O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza


Investitsiya loyihalarini ekologik ekspertizadan o’tkazishning



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

 
5.3. Investitsiya loyihalarini ekologik ekspertizadan o’tkazishning 
me’yoriy-huquqiy asoslari
 
O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan ―Ekologik 
ekspertiza to‘g‘risida‖gi Qonuniga ko‘ra Ekologik ekspertiza deganda 
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning 


91 
ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza ob‘ektini 
ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi. 
Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi: 
-
mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish 
to‘g‘risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning 
ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; 
-
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil 
faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi 
mumkin bo‘lsa yoki shunday ta‘sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning 
ekologik xavflilik darajasini aniqlash; 
-
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning etarliligi va asosliligini 
aniqlash. 
Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek 
ekologik audit tarzida amalga oshiriladi. 5.1- rasm. 
 
5.1- rasm. Ekologik ekspertiza turlari
18
Ekologik ekspertiza buyurtmachilari uni o‘tkazish to‘g‘risida ommaviy 
axborot vositalarida e‘lon berishlari mumkin. Bunday holda ekologik ekspertiza 
tugallangan kundan boshlab bir oy ichida uning natijalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar 
e‘lon qilinadi. 
Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e‘lon va uning natijalari 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ommaviy axborot vositalarida berilishi shart bo‘lgan 
ob‘ektlarning ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi. 
18
―Ekologik ekspertiza to‘g‘risida‖gi Qonunga ko‘ra muallif tomonidan shakillantirildi. 


92 
Davlat 
ekologik 
ekspertizasini 
va 
ekologik 
auditni 
moliyalash 
buyurtmachining mablag‘lari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. 
Jamoat ekologik ekspertizasini moliyalash nodavlat notijorat tashkilotlarining 
yoki fuqarolarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 
Davlat ekologik ekspertizasi ob‘ektlari quyidagilardan iborat: 
-
davlat dasturlarining, kontseptsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, 
iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish 
sxemalarining loyihalari; 
-
barcha turdagi qurilishlar uchun er uchastkalarini ajratish materiallari; 
-
loyihaoldi va loyiha hujjatlari; 
-
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq, xo‘jalik va boshqa xil 
faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarning 
loyihalari; 
-
texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini 
yaratishga doir hujjatlar; 
-
atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi 
ishlab turgan korxonalar va boshqa ob‘ektlar; 
-
keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik 
vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan 
hududlarni kompleks tekshirish materiallari; 
-
shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; 
-
maxsus huquqiy rejimli ob‘ektlar. 
Davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi: 
-
davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o‘tkazadi; 


93 
-
davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit 
bo‘yicha normativ-texnik va yo‘riqnoma uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va 
tasdiqlaydi; 
-
davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishga ekspertlar va mutaxassislarni jalb 
etadi; 
-
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini ololmagan ob‘ektlarga 
nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish 
(tugatish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga 
yuboradi; 
-
davlat ekologik ekspertizasi xulosalarining ijro etilishi ustidan nazoratni 
amalga oshiradi; 
-
ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari yuzasidan boshqa davlatlarning 
tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni 
amalga oshiradi; 
-
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Davlat ekologik ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining, viloyatlar va Toshkent 
shahar 
ekologiya 
va 
atrof-muhitni 
muhofaza qilish 
boshqarmalarining 
ixtisoslashgan ekspert bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladi. 
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda: 
-
taqdim etilgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun 
xujjatlariga muvofiqligi tekshiriladi; 
-
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil 
faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarning 
to‘g‘riligi va to‘liqligi tahlil qilinadi; 
-
biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga 
ta‘sirini baholashning asosliligi tekshiriladi; 


94 
-
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil 
faoliyatni amalga oshirish oqibatlarining ekologik xavfliligi darajasini 
baholashning to‘g‘riligi tekshiriladi; 
-
ekologik xavfsizlik talablarini ta‘minlashga doir chora-tadbirlarning etarliligi 
va asosliligi aniqlanadi; 
-
ekologik normativlar loyihalarining asosliligi tekshiriladi. 
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddati o‘ttiz kundan oshmasligi 
lozim. Uni o‘tkazish muddati davlat ekologik ekspertizasi ob‘ektining 
murakkabligiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi tomonidan ko‘pi bilan ikki oyga 
uzaytirilishi mumkin. 
Davlat ekologik ekspertizasi ob‘ektining ekologik talablarga muvofiqligi 
xususida davlat ekologik ekspertizasining bergan xulosasi berilgan kundan 
e‘tiboran uch yil mobaynida yuridik kuchga ega bo‘ladi. 
Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo‘yicha xulosa tuzilib, u davlat 
ekologik ekspertizasi ob‘ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin 
emasligi to‘g‘risidagi yakunlarni o‘z ichiga olgan bo‘ladi. 
Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi 
ob‘ektini moliyalash va ro‘yobga chiqarishda yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan ijro etilishi majburiydir. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy 
xulosasi bo‘lmay turib, loyihalarning bank va boshqa kredit tashkilotlari 
tomonidan moliyalanishi, shuningdek ularning ro‘yobga chiqarilishi taqiqlanadi. 
Davlat ekologik ekspertizasining davlat ekologik ekspertizasi ob‘ektini 
ro‘yobga chiqarish mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lgan taqdirda, 
buyurtmachi xulosadagi mavjud takliflarga muvofiq loyiha maromiga etkazilishini 
ta‘minlashi hamda materiallarni davlat ekologik ekspertizasi uchun qayta taqdim 
etishi yoxud rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil 
faoliyatdan voz kechishi shart. 
Jamoat ekologik ekspertizasi ekologik asoslanishi taqozo etiladigan har 
qanday faoliyat sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning 


95 
tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasini amalga 
oshirishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi. 
Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishidan qati 
nazar amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi 
tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi. 
Ekologik audit — ekologik auditorlar (firmalar) tomonidan qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda va shartlarda o‘tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy 
ta‘sir ko‘rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa ob‘ektlarni mustaqil 
ekologik ekspertiza qilishdir. 
Ekologik audit xo‘jalik va boshqa xil faoliyat ob‘ekti mulkdorining qaroriga 
binoan o‘tkaziladi. 
Banklarda ham investitsiya loyihalari ekspertiza qilinadi, agar loyihani 
moliyalashtirish uchun bank kreditlariga zarurat tug‘ilganda.
Loyihani amalga oshirish strategiyasini dastlabki baholash ijobiy bo‘lganda, 
bank boshqaruvining qaroriga asosan, bank mutaxassisi (loyiha menejeri) kerakli 
mutaxassislarni jalb qilgan holda loyihani ekspertiza qilishga kirishadi. 
Ekspertiza natijasida loyiha menedjeri loyiha bo‘yicha barcha hujjatlarni va 
loyiha joylashishi kerak bo‘lgan joyni borib o‘rgangan holda quyidagilarni 
o‘rganib chiqishi kerak: 
- loyihaning moliyaviy jihatlari (loyiha qiymati, moliyalashtirish manbalari, 
rentabelligi, naqd pul oqimi, shu jumladan, erkin konvertirlanadigan valyutada, 
korxonaning moliyaviy holati va balans hisobotlarining kelgusidagi prognozi); 
- loyihaning texnik jihatlari (qurilishga tayyorgarlik, uskunalarni olib kelish 
va loyiha smeta hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda qurilish-montaj ishlarini olib 
borish uchun shartnomalarning mavjudligi va boshqalar); 
- loyihaning marketing jihatlari (tayyor mahsulotni sotish, yig‘uvchi 
materiallar 
va 
xom 
ashyoning 
mavjudligi, 
texnologik 
uskunalarning 
raqobatbardoshligi va marketingning boshqa jihatlari); 


96 
- loyiha yuridik jihatlari (qarz oluvchining, loyiha boshqa qatnashchilarining 
yuridik statusi, barcha tuzilgan shartnoma, kontrakt, ta‘sis hujjatlarining 
qonunchilik va boshqa me‘yoriy hujjatlarga to‘g‘ri kelishi); 
- loyihaning iqtisodiy jihatlari (loyihani amalga oshirishdan keladigan foyda 
va zararlar, loyihaning sof keltirilgan qimmati va boshqa jihatlari); 
- loyihaning instituttsional jihatlari (loyihani amalga oshiruvchilarning 
professional tayyorgarlik darajasi, xodimlarni o‘qitish va boshqalar); 
Loyiha menejeri yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan barcha jabhalarni ekspertiza 
qilgandan so‘ng quyidagi qarorga kelishi kerak bo‘ladi: loyihani ma‘qullash va 
kerakli summani kredit tariqasida berish to‘g‘risida ijobiy xulosa berish; 
loyihaning kerakli hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va undan keyin 
loyihani qayta ekspertiza qilish uchun taqdim etish; loyihani texnik-iqtisodiy 
asoslashda ko‘rsatilgan tadbirlar bo‘yicha loyihani amalga oshirishning maqsadga 
muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa berish. 
Tijorat banklarida investitsiya loyihalari ekspertizasi ijobiy bo‘lganda, 
loyihani moliyalashtirish uchun kredit berishga kredit qo‘mitasi qarori asosida 
rozilik beriladi.
Ekologik tahlilning asosiy vazifasi loyiha natijasida yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan potentsial zararni oldindan belgilash va uning ta‘sirini yumshatish yoki 
batamom tugatish yo‘llarini topishdir. Bu jarayon loyihada ko‘zda tutilgan 
natijalarga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi kerak emas. Tashqi muhit bu «tabiiy kapital 
bo‘lib», u iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi. Noto‘g‘ri rejalashtirilgan loyihalar 
esa uning buzilishiga, milliy kapitalni emirilishiga olib kelishi mumkin. 
Ekologik boshqarishning vazifasi aholining tabiiy ta‘sirlarga bo‘lgan talabi 
bilan atrof-muhitning shu talabni qondira olish imkoniyatlari orasidagi 
muvozanatni (balansni) topishdan iboratdir. 
Loyihalarni amalga oshirish ―ekologik sig‘im‖ potentsialini kamaytirishi 
kerak emas. 
Loyihalarni realizatsiya qilishdan oldin ularning atrof-muhitga muhim 
ta‘sirlarni belgilash, loyihalar ta‘siri asosida muhit buzilib ketgandan keyin uni o‘z 


97 
holiga keltirishdan afzalroqdir. Shuning uchun har qanday loyihaning 
ekosistemaga keltiradigan salbiy oqibatlarni chuqur tahlil qilishni talab etiladi. 
Agar loyiha ekosistemaga me‘yordan yuqori salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan bo‘lsa uni 
yangidan ko‘rib chiqish, shundan keyin ham vaziyat o‘zgarmasa undan voz 
kechish zarur. Ekosistema bu bitta davlat hududidagi muammo emas, balki uni 
o‘zgarishi butun er shariga ta‘sir ko‘rsatadi (masalan, Orol muammosi). Shuning 
uchun ekosistemani tahlil qilinganda mamlakat manfaatlaridangina kelib chiqish 
kerak emas. 
Kontsessiylar loyihalarning ekologik ekspertizasida muhim o‘rin egallaydi. 
Kontsessiyalar tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan 
foydalanishga bo‘lgan kontsessiyalarni olishni anglaadi. Chet ellik investorlarga 
tabiiy resurslarni qidirish, qazib olish va ulardan foydalanish hamda boshqa 
xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun kontsessiyalar berish chet ellik investorlar 
O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining vakolatli organlari bilan qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda tuzadigan kontsessiya shartnomalari asosida 
amalga oshiriladi. 
Kontsessiyalarga, agar ular O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan bo‘lsa va tuziladigan kontsessiya shartnomalarining maqsadlariga 
javob bersa, faoliyatning barcha sohalari va turlarida yo‘l qo‘yiladi. 
2018 yil 22 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
―Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi, 949-sonli 
Qarori qabul qilingan. 
Ushbu Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jahon banki va 
Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston 
Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 
yil 13 iyuldagi PQ-3852-son qarori ijrosini ta‘minlash, shuningdek, tadbirkorlik 
sub‘ektlarining faoliyatini rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar va yuqori 
darajada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan 
islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida 
1.
Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizom; 


98 
2.
Davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladigan faoliyat turlarining 
ro‘yxati tasdiqlangan. 
Davlat ekologiya qo‘mitasining quyidagi ixtisoslashtirilgan ekspert 
bo‘linmalari davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazadi: 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasining «Davlat ekologik ekspertizasi markazi» davlat unitar korxonasi 
(keyingi o‘rinlarda «Davlat ekologik ekspertizasi markazi» DUK deb ataladi); 
«Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat ekologik ekspertizasi markazi» davlat 
unitar korxonasi; 
viloyatlar va Toshkent shahar «Davlat ekologik ekspertizasi markazi» davlat 
unitar korxonalari. 
Davlat ekologiya qo‘mitasi davlat ekologik ekspertizasining yagona tizimini 
tashkil etuvchi ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalariga uslubiy rahbarlik qiladi. 
«Davlat ekologik ekspertizasi markazi» DUK quyidagi ob‘ektlar bo‘yicha: 
-
atrof-muhitga ta‘sir ko‘rsatishni baholash — loyihaoldi va loyiha 
hujjatlarini, kengaytirilishi, rekonstruktsiya qilishini va texnik qayta jihozlanishi 
lozim bo‘lgan ishlab turgan korxonalar va boshqa ob‘ektlar yoki atrof-muhitning 
holatiga va fuqarolar sog‘ligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan texnologik jarayonni 
o‘zgartirishlarni, atrof-muhitga ta‘sir ko‘rsatishning I va II toifasiga kiradigan 
faoliyat turlari bo‘yicha maxsus huquqiy rejimga ega ob‘ektlarni (yuqori va 
o‘rtacha darajada xavfli); 
-
I toifaga kiradigan (yuqori darajada xavfli) atmosferaga chiqariladigan 
tashlamalarning, er usti suv oqimlari yoki joy relefiga ifloslantiruvchi moddalar 
tashlamalarini oqizishning, ishlab chiqarish va iste‘mol chiqindilarining hosil 
bo‘lishi hamda ularni joylashtirishning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan ekologik 
normativlari loyihalari; 
-
hududlarga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik 
vaziyat hamda ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida ularni kompleks 
tekshirish materiallarini; 


99 
-
texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi 
turlarini yaratishga doir hujjatlarni; 
-
davlat dasturlari va kontseptsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, 
iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish 
sxemalarining loyihalarini; 
-
aholisi soni 50 ming kishidan ortiq bo‘lgan loyihalashtiriladigan 
ob‘ektlarning shaharsozlik hujjatlarini; 
-
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa faoliyatni 
tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar (texnik 
reglamentlar yoki standartlar, ekologik normativlar, qoidalar, yo‘riqnomalar) 
loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazadi. 
Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari ko‘rib 
chiqiladigan ob‘ektning o‘ziga xosligi va murakkabligiga qarab, davlat ekologik 
ekspertizasi uchun bitta yoki bir guruh malakali mutaxassislar va olimlarni, zarur 
bo‘lganda, xulosalari tavsiya xususiyatiga ega bo‘lgan xorijiy ekspertlarni 
shartnoma asosida jalb etishi mumkin. Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish 
va o‘tkazish tartibi 5.1-jadvalda keltirilgan 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin