O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

-
 
texnik va texnologik jihatdan muqobil variantlarni; 
-
 
loyihani joylashtirish o‘rni bo‘yicha muqobil variantlarni; 
-
 
loyiha hajmini; 
-
 
loyihani amalga oshirish muddatlarini; 
-
 
xom ashyo, ishchi kuchi va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatlari va 
ularning etarliligini; 
-
 
loyiha mahsuloti uchun bozor sig‘imini (hajmini); 
-
 
ko‘zda to‘tilmagan omillarni hisobga olgan holda loyiha xarajatlarini. 
Turli loyihalarda uchraydigan texnik muammolar o‘ziga xos bo‘ladi. Ammo 
ayrim muammolar (barcha loyihalarga bo‘lmasada) ko‘pchilik loyihalarga xos 
bo‘ladi va ularni identifikatsiya qilish mumkin. Bu muammolar quyidagi 
kategoriyalarga bo‘linadilar: mulk shakli; loyiha ko‘lami; amalga oshirish 
muddatlari hamda texnlogiyalarni tanlash va to‘plash. 
Loyihaning texnik rejasi, ekspluatatsiyasi va menejmenti loyihani kim amalga 
oshirishiga bog‘liq. Qaysi loyihalarni davlat sektori, qaysisini esa xususiy sektor 
amalga oshirishi kerakliligini aniqlash hozirda ancha muammo. Chunki xususiy 
investorlar infratuzilmalar va kommunal xizmat singari an‘anaviy davlat 
sektorlariga ham kirib borishayapti. Loyiha qaysi sohaga (tarmoqqa) tegishli 


67 
ekanligi ham mulk shaklini tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Mulk shakli masalasi 
shu bilan birga loyihaning qanday texnik rejasi tanlanishini belgilab beradi.
Loyiha ko‘lami masalasiga tahliliy yondoshish ham mumkin. Oddiy qilib 
aytganda loyiha uchun sof keltirilgan qiymat (SJQ) maksimal bo‘lishini 
ta‘minlaydigan ko‘lam optimal bo‘ladi. Bunday tahlil o‘tkazilishi uchun loyiha bir 
nechta alohida komponentlarga bo‘lib tashlanadi, so‘ngra bu komponentlar (o‘z 
xarajatlari va daromadlari bilan birga) texnologik jihatdan eng kichik bo‘lgan 
«bazis» loyihaga birlashtiriladi. Bundan keyin bazis loyiha uchun hamda 
komponentlarning har bir kombinatsiyasi uchun SJQ hisoblanadi. Oxirgi 
qo‘shilgan komponent uchun daromadning cheklangan ichki stavkasi diskont 
stavkasiga teng bo‘lmagunga qadar loyihaning izlanayotgan ko‘lami kattalashtirib 
borilaveradi. Ayni shu lahzada SJQ butun loyiha uchun musbat bo‘ladi va 
maksimal darajaga etadi. Loyiha bundan keyin ham kengaytirilganda qo‘shilgan 
komponentlar uchun daromadning cheklangan ichki stavkasi diskont stavkasidan 
past, SJQ esa manfiy bo‘ladi. 
Iqtisodiyotni qayta qurish sharoitida ko‘lamga nisbatan bunday yondoshuv 
yirik korxona tarkibida alohida bo‘linmalarni ajratish qanchalik maqsadga 
muvofiqligini aniqlash uchun qo‘llanilishi mumkin.
Ko‘pgina rivojlantirish loyihalari turli sektorlarga yoki faoliyat turlariga 
tegishli komponentlardan tashqil topadi. Masalan, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish 
loyihasi sug‘orish tizimi va drenajlarni, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan turli 
ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishni, qishloq yo‘llari va ijtimoiy 
infratuzilmaning klublar, suv ta‘minoti tizimi, maktab va tibbiyot muassasalari 
kabi elementlarini o‘z ichiga olishi mumkin. Shu tufayli loyihaning turli 
elementlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni aniqlash birinchi navbatdagi vazifa 
hisoblanadi. Maktablar, klublar va tibbiyot muassasalari bir vaziyatda qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan chambarchas bog‘langan bo‘lsa, boshqa vaziyatda 
hech qanday aloqaga ega bo‘lmasligi mumkin. Agar loyiha komponentlari o‘zaro 
chambarchas bog‘langan bo‘lsa, u holda iqtisodiy tahlilda daromadlar va 
xarajatlarni komponentlar bo‘yicha taqsimlash hech qanday mazmunga ega 


68 
bo‘lmaydi. Shu tufayli turli komponentlar bo‘yicha daromad stavkasini aniqlash 
kerak emas. Bunday holda dastlab butun loyiha uchun SJQ va daromadning ichki 
stavkasini aniqlash so‘ngra loyihaning bir yoki bir necha komponentini o‘zgartirib 
aytilgan ko‘rsatkichlarni oshirish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlash kerak. 
Agar loyihaning alohida komponentlari bir- biri bilan deyarli bog‘lanmagan bo‘lsa 
ular alohida-alohida tahlil qilinishi kerak.
Loyihaning alohida komponentlarini iqtisodiy tahlili.
Loyihaning turli komponentlari o‘zaro bir-birining o‘rnini bosadigan, bir-
birini to‘ldiradigan yoki mustaqil komponentlar bo‘lishi mumkin. Qachonki loyiha 
komponentlarini birgalikda amalga oshirishdan olinadigan manfaat ularning har 
biri alohida amalga oshirilganda olinadigan manfaatlar yig‘indisidan kam bo‘lsa, 
bunday komponentlar o‘zaro bir-birining o‘rnini bosadigan komponentlar deyiladi.
Agar loyihaning alohida komponentlaridan manfaat ko‘rilsa ular o‘zaro bir-
birini to‘ldiruvchi komponentlar deyiladi. Agar butun loyihadan ko‘rilgan manfaat 
alohida komponentlardan ko‘rilgan manfaatlar yig‘indisiga teng bo‘lsa, bu 
komponentlar mustaqil komponentlar deyiladi. Loyiha komponentlari shuningdek 
xarajatlarga ko‘ra ham o‘zaro bir-birining o‘rnini bosadigan, o‘rnini to‘ldiradigan 
va mustaqil komponentlar bo‘lishi mumkin. Bir-birining o‘rnini bosuvchi 
komponentlar uchun umumiy xarajatlar ularni alohida-alohida amalga oshirish 
xarajatlari yig‘indisidan katta bo‘ladi. Bir-birini to‘ldiruvchi komponentlar uchun 
esa umumiy xarajatlar ularni alohida-alohida amalga oshirish xarajatlari 
yig‘indisidan kichik bo‘ladi. Mustaqil komponentlar uchun xarajatlar miqdori 
boshqa komponentlar bor yo‘qligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Ko‘pgina ko‘p maqsadli 
loyihalar xarajatlarga ko‘ra bir-birini to‘ldiruvchi, daromadlarga ko‘ra esa bir-
birini o‘rnini bosuvchi hisoblanadi. Masalan, sug‘orish va gidroelektrostantsiya 
uchun umumiy tug‘on qurish alohida-alohida tug‘on qurishga nisbatan kam xarajat 
talab etadi. Lekin elektr energiyasi olish uchun qishda oqizilgan suv sug‘orish 
uchun foydasiz bo‘lsa, yozda sug‘orish uchun elektr energiyasi olish ehtiyojlaridan 
ko‘proq suv oqiziladi. Suv oqizish miqdori GES talablari uchun ham qishloq 
xo‘jaligi talabi uchun ham zarur bo‘lgan optimal miqdordan ko‘p bo‘ladi. Oqibatda 


69 
alohida loyihadagiga nisbatan kamroq qishloq xo‘jalik mahsuloti hamda elektr 
energiyasi ishlab chiqarilishi mumkin. Bunday holatda iqtisodiy tahlil chog‘ida 
«loyihasiz» vaziyat sifatida tegishli inshootlarni alohida qurish varianti ko‘rib 
chiqilishi kerak.
Har qanday investitsiya loyihasi quvvatini aniqlashning eng muhim omili 
texnologiya va ―nou-xau‖ hisoblanadi. Loyiha bo‘yicha mos keladigan texnologiya 
va ―nou-xau‖ni tanlash loyihani texnik-iqtisodiy asoslashning muhim elementi 
hisoblanadi. Lekin tanlash jarayoni texnologiyalarning jamiyat va milliy 
iqtisodiyotga, atrof-muhitga ta‘sirini va ahamiyatini aniqlash bilan amalga 
oshriladi. Texnologiyaning loyiha maqsadlariga mos kelmasligi, ishonchsizligi, uni 
ishlab chiqaruvchi firmaning hali etarli tajribaga ega emasligi va mahalliy 
sharoitlarga mos tushishining noaniqligi texnologik risklarning kelib chiqishiga 
sabab bo‘ladi. 
Texnologik risklarni baholash uning imkoniyatlarini oldindan aniqlash va 
unga ishonch hosil qilish, uni o‘zlashtirishning murakkablik darajasi va uzoq vaqt 
talab etishi, uning sinalganligi, tekshirilganligi, loyiha maqsadi va mahalliy 
sharoitlarga, atrof-muhitni muhofazalash talablariga mosligini hamda uning kam 
xarajat talabligi, yaroqlilik davrini, shuningdek texnologik jarayonlarning turli 
bosqichlaridagi operatsiyalarning murakkabligi va muayyan vaqt talab etishini 
aniqlash bilan bog‘liq. Baholash natijalariga qarab texnologik risklarni bartaraf 
etish tadbirlari ishlab chiqiladi. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin