O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

8.2.
 
O’zbekistonda inflyatsiya sur’atlari va uning o’zgarish dinamikasi
 
O‘zbekistondagi inflyatsiya bu mustaqil O‘zbekiston zaminida vujudga 
kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq Ittifoqda yuzaga kelgan. Bu 
inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodga nisbatan 


152 
siyosatga ko‘p e‘tibor berganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur‘tlari tushib ketdi. 
Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo‘lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko‘p 
xarajat qilinsada (xom-ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past bahoda 
sotilgan. Farq davlat byudjetidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin 
baholarga o‘tish natijasida (oziq ovqat va yoqilgi resurslardan tashqari) inflyatsiya 
yuzaga otilib chiqdi va tez sur‘atlar bilan rivojlanib ketdi.
Shu tufayli O‘zbekistondagi inflyatsiya sobiq Ittifoq davrida yuzaga kelgan 
inflyatsiyaning qoldig‘idir va uni davolash uzoq vaqtni talab qiladi. 
Sobiq Ittifoqda, jumladan O‘zbekistonda 90-yillardagi inflyatsiyaning asosiy 
sabablari - iqtisodiy muvozanatning yo‘qligi, ishlab chiqarish sur‘atlarining tushib 
ketishi natijasida rejali iqtisodiyotdagi inqiroz;
- mahsulotlar sifatining, mehnat unumdorligining pastligi; 
- ishlab chiqarishda xarajatlar salmog‘ining oshib ketishi, behuda sarflar, 
iqtisod printsiplariga rioya qilmaslik va boshqalar hisoblanadi. 
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va itisodiy 
jihatdan qarama qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat 
inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlari 
ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi ko‘rashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga 
qarshi siyosat va pul islohati hisoblanadi.
Har davlatda pul muomalasi ma‘lum qonun-qoidalar asosida tartibga solib 
turiladi.
Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul 
muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va 
harajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni 
kengaytirish, aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini o‘zgartirib turish va 
hakazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi 
qonuni buzilganda davlat o‘z vakolati doirasida narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan, 
pul reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan.


153 
Bozor iqtisodi sharoitida pul muomalasi ma‘lum usullar yordamida tartibga 
solib turiladi. Milliy iqtisodiyotda pul muomalasini tartibga solishda O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki quyidagi usullardan foydalanadi:
1. 
Majburiy zahira stavkasi normasini belgilash. 
2. 
Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi. 
3. 
Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini o‘rnatish.
O‘zbekiston Respublikasining ―Markaziy banki to‘g‘risida‖gi qonunga ko‘ra, 
Markaziy bank tijorat banklariga minimal majburiy zahira bo‘yicha mablag‘larni 
maxsus hisob raqamda saqlab turish majburiyatini yuklash huquqiga ega. Bunday 
zahiralar normalari bankning majburiyatlari turiga, omonat muddatiga qarab 
belgilanadi. Bu mexanizm asosan tijorat banklarining likvid mablag‘lari hajmining 
muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Bu bilan Markaziy bank tijorat banklarining 
kredit berish qobiliyatiga ta‘sir etadi. Kredit, ma‘lumki o‘z navbatida pul 
massasining ko‘payishiga, baholarning o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun 
majburiy norma tez-tez o‘zgartirilmaydi, chunki u muomalada pul massasini 
tebranib turishiga va oxiri iqtisodiy beqarorlikka olib kelishi mumkin.
Markaziy bank tijorat banklarga kreditlar bo‘yicha qayta moliyalashtirish 
stavkasini belgilab beradi. Bu stavka tijorat banklari beradigan kreditning bahosini 
aniqlash asos bo‘lib xizmat qiladi. Qayta moliyalashtirish siyosati tijorat 
banklarining boshqa manbalaridan mablag‘lar jalb qilishiga ta‘sir etmaydi. 
Markaziy bank oqilona qayta moliyalashtirish stavkalarini o‘rnatib tijorat 
banklarini likvidlik darajasini muvofiqlashtirib turadi.
Quyida berilgan jadvalda Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining yillik 
darajasi va inflyatsiya darajasining yillar bo‘yicha dinamikasi qiyosiy tahlil uchun 
berilgan. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin