109
amalga oshirish vaqtida inobatga olinishi talab etiladi. Investorlar, banklar,
pudratchilar, asbob-uskuna etkazib beruvchilar, ishlab chiqarilgan mahsulotni
ulgurji sotib oluvchilar, lizing beruvchilar va oshqalar loyiha ishtirokchilari bo‘lib
hisoblanadi.
Ko‘pchilik iste‘molchilar va manfaat ko‘ruvchilar talabini ifoda etuvchi yirik,
ijtimoiy yo‘naltirilgan rivojlantirish loyihalarida ko‘p
hollarda loyiha maqsadi va
unga erishish vositalarini belgilash qiyin bo‘ladi. Bunga misol tariqasida ta‘lim
dasturiga va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga investitsiya sarflari loyihalarini
taqqoslashimiz mumkin. Ma‘lumotli va o‘zgaruvchan sharoitlarga tez
moslashuvchan kishilarni tayyorlash vazifasini ma‘lum miqdordagi o‘g‘it ishlab
chiqarish vazifasiga ko‘ra baholash qiyin. O‘qitish
dasturida maqsadga erishish
usullari ham ancha murakkab va noaniqdir.
Bugungi kunda turli yuridik maqomga ega bo‘lgan ko‘plab korxonalarda
boshqaruvning yangi, innovatsion shakllarini, institutsional tashkil etishni qo‘llash
dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Jumladan, o‘tgan asrning 80-yillarida AQShning
―McKinsey‖ konsalting kompaniyasi maslahatchilari guruhi tomonidan ishlab
chiqilgan ―McKinsey 7S‖ modelini qo‘llash iqtisodiyotimizning rivojlanishiga
yaqindan yordam beradi.
Modelning asosiy mualliflari Tom Peters va
Robert Vatermanlar hisoblanib,
ular tomonidan modelning asosiy tamoyillari ko‘rsatib o‘tilgan va mazkur tamoyil
asosida korxona boshqaruv faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari mavjud
bo‘ladi. Bugungi kunga kelib, model butun dunyoda amaliyotda qabul qilingan
hamda korxona tasarrufida omilkor biznes
jarayonlarini yaratishga va
optimallashtirish uchun foydalanadigan strategik menejment va marketing
bo‘yicha ko‘plab korxona rahbarlari va mutaxassislarining ishonchini qozongan.
―McKinsey 7S‖ modeli kompaniyaning ichki tashkiliy tuzilmasini va faoliyat
ko‘rsatish tamoyillarini tahlil qilishning qulay vositasi hisoblanadi. Ushbu model
asosida tashkilot mikro iqtisodiyotining ettita asosiy
elementi tahlil qilinadi va
quyidagi xulosani berishga imkon beradi, ya‘ni, korxona tasarrufidagi biznes
110
jarayonlar qanday darajada yaxshi tashkil etilgan va mavjud resurslar qanchalik
samarali tarzda yo‘naltirilgan.
―McKinsey 7S‖ modeli har qanday korxonaning
ichki biznes jarayonlarini
takomillashtirishga, korxona samaradorligini oshirishga yordam beradi hamda
tashkiliy tuzilmada rejalashtirilgan o‘zgarishlarning mumkin bo‘lgan natijalarini
tahlil qilish, bo‘linmalarni birlashtirish va birlashuvni amalga oshirish,
korxonaning rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning
eng yaxshi usulini
aniqlash uchun hizmat qiladi. ―McKinsey 7S‖ modeli quyidagi ettita tamoyilni
o‘zida jamlaydi:
•
korxona strategiyasi;
•
korxonaning tarkibiy qismi;
•
boshqaruv tizimi;
•
korxona tasarrufidagi munosabatlar uslubi;
•
xodimlar faoliyati tarkibi;
•
ko‘nikma
va qadriyatlar miqdori;
•
hodimlarning malakasi.
Model tashkilot muhitining ettita asosiy tamoyilini tahlil qilish asosida
qurilgan. Modeldagi barcha tamoyillar o‘zaro bir-biriga bog‘liq. Bu shuni
anglatadiki, yuqorida ko‘rsatilgan sohalarning hech bo‘lmaganda bittasi o‘zgarsa,
darhol boshqa o‘zgarishlar talab qilinadi. Quyidagi 2-rasmda ―McKinsey 7S‖
modelining namuna sifatida bir ko‘rinishi keltirilgan. Chizmada barcha tamoyillar
bir-biriga bog‘langan hamda ―yumshoq‖ va ―qattiq‖ ikki yirik bo‘linmalarga
bo‘lingan.
Dostları ilə paylaş: