O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

 
Nazorat savollari: 
 
1.
Institutsional tahlilning mohiyatini nima tashkil etadi?
2.
Institutsional tahlil qanday maqsadda olib boriladi?
3.
Institutsional tahlilning vazifasini nima tashkil etadi?
4.
Institutsional boshqarish deganda nima tushuniladi?
5.
Investitsiya loyihasining ishtirokchilarini kimlar tashkil etadi? 
6.
Loyihani ishlab chiqish jarayonidagi asosiy muammolarni ayting.
7.
Zaruriy institutlarni tashkil etish deganda nima tushuniladi?
8.
Zaruriy institutlarni tashkil etishga qanday omillar ta‘sir etadi?
9.
Loyihani boshqarishning qanday jihatlarini bilasiz? 
10.
Investitsiya loyihasini amalga oshirishda instituttsional tahlilning o‘rni nimadan 
iborat?


116 
VII-BOB: INVESTITSIYA LOYIHALARINING MOLIYAVIY VA 
IQTISODIY EKSPERTIZASI
7.1.
 
Investitsiya loyihalarini baholash usullari. Investitsiya loyihalarini 
iqtisodiy tahlil qilishning asosiy mezonlari. Investitsiya loyihalarini moliyaviy 
tahlil qilishning asosiy mezonlari
 
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllanishi iqtisodiy o‘sishining bir 
qator makroiqtisodiy omillarini keskin darajada kuchaytirilishini taqozo etadi. Bu 
sohada ro‘y berayotgan jarayonlar voqealarning shiddatli almashinuvi bilan 
izohlanadi. 
Mamlakatning 
iqtisodiy 
o‘sishini 
qo‘llab-quvvatlash 
va 
jadallashtirishda hal qiluvchi rolni ishlab chiqarish investitsiyalari o‘ynashi kerak.
Faqat investitsiyalar bazasidagina asosiy kapitalni yangilash hamda shu 
asosda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va sifatini yaxshilash evaziga 
mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin. Biroq, bu hozirgi yuksak 
darajada integratsiyalashgan xo‘jalik sharoitida davlatning muvofiqlashtiruvchi roli 
ob‘ektiv ravishda ancha salmoqli bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan 
investitsiya sohasiga davlatning faol aralashuviga yaqin yillar mobaynidagi 
makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida qaramoq darkor. Bu esa strategik 
maqsad - iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash uchun amalga oshirilmogi, bu 
raqobatbardoshlik va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi mezonlariga 
javob berishi lozim. Strategik maqsadga erishish makroiqtisodiy rejalashtirish 
asosida ta‘minlanishi mumkinki, investitsiya jarayonlarini davlat yo‘li bilan 
boshqarib turish bunday rejalab turishning eng muhim bo‘ginlaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi. 
Bozor munosabatalariga o‘tishning O‘zbekiston tomonidan tanlab olingan 
yo‘li o‘ziga xos alohida xususiyatlarga ega bo‘lib, bunda hal qiluvchi rolni davlat 
o‘ynaydi. Bunday o‘ziga xoslik mamlakat Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab 
chiqilgan iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishning beshta tamoyilida aks etgandir. Mana 


117 
shu tamoyillardan birida ta‘kidlanishicha, ―... murakkab o‘tish davrida davlatning 
o‘zi bosh islohotchi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatdorligini ko‘zlab, 
islohotlar jarayonining tashabbuskori bo‘lishi iqtisodiy taraqqiyotning etakchi 
yo‘nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning 
ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab 
chiqishi va izchil ro‘yobga chiqarishi kerak‖. 
Mamlakat xalq xo‘jaligi rivojlanishining hozirgi bosqichi iqtisodiy o‘sish 
yo‘liga o‘tib olish bilan izohlanadi. Bunday o‘sish alohida investitsiya siyosatini 
ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etadiki, u taraqqiy etgan mamlakatlar 
tajribasiga, investitsiya resurslari va chet el investitsiyalarini jalb qilish sifatida 
mablag‘lardan foydalanishning mavjud imkoniyatlariga tayanishi lozim bo‘ladi. 
Chet el investitsiyalarini jalb etmay turib, xozirgi zamon talablariga javob 
beradigan ishlab chiqarishning tashkil etilishini ta‘minlash mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov xuddi shu masalaga e‘tiborni 
qaratdi: ―Buning uchun ularni rivojlantirishning yangi manbalari, ham chet el 
investitsiyalarini keng jalb qilish hisobiga, ham ichki manbalar, bank kreditlari 
hisobiga doimo kashf etib borilishi darkor‖. 
Investitsiya jarayonlarini izga solib turishning iqtisodiy asoslarini yaratish, 
ishlab chiqilgan siyosatni amalga oshirishga imkon tugdiruvchi shart-sharoitni 
ta‘minlash investitsiya siyosatining muhim vazifalaridan biri bo‘lib, iqtisodiy 
o‘sishga aynan shu yo‘l bilan erishish mumkin. 
Bozor iqtisodiyoti kapital mulkka mo‘ljallanayotgan investitsiyalar xajmi 
tegishli moliya aktivlarining daromadliligiga bogliq bo‘ladi. Daromad me‘yori 
orqali esa ana shu aktivlarning bahosi investitsiyalarga bo‘lgan talab va taklifga 
qarab belgilanadi. Davlat pul va kredit siyosati orqali investitsiyaga bo‘lgan talab 
va taklifning nisbati hamda uning tarkibiy tuzilishiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. 
Shunday ekan, bu siyosat turli moliya aktivlaridan olinadigan daromad xajmiga 
ham katta ta‘sir etadi. U investitsiya tovarlari bozorida investorlarning xatti-
harakatining bosh yo‘nalishini, shunga bog‘liq holda investitsiyalar tarkibiy 
tuzilishini belgilaydi. 


118 
Korxonaning zamonaviy investitsiya siyosati keng ko‘lamli, nihoyatda 
murakkab va bir-biriga o‘xshamaydigan investitsiya qarorlari shaklida namoyon 
bo‘ladi. Bunday korxonalar «mablag‘larni qo‘yish tashabbuskori» sifatida ham, 
«tashqi investitsiyalar ob‘ekti» sifatida ham maydonga chiqadi. 
Korxonalarning investitsiya siyosatida bevosita investitsiyalar muhim o‘rinni 
egallaydi. Bevosita investitsiya qarorlarini amalga oshirish uchun jalb etiladigan 
moliya zaxiralari miqyosi va uzoq davom etuvchi xususiyatlari tufayli bu turdagi 
investitsiya qarorlari jiddiy xatarlar bilan chambarchas bog‘langandir. Bu sharoitlar 
bevosita investitsiya qarorlarining juda muhim ijtimoiy iqtisodiy ahamiyatini 
nazarda tutib, fundamental tadqiqotlar predmeti sifatida nisbatan mustaqil ilmiy 
oqimni keltirib chiqaradi. Bu nisbatan mustaqil ilmiy oqim - investitsion loyihalar 
tahlili deb ataladi. 
Jahon tajribasida investitsion tahlilning uch asosiy bosqichda o‘rganish qabul 
qilingan: 
-
investitsiyadan oldingi bosqich; 
-
investitsiya qilish bosqichi; 
-
amalga oshirilgan investitsion loyihani ekspluatatsiya qilish bosqichi. 
YuNIDOning umum tan olgan tizimiga ko‘ra investitsiyadan oldingi bosqich 
4 qismga bo‘linadi: 
- investitsion qarorlarini (tizimlarini) izlash; 
- investitsion loyiha oldidan (birlamchi) tayyorlash; 
- investitsion loyihani uzil-kesil rasmiylashtirish va uni texnik-iqtisodiy, 
ijtimoiy va moliyaviy tomondan yaroqligini baholash; 
- loyihani so‘nggi marta ko‘rib chiqish va uni moliyalash to‘g‘risida qaror 
qabul qilish. 
Investitsion tahlilning birichi bosqichi - investitsiya qarorlarini izlash va 
tanlashdan iboratdir. Bu amaliyotda bir muncha murakkabliklarni keltirib 
chiqaradi. Uni shu bilan izohlash mumkinki, har qanday investitsiya qarorlarini 
qabul qilish qisman ko‘p sonli fuqarollarning, yuridik shaxslarning, jamoat 
tashkilotlarining, birlashmalarining xarakatlarini manfaatlari bilan bog‘liqdir. 


119 
Bunda, yaxshi ma‘lumki shu qarorga tegishli barcha tomonlar manfaatlarining 
muvozanatiga erishgan holdagina investitsiya qarorini muvaffaqiyatli amalga 
oshirish mumkin. 
Xalqaro amaliyotda investitsiya qarorlarining eng ko‘p tarqalgan quyidagi 
tasniflari qabul qilingan. Majburiy investitsiyalar - korxona o‘z faoliyatini davom 
ettira olishi uchun zarur bo‘lgan investitsiya qarorlari, qoidaga ko‘ra, bu sinfga 
atrof-muhitga ko‘rsatiladigan zararli ta‘sirni kamaytirishga, korxona xodimlarinig 
ish sharoitida davlat me‘yorlari darajasida yaxshilashga va boshqa shunga o‘xshash 
ishlarga qaratilgan investitsiya qarorlari kiradi. Sarf-xarajatlarni kamaytirishga 
qaratilgan investitsiya qarorlari - uzoq davom etadigan raqobat kurashiga bardosh 
berish zarurati tufayli yuzaga keladigan investitsiya qarorlarining eng keng 
tarqalgan turidir. Bu sinf qo‘llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirishga, 
xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga, mehnatni 
tashkil etish va boshqaruvni yaxshilash hamda shu kabi ishlarga qaratilgan 
investitsiya qarorlarini uz ichiga oladi.
Investitsion xarakterning boshqarilishini hal etish qabul qilish jarayonida 
mavjud investitsiyani kelajakdagi pul tushishini baholash va taqqoslash yotadi. 
Vaholanki, taqqoslash ko‘rsatkichlari vaqtning turli fursatlariga to‘g‘ri keladi. Bu 
erdagi asosiy muammoning echimi ularni birlashtirishda unga turli xil yondashish 
mumkin, ya‘ni ob‘ektiv va sub‘ektiv shartlarni hisobga olgan holda: inflyatsiya 
darajasi, bashorat qilish gorizonti, tasniflashning darajasi va boshqalar. 
Quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda loyihalarni amalga oshirish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi: 
- agar loyihaning vazifalari, asosiy hamda muqobil varinatlari aniqlangan va 
dastlabki tanlov o‘tkazilgan bo‘lsa; 
- loyiha taqdiriga ta‘sir ko‘rsatadigan asosiy siyosiy va tashkiliy muammolar 
tenglashtirilgan va ularnit hal qilish mumkin degan xulosa chiqarilgan bo‘lsa; 
- loyihani tanlash asosli deb hisoblanishi uchun nazarda tutilgan xarajatlar va 
daromadlarning joriy diskontlangan qiymati baholangan bo‘lsa; 


120 
- agar loyihani amalga oshirishda yutishi yoki yutqazishi mumkin 
bo‘lganlarning hammasi uni qo‘llab-quvvtalashi kutilsa va ularning roziligi bo‘lsa; 
- agar loyiha ichki va zurur hollarda tashqi manbalardan tegishlicha 
moliyalashtirilishi mumkin bo‘lsa; 
- loyihani ishlab chiqishning aniq bazasi tashkil qilingan bo‘lsa.
Moliyaviy ekspertiza loyhani moliyaviy yashashga qobiliyatini nazorat qiladi 
va uni asosiy boshqarilishi uchun zaruriy choralar belgilaydi. 
Moliyaviy ekspertiza hamma vaqt loyihani moliyaviy reja ko‘rilishini 
buxgalterlik hisobini adekvat va tavtish tizimini o‘z ichiga oladi. Undan tashqari 
moliya ekspertizasi qo‘shimcha ravishda quyidagi keltirilgan omillarni hisobga 
oladi:
-
loyihaninng rentabelligi; 
-
loyihadan foyda qiluvchi fuqarolar uchun moliyaviy oqibatlar va ular 
uchun moliyaviy tavakklchilikning baholanishi; 
-
loyihani milliy byudjetga uni amalga oshirilishi uchun kerakli fondlarni 
mavjudligini tekshirish uchun ta‘siri; 
-
loyhani amalga oshiruvchi firmaning boshqarish imkoniyatlari; 
-
moliyaviy faoliyatni, loyihani amalga oshirilishi va ishlatilichiga 
qo‘llanladigan andozlar. 
Iqtisodiy ekspertiza quyidagilarni belgilaydi: loyihaning milliy iqtisodiyotni 
rivojlantirishga ta‘siri baholanadi; kiritilayotgan resurslar va olinayotgan 
mahsulotlar ularning milliy iqtisodiyot uchun haqiqiy qadr-qimmatini aks 
ettiradigan noaniq baholarda baholanadi; tahlilga iqtisodiyot uchun bevosita ta‘sir 
etuvchi jihatlar kiritiladi (importga, eksportga, aholi bandligiga, chet el 
valyutasiga, talab va taklifga, ekologik ahvolga va sh.k.), shuningdek, bilvosita 
ta‘sirlar (boshqa sohalarga bo‘lgan ta‘siri va sh.k.) ham kiritiladi; ijtimoiy shart-
sharoitlar hisobga olinadi va h.k.lar. 
Loyihalar asoslangan sanoat tarmog‘i tarqqiyoti dasturining bir qismi va 
iqtisod sohasining siyosatini aks ettiruvchi bo‘lmog‘i darkor. Har qanday 
ekspertiza birinchi navbatda o‘ziga xos loyhalar faqat ushbu tarmoq siyosat 


121 
maqsadi uchun xizmat qilishini namoyish qilmog‘i lozim. Ekspertiza vazifasi – 
loyiha tavsiya qilingan tarmoq strategiyasiga to‘g‘ri kelishini belgilashdan iborat.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin