O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

 


146 
 
8.1-rasm. Inflyatsiyaning tasniflanishi
22
Inflyatsiya iqtisodiyotga ham ijobiy tarafdan, ham salbiy jihatdan ta‘sir 
o‘tkazadi. Bu esa uning o‘sish sur‘atlariga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p hollarda esa, 
inflyatsiya iqtisodiyotda salbiy oqibatlarga olib keladi. 
1. Iqtisodiyotda disproportsiyani, ya‘ni nomutanosiblikni kuchaytiradi. 
Tovarlarga belgilangan baholarning notekis o‘sib borishi ishlab chiqarishning bir 
tarmog‘idan kapitallarni boshqa bir tarmoqqa qayta sarflashga sharoit yaratadi (bir 
xil tarmoqlarda ishlab chiqarish kengayadi va boshqalarida esa qisqaradi). Bunda 
uzoq muddatli investitsiyalarga xos rag‘batlantirish barbod bo‘ladi bu ishsizlik 
ortib ketishiga, kapital jamg‘arilishi jarayoni jilovlanishiga, sub‘ektlar o‘rtasidagi 
xo‘jalik aloqalarining izdan chiqishiga olib keladi. 
2. Ishlab chiqarishdan muomala sohasiga kapitalni qayta joylashtirish uchun 
sharoit yaratadi. Kapital tez aylanadigan va foyda keltiradigan chayqovchilik savdo 
22
Ромер Д. Высшая макроэкономика: Учебник/Д.Ромер. – М.: ИД ВШЭ, 2015.-стр.628 


147 
munosabatlari rivojlanadi. Inflyatsiya sanoat kapitalining barcha shakllarini 
qadrsizlanishiga olib keladi. 
3. Iste‘mol talabi tuzilmasini izdan chiqaradi. Tovarlar bahosining o‘sib 
ketishi pullar real boyliklarga – ularga bo‘lgan ehtiyojdan qat‘iy nazar tovarlarga 
aylantirishga intilishni yuzaga keltiradi. 
4. Ichki bozor sig‘imiga putur etkazadi. Aholi barcha qatlamlari real ish haqi 
kamayib ketadi, to‘lovga qobil bo‘lgan talab qisqarishi hisobiga tovarlarni sotish 
va o‘tkazish qiyinlashadi. 
5. Pul-kredit tizimining faoliyatiga putur etkazadi. Pullar harid qobiliyati 
pasayishi pul jamg‘aramalari hajmi qisqarishiga va shu bilan moliya-kredit 
muassasalari resurslarining qisqarishiga olib keladi. Kapitalni jalb etish va sarflash 
sohalari uchun kurash keskin tus oladi. Ularning salmoqli qismi ichki bozorga 
tovar shaklida ham pul shaklida ham qaytib kelmaydi. 
6. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Pullarning 
qadrsizlanishi 
eksport 
faoliyati 
bilan 
shug‘ullanuvchi 
firmalarning 
raqobatbardoshligini pasaytiradi va xorijdan tovarlar olib kelishga imkoniyat 
tug‘diradi. Kapitalni foydali bir tarzda sarflash va ishonchli bopshana izlash 
maqsadida kapitalning chet mamlakatlarga chiqib ketishi ro‘y beradi buning 
natijasida esa mamlakatning to‘lov balansi yomonlashadi. 
7. Davlat tomonidan moliyalashtirish jarayonini faollashtiradi va byudjetning 
pul belgilari emissiyasi hisobiga to‘ldirib borilishini rag‘batlantiradi. Bunday 
sharoitda g‘aznaga soliq tushumlari kamayadi, davlat qarzi muammosi 
keskinlashadi. 
8. Valyuta inqirozini keskinlashtiradi. Mamlakatlar o‘rtasidagi inflyatsiya 
sur‘atlaridagi tafovut valyutaning rasmiy va bozor kursi o‘rtasida nomuvofiqlikka 
olib keladi. Inflyatsiya xalkaro to‘lov vositalari (ularning massasi) ko‘payishiga 
sharoit yaratib beradi. 
Inflyatsiya eng avvalo tovarlar va xizmatlarning tovar sifatiga solishtiriluvchi 
baholar oshishida (oshkora va yashirincha) namoyon bo‘ladi. Inflyatsiya darajasini 
oldingi davrga nisbatan olganda baholar darajasi ortishi (qo‘shimcha o‘sishi) 


148 
sur‘ati bilan xarakterlanadi va odatda bir yil uchun foizlarda iste‘mol narhlari 
indeksi asosida hisoblab chiqiladi. 
Inflyatsiya darajasini hisoblab chiqish uchun joriy davr iste‘mol narhlarini 
bazis davr iste‘mol narhlari indeksidan chegirib tashlash, olingan farqni bazis davr 
iste‘mol narhlari indeksiga taqsimlash va yuzga (foizlarda) ko‘paytirish orqali 
aniqlanadi: 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin