taraqqiyoti infratarkib loyihalari uchun taalluqli 
bo‘lgan jiddiylik va tizimli yondashuv uni hamma loyihalar uchun kerakli qiladi, 
oddiy va qaytariladigan kapital mablag‘lar kiritish bundan mustasno.
Loyihani amalga osha olishi tahlili loyihani olib borish va kerakli loyiha 
maqsadiga erishishda qanday variantni afzal ekanligini belgilab berishi kerak. 
O‘z-o‘zidan tushunarli bo‘lib turgan ushbu holdagi tahlil amalga oshishini 
aniqlash uchun yoki loyihani to‘laligicha asolash uchun uni barcha asosiy 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha, ya‘ni texnik rejasi, atrof-muhitga ta‘siri, bozor samarasi, 
tashkiliy tarkiblar, ijtimoiy va madaniy tomonlar, moliya va iqtisodiy qiymati va 
boshqalar kerak bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlarni har biri umumiy ko‘rsatkichga ega 
bo‘lishi uchun tahlil qilinadi va asta sekinlik bilan yaqinlashish usuli ishlatiladi. 
Masalan, ishlatilishi mumkin bo‘lgan talab bilan loyihani amalga oshiruvchi 
tashkilotni ma‘muriy imkoniyatlariga hamda so‘nggi ishlab chiqaruvchi va 
istemolchilarni moddiy an‘analari va ijtimoiy huquqiga bog‘liqdir. 
Loyihaning aniq goyalari moliyaviy vosita olish uchun etarli yoki etarli 
emasligini belgilash, loyihani vazifasi hisoblanmaydi. Tahlilni imkonli echimidan 
eng yaxshisi o‘ziga xos tarzda tanlab olish va loyihaning bu sharoitlarini 
ko‘rinishini o‘zgartirilishini ko‘rsatishdan iboratdir. 


53 
Ko‘rsatilgan umumiy tavsiflardan tashqari loyihalarning amalga oshishini 
tahlil qiluvchi loyihalar usuli kabi bir-biridan katta farq qiladi. Loyihani tahlilini 
ko‘lami va davomiyligini shunday omillar bilan, ya‘ni loyiha uchun tavsifli 
majmuaviylik loyiha haqida nimalar ma‘lum va ular innovatsion bo‘lib 
hisoblanadimi yoki o‘tmishdagi loyihalarni takrorlaydimi kabilar bilan aniqlanadi. 
Loyihalarni amalga oshirilishini tahlili bir necha oy, yil davom etishi mumkin. 
Tahlil o‘tkazishga ketadigan xarajatlar bir necha ming AQSh dollaridan 
(oddiy loyiha bo‘ladigan bo‘lsa) to bir necha million dollarga etishi mumkin 
(murakkab loyihalar bo‘lsa). Loyihaning tahlilini amalga oshirayotgan davlat
salmoqli pul vositalarini loyiha ishlanishi uchun talab qilishi mumkin. Shu sababli 
bu kabi xarajatlar o‘rinlimi yoki yo‘qmi degan savol tugilishi, tabiiy. Loyihaning 
tahlili rejasini bajaruvchi shaxslar shuni esda tutishlari kerakki, barcha xarajatlarni 
va pul vositalarini iqtisod qilishga urinishlari o‘rinsizdir, chunki loyihani amalga 
oshishi va daromadni ko‘payishi hisobiga o‘zini ko‘p martalab oqlashi mumkin.
Resurslarni etkazib berish bitimi juda muhim, chunki samarasiz sotib olish 
faoliyati yuqori harajatlarga va loyihadan daromad olishini sekinlashishiga olib 
kelishi mumkin. Mahsulot etkazib berishiga tuzilgan bitim ekspertizasi davlat va 
loyihaning o‘ziga xosligi to‘g‘risida axborot berdi.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin