O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza


 Investitsiya loyihalarini baholashdagi asosiy moliyaviy koeffitsientlar



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

 
7.3. Investitsiya loyihalarini baholashdagi asosiy moliyaviy koeffitsientlar
Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholash mablag‘larni real 
aktivlar bilan operatsiyalarga kiritishning mumkin bo‘lgan variantlarini tanlash va 
asoslash jarayonida markaziy o‘rinni egallaydi. Loyihaning boshqa barcha ijobiy 
tavsiflarida quyidagi talablar ta‘minlanmagan bo‘lsa, u hech qachon amalga 
oshirishga qabul qilinmaydi:
- tovar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar hisobiga qo‘yilgan 
mablag‘larning qoplashi;
- firma xohish etgan darajadan past bo‘lmagan investitsiyalar rentabilligini 
ta‘minlovchi foydaning ko‘rilishi;
- firma uchun muvofiq bo‘lgan davrda investitsiyalarning qoplanishi.
Investitsion operatsiyalarning bunday natijalariga erishishning realligini 
aniqlash har qanday loyihaning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rinishlarini baholashning 


127 
asosiy vazifasi hisoblanadi. Baholashni olib borish bir qancha omillar va ta‘sirlarga 
bog‘liq holda vujudga keluvchi bir muncha murakkab masala hisoblanadi:
-
birinchidan, investitsiya xarajatlari uzoq davr (bir necha yil) ichida bir marta 
yohud bir martadan ortiq amalga oshiriladi; 
-
ikkinchidan, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan natijalar olish 
jarayoni ham uzoq (barcha holatlarda bir yildan yuqori) bo‘ladi; 
-
uchinchidan, 
operatsiyalarning 
uzoq 
davr 
amalga 
oshirilishi 
investitsiyalarning barcha jihatlarini baholashda noaniqlikning o‘sishiga va 
xatolikning yo‘l qo‘yilishiga olib keladi.
Ushbu omillarning mavjudligi yo‘qotishning mumkin bqlgan minimum 
darajasi bilan asoslangan qarorlarni qabul qilishga imkon beruvchi investitsiya 
loyihalarini baholashning maxsus usullarini ishlab chiqish zarurligini vujudga 
keltiradi.
Diskontlash usuli pul mablag‘larining qiymati muayyan vaqtda bir xil 
emasligi, ya‘ni bugungi bir so‘m bir yildan keyingi bir so‘mga teng emasligi bois 
paydo bo‘ldi. Bunday munosabatga sabab, garchi inflyatsiya to‘g‘risidagi fikr, 
birinchi navbatda tug‘ilsa ham inflyatsiya hisoblanmaydi. Bunga bir muncha 
fundamental sabab bo‘lib, olingan daromad hisobida katta summaga bir yildan 
so‘ng o‘sishini ta‘minlashga qodir tijorat operatsiyalariga kiritilgan (bankdagi 
depozitni ham hisobga olgan holda) pul hisoblanadi. Bu haqiqat moliyaviy 
operatsiyalar aksiomasi hisoblanadi va investitsiya loyihalarini tahlil qilish va 
iqtisodiy asoslashning butun mexanizmini nazarda tutadi.
Mablag‘larni investitsiyalash nuqtai-nazaridan investitsiya loyihalarini 
amalga oshirish uslubiyoti va uslubiyotini ishlab chiqish masalasi g‘oyat muhim 
hisoblanadi. Jahon amaliyotida faqat hayotiy muhim loyihalarni amalga 
oshirishzarurligini ko‘rsatadigan va keng tarqalgan investitsiya loyihalari tsikli 
kontseptsiyasi mavjud. 
Investitsiya loyihalarni amalga oshirshda ularni boshqarish uslubiyoti eng 
muhim bo‘g‘in bo‘lib maydonga chiqadi. Loyihalarning ko‘lami, tuzilmasi, 
resurslari, qiymati va boshqalarga qarab ularni boshqarishning maxsus usullariga 


128 
ehtiyoj ortib boradi. Boshqarish aslida qo‘yilgan maqsadlarga erishish vazifasini, 
loyihani amalga oshirish muammolarini bartaraf qilish, huquqlar va ma‘suliyatlarni 
jamlash 
vazifalarini 
ko‘zlaydi. 
Iqtisodiyotning 
globallashuvi 
va 
integratsiyalashuvi, loyihalarni amalga oshirishda chet ellik sheriklar, turli 
sub‘ektlar, moliya institutlarining ishtirok etishi, ular harakatlarini va faoliyatlarini 
muvofiqlashtirishni talab etadi. Faoliyatning muvofiqlashtirilmasligi investitsiya 
loyihalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatsizliklarga, kapitalni yo‘qotish 
riskining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Investitsiyalar xususida qarorlar qabul qilishda, investitsiya loyihalarini 
baholash, tanlash va amalga oshirishning ilmiy asoslangan uslubiyoti va uslubidan 
foydalanish masalasi g‘oyat muhim hisoblanadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va 
integratsiyasining kuchayishi, investitsiya jarayoniga chet ellik sheriklar, ko‘p 
ukladli iqtisodiyot sohiblari va xalqaro moliya institutlarining jalb qilinishi, ular 
faoliyatini uyg‘unlashtirishning kuchaytirilishini talab qiladi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda 
ularni boshqarish eng samarali uslubiyotdir, chunki bu uslubiyot turli rejalashtirish 
va nazorat usullaridan malakali foydalanishda risklarni boshqarish, nizolarni hal 
qilish imkoniyatlarini beradi.
So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan qo‘shma investitsiya loyihalarining 
ko‘payganligi sababli keng qamrovli marketing tadqiqotlari o‘tkazish, loyihalar 
bo‘yicha hisob-kitooblrni tegishli axborot bazasi bilan ta‘minlash zaruriyati yuzaga 
keladi. Hisob-kitodlarda esa investitsiyalarni zamonaviy va istiqboldagi samarasini 
bugungi qiymatini aniqlash masalasi yuzaga keladi. Qzbekistonning bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida loyihalarni boshqarish uslubiyotida hamda ularni 
tanlash va investitsiya qarorlarini qabul qilish uslubiyotida loyiha asoslanadigan 
axborot bazasining ishonchliligi bosh masalal hisoblanadi. Investitsiya loyihalarini 
boshqarishning asoslangan uslubiyoti har tomonlama marketing tadqiqotlarini 
o‘tkazish, risklarni pasaytirish va loyihalar bo‘yicha hisob-kitoblarning ishonchligi 
axborot negizini ta‘minlash imkonini beradi.


129 
Investitsiya loyihalarining mavjud variantlari ma‘qullash bosqichida quyidagi 
sabalarga ko‘ra rad etilish mumkin: 
- loyihaning haddan tashqari ortiq iqtisodiy, ijtimoiy, infratuzilma va tabiat 
muhofazasi qiymatlari yuqori bo‘lsa yoki qiyosiy afzalliklari bo‘lmasa; 
- loyiha maqsadlarini amalga oshirishdan naf ko‘rishi mumkin bo‘lgan 
sohiblar majburiyatlari aniq belgilanmasa; 
- mavjud tashkiliy va boshqaruv imkoniyatlariga loyihaning katta miqyosi 
muvofiq kelmaydigan bo‘lsa; 
- haddan ortiq risk yoki xom ashyo qiymati, malakali ishchi kuchiga 
to‘lanadigan ish haqi xarajatlari yuqori bo‘lsa; 
- loyiha tatbiq etilganidan keyin, uning ekspluatatsiya davriy xarajatlari 
mavjud moliyaviy resurslar yoki muqobil qarorlarga nisbatan g‘oyat yuqori 
bo‘lishi aniqlansa; 
- loyiha evaziga taklif qilinadigan mahsulotga bo‘lgan talab etarli bo‘lmasa 
yoki uning qiyosiy afzalliklari aniqlanmasa. 
Investitsiya loyihasini amalga oshuvchanligini aniqlash uchun quyidagi 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha dastlabki tahlil o‘tkazilishi lozim: 
- asosiy moddiy va mehnat resurslarining, shuningdek ixtisoslik 
malakalarining mavduligi; 
- kapital qo‘yilmalar va ekspluatatsiya xarajatlarining joriy diskontlangan 
qiymati; 
- loyiha variantlarining moliyaviy va iqtisodiy qiymati; 
- loyihani amalga oshirilishidan naf ko‘rishi lozim bo‘lgan aholi guruhlari 
yoki hududlarni mahsulot yoki xizmatlar xarakteriga bo‘lgan talab hajmi; 
- mahsulot chiqarishning tegishlicha baholari bo‘lgan muqobil texnik 
echimlari 
borligi, 
shu 
jumladan, 
joylarda 
oldindan 
ishlatilayotgan 
texnologiyalarning mavjudligi, ularni takomillashtirish imkoniyatlari. 
Bundan tashqari taqdim qilinayotgan loyihaga biron-bir jiddiy ta‘sir 
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday tashkiliy va siyosiy to‘siqlar tahlili 
o‘tkaziladi.


130 
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek ularni ichki va tashqi 
resurslar hisobidan moliyalashtirishda mamlakatning xalqaro bozorga chiqishi 
kuchli zamin va asos hisoblanadi. Loyihaning kelajakka qaratilishi uning oldindan 
aytib berish mumkin emasligidan dalolatdir, shu sababli investitsiya loyihasining 
sifat tavsiflarini hisobga olish muhim.
Risklarni moliyalashtiruvchilar o‘rtasida taqsimlash va pasaytirish maqsadida 
loyihalarni amalga oshirish loyihaviy moliyalashtirish asosida olib boriladi. 
Loyihaviy moliyalashtirish loyihani amalga oshirishni kuzatib borishning maxsus 
tizimiga ega bo‘ladi. Bunda o‘z fondlaridan, qarzga olingan mablag‘lardan, 
boshqalarning investitsiyalaridan foydalanish, ta‘minotchilar, mijozlar, davlat, 
xalqaro tuzilmalar faoliyati bo‘yicha monitoring o‘tkazishni nazarda tutadi. 
Monitoring, shuningdek investitsiya jarayoni ishtirokchilarining joriy faoliyatini, 
dastlabki moliyalashtirish tuzilmasini, hisob-kitoblarning foydaliligini, kreditni 
qaytarish grafiklari va qarzni uzish shartlarini kuzatib borishni ham qamrab oladi.
Xullas, respublika hududida invesititsiya loyihalari bilan bog‘liq bo‘lgan va 
ularni amalga oshirish jarayonlariga tortilgan xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar 
tuzilmaviy qayta o‘zgartirishlarning ma‘nosini teran anglashlari, globallashuv, 
xalqaro raqobat va iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘lanishlari oqibatlarini, rivojlanish 
istiqbollari va mamlakatning xalqaro bozorlarga chiqishini oldindan ko‘ra bilishlari 
kerak. Bularning barchasi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, tanlab olish, 
amalga oshirish, istiqbollarini belgilashda va ularni ichki va tashqi mablag‘larni 
jalb qilish hisobiga moliyalashtirishda asosiy masalalar hisoblanadi.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin