O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza


 Korxonalarning moliyaviy hisobotlari



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

2.3. Korxonalarning moliyaviy hisobotlari
 
Korxona uchun investitsion qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa 
hisoblanadi. Bunda asosiy mezon korxona qiymatlarini oshirish mezonlariga 
qaratiladi. Uning omillari bo‘lib korxona daromadlari o‘sishi, moliyaviy risk yoki 
ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi, korxona ishlari samaradorligi darajasini 
oshirish hisoblanadi. Investitsiya loyihalari bo‘yicha bunday natijalarga erishish 
uchun, har qanday loyihaning samaradorligini baholash zarur bo‘ladi.
Investitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlash muhim ilmiy va amaliy 
ahamiyatga ega, chunki loyihaning samaradorligini baholash qo‘yilgan kapitalning 
qaytib kelish muddati, korxonaning rivojlanish sur‘ati hamda boshqa ijtimoiy- 
iqtisodiy muommalarni hal qilish imkonini beradi. 
Chet el mamlakatlarining tajribasini, shu bilan birga YUNIDO (United 
Nations Industrial Development Organization) tavsiyalarini hisobga olgan holda 


34 
investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash ikki mezon asosida, ya‘ni 
moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi. 
Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashning bu ikkala mezoni ham bir-
birini to‘ldirib turadi.
Moliyaviy baholash investitsiya loyihasini umumiy realizatsiya (amalga 
oshirish) jarayonidagi likvidligini tahlil qilishda ishlatiladi. Boshqacha aytganda 
moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish 
uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning yetarli 
moliyaviy resurslari bo‘lishini belgilashdir. 
Korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini moliyaviy 
hisobotlar, buxgalteriya hisobi va boshqa axborotlarning ma‘lumotlari asosida 
o‘rganib, mavjud moliyaviy imkoniyatlarni aniqlash va moliyaviy holatni 
yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish usuli moliyaviy tahlil deb 
ataladi.
Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo‘lib, korxonalar moliyaviy holatining 
tahlili hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy holati uning moliyaviy barqarorligi, 
moliyaviy mustaqilligi, to‘lovga qodirligi, o‘z mablag‘lari bilan 
ta‘minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlari holati kabi jihatlarini
ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar 
darajasini o‘rganish va tahlil etish hamda ularning natijalarini umumlashtirish 
orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham ushbu
ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida tahlil qilib turish – korxonaning moliyaviy
ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustahkamlash uchun shart- sharoit
yaratadi. Shu nuqtai nazardan tahlilning ahamiyati nihoyatda katta va beqiyosdir. 
Tahlil – korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash garovidir.
Moliyaviy tahlilning asosiy maqsadi bo‘lib, korxona aktivlari, kapitali va
majburiyatlarini, moliyaviy barqarorlik darajasini, to‘lovga qodirlik ahvolini,
o‘z va qarz mablag‘lari bilan ta‘minlanish darajasini, moliyaviy mustaqillik
ahvolini, debitorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga bo‘lgan holatini 
o‘rganish asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash 


35 
imkoniyatlarini ko‘rsatish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan moliyaviy tahlilning 
asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
- korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va 
o‘zgarishiga baho berish;
- moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o‘zgarishiga baho 
berish;
- balans likvidligi ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning o‘zgarishini tahlil 
qilish;
- korxonaning to‘lov layoqati koeffitsientini aniqlash va uning o‘zgarishiga 
baho berish;
- moliyaviy koeffitsientlarni aniqlash va ularning o‘zgarishiga baho berish;
- aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini o‘rganish;
- debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganish;
- foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo‘yicha tavsiyalar, 
takliflar berish.
Investitsiya loyihasining moliyaviy tahlili deganda korxonaga qo‘yilgan
investitsiyaning iqtisodiy samaradorligini ta‘minlash va ularni oldindan 
baholash uchun qo‘llaniladigan usullar, ko‘rsatkichlar, koeffitsientlar majmuasi 
tushuniladi. 
Investitsiya loyihasini moliyaviy tahlil qilishning zarurligi:
- investitsiyaning hayotiylik davrini aniqlash;
- investor bilan korxona munosabatini belgilash;
- investitsiyaning samaradorligini baholash;
- investitsiyaning joriy qiymatini aniqlash;
- barcha xarajatlar hajmini belgilash;
- sof foydani hisoblash kabilarda namoyon bo‘ladi.
Investitsiya natijasida investor o‘z mablag‘iga va qo‘shimcha foydaga
ega bo‘ladi. Korxona esa shu hajmdagi moddiy-texnik bazaga ega bo‘ladi. 
Investitsiyaning samaradorligidan ikki tomon ham manfaat ko‘radi.
Investitsiya loyihalarini moliyaviy tahlil qilish natijasida:


36 
- loyihaning har yillik va butun hayotiy davri davomida keltiradigan 
foydasi aniqlanadi:
- loyihaning eng samarali yo‘nalishini tanlab olish imkonini beradi;
- investitsiya samaradorligiga ta‘sir etuvchi omillarni oldindan baholash va
salbiy ta‘sir qiluvchi omillarni bartaraf qilish yo‘llarini ishlab chiqish 
imkonini beradi;
- investitsiya qiymatini inflyatsiya darajasini inobatga olganda ma‘lum 
muddatdan keyin qancha bo‘lishini oldindan aniqlash imkonini beradi;
- loyihaning xatarlilik darajasini baholashni taqozo qiladi.
Loyihani moliyaviy tahlil qilish bir necha ko‘rinishga ega bo‘lib, loyiha 
turiga qarab, ikki yoki undan ko‘proq turdagi moliyaviy tahlil amalga 
oshirilishi mumkin. Moliyaviy tahlil quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
1. Moliyaviy rentabellik tahlili.
2. Moliyalashtirishga ehtiyoj tahlili.
3. Loyihani ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliyaviy tahlili.
4. Xarajatlarning qoplanishi tahlili. 
Moliyaviy rentabellik tahlilining maqsadi loyihaning hayot davri davomida
investitsiyalardan keladigan samarani baholashdan iborat. Bu tahlil loyihaning
moliyaviy maqsadga muvofiqligi tahlili deb ham yuritiladi. Bu tahlil loyihadagi 
pul tushumlari va chiqimlari oqimiga asoslangan holda o‘tkaziladi. Bunda
e‘tibor loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlarning moliyaviy holatiga emas,
balki loyihaning o‘ziga qaratiladi. Moliyaviy rentabellik tahlili tovarlar va
xizmatlar savdosini amalga oshiruvchi loyihalar uchun o‘ta muhim.
Moliyaviy rentabellik tahlilida xarajatlar va daromadlar qo‘yilgan 
maqsaddan kelib chiqib aniqlanadi. Xarajatlarni firma yoki ijrochi 
tashkilotning foydasini kamaytiruvchi moliyaviy oqimlar tashkil etsa, 
daromadlarni foyda yoki daromadni ko‘paytiruvchi moliyaviy oqimlar tashkil 
etadi.
Xarajatlar va daromadlar oqimlarini loyihalashtirish uchun ishlab chiqarish 
faoliyatining texnik darajasini belgilab olish, investitsiyalardan ko‘zda tutilgan 


37 
texnik resurslarning loyihaga kirish va chiqishdagi oqimini, loyihalarning bozor va 
ma‘muriy o‘rnatiladigan baholarda hisoblangan natijalarini aniqlab olish talab 
etiladi.
Tushumlar oqimi mahsulot sotish (xizmat ko‘rsatish) hajmini ularning xarid 
baholariga ko‘paytirib topiladi. Xarajatlar oqimi esa ishlab chiqarishda 
foydalanilgan moddiy resurslar va xizmatlar miqdorini ularni sotib olish bahosiga 
ko‘paytirib topiladi. Bunday baholash loyihaning butun yashash davriga, har bir yil 
uchun o‘tkaziladi.
Loyiha uchun zarur resurslar va undan kutilayotgan natijalarni baholashda: 
birinchidan, ichki va tashqi bozorda yaqinda bo‘lib o‘tgan bitimlarda qo‘llanilgan
amaldagi baholar asosida real bozor baholarini, ikkinchidan, kelgusidagi baholarni 
bashorat (prognoz) qilish lozim.
Loyiha bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovar (ko‘rsatilgan xizmat)lar uchun 
tushgan barcha to‘lovlar, debitorlik qarzlari, subsidiyalar va boshqa daromadlar 
loyiha bo‘yicha tushumlarga kiritiladi va uning umumiy samarasini ko‘rsatadi. 
Xarajatlar o‘z ichiga ekspluatatsiya va kapital xarajatlarini oladi. 
Ekspluatatsiya xarajatlariga ish xaqi, material, yoqilg‘i xarajatlari, ijara xaqi 
to‘lovlari, kommunal to‘lovlar, umumiy va ma‘muriy xarajatlar, soliqlar, joriy
ta‘mirlash xarajatlari, hali to‘lanmagan, ammo hisobga olingan kreditorlik qarzlari 
va boshqalar kiradi. Kapital xarajatlarga esa investitsiyalar, loyiha fondlarini 
almashtirish, modernizatsiya qilish va kapital ta‘mirlash xarajatlari kiradi.
Pul oqimlari baholab bo‘lingandan so‘ng rentabellik ko‘rsatkichlari 
kalkulyatsiya qilinadi, loyihalashtirilayotgan tushumlar va xarajatlar 
diskontlanadi hamda ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Taqdim etilayotgan obyekt investitsiyalashni moliyaviy baholash (yoki 
moliyaviy asoslanganlik bahosi) investitsiya jarayonining ajralmas qismi 
hisoblanadi. Investor moliyaviy holati noma‘lum bo‘lgan yuridik yoki jismoniy 
shaxslar bilan hech qanday munosabatlar olib bormaydi. Bozor iqtisodiyoti 
rivojlangan mamlakatlarda, korxonalar moliyaviy hisobotlarini e‘lon qilish normal 


38 
holat hisoblanadi va ular har xil to‘plamlar holatida chop etiladi. Bu to‘plamlar 
orqali kompaniyalarning moliyaviy holati to‘g‘risida ma‘lumotlar olish mumkin. 
Investitsiya loyihasining moliyaviy asoslanganlik bahosi pul oqimlari 
to‘g‘risdagi hisobot asosiy hisoblanadi. Bu esa korxonaning mablag‘lari holati 
to‘g‘risida aniq ma‘lumot olishni, shu bilan birga bu mablag‘larning investitsiya 
loyihasiga yetarliligini ko‘rsatib beradi. 
Korxona pul oqimlari asosan quyidagilardan tashkil topadi: 
- operatsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi; 
- investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi; 
- moliyaviy faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi; 
Pul mablag‘lari bo‘yicha salbiy saldo chiqqanda, qo‘shimcha o‘z mablag‘lari 
yoki qarz mablag‘larini jalb etishni taqozo etadi va bu mablag‘lar investitsiya 
loyihasini moliyaviy baholash hisob-kitobida aks ettirilishi kerak. 
Loyihaning maqsadi, shartlari va variantlarini tanlab olishga ko‘ra moliyaviy 
baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik bahosi), investitsion loyihalash jarayonida 
qo‘shimcha ma‘lumotlardan foydalanish mumkin 
Loyiha tashabbuskorlari xo‘jalik faoliyatini moliyaviy tahlilida asosan 
quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlar hisoblanadi:
1. Korxona balansining likvidligini aniqlash; 
2. Qoplash ko‘rsatkichini hisoblash; 
3. Likvidlik ko‘rsatkichini hisoblash; 
4. Muxtoriyat ko‘rsatkichini hisoblash; 
5. Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi ko‘rsatkichini hisoblash; 
6. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligini hisoblash; 
7. Tovar moddiy zahiralarining aylanuvchanligini hisoblash; 
8. Korxona xo‘jalik faoliyatining rentabellik ko‘rsatkichlarini hisoblash. 
Shunday qilib, moliyaviy tahlilning maqsadi shundan iboratki, u 
investitsiyalash va moliyalashtirishdagi barcha savollarning yechimi bilan bog‘liq 
omillarni, shuningdek, loyihadagi barcha moliyaviy oqibatlarni tahlil qiladi, 
aniqlaydi va u bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish imkonini beradi. 


39 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin