Risklarni boshqarish jarayoni sxemasini tushuntirib bering.
Moliyaviy risklarni boshqarish deganda nimani tushunasiz?
Forvard va fyuchers shartnomalarini farqi nimada?
Hejirlash va sug‘urtalash orqali moliyaviy xatarlarni ka-maytirish deganda nimani tushunasiz?
Uy xo‘jaliklari duch keladigan risklarning asosiy turlarini
sanang.
Moliyaviy risklarni boshqarish usullarini tanlash deganda ni-mani tushunasiz?
Diversifikatsiyalash orqali moliyaviy risklar qanday boshqariladi.
Risk strategiyasi nima?
Svop bitimlari tog‘risida nimalarni bilasiz?
232
Muddatli bozorda ishtirokchilarning maqsadlari va amalga oshiradigan operatsiyalari nuqtayi nazaridan qanday guruhlarga ajratish mumkin?
Test
……………….. – risklarni tasniflash, identifikatsiyalash, tahlil qilish va baholash, riskdan himoyalanish usullarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan boshqaruv faoliyatidir.
A) risklarni aniqlash; B) risklarni boshqarish; C) risklarni tanlash; D) risklarni tahlil qilish.
Risklarni boshqarishning asosiy metodologik tamoyili ko‘rsa-tilgan javobni aniqlang.
A) risk foydaliligi va me’yorini umumiy o‘lchov birliklarida o‘l-chash hisobiga ushbu ikki ko‘rsatkichni baholash taqqoslanuvchan-ligini ta’minlash;
B) risk foydaliligi va alternativligini umumiy o‘lchov birliklarida o‘lchash hisobiga ushbu ikki ko‘rsatkichni baholash taqqoslanuv-chanligini ta’minlash;
C) risk me’yori va o‘zgaruvchanligini umumiy o‘lchov birliklarida o‘lchash hisobiga ushbu ikki ko‘rsatkichni baholash taqqoslanuvchanligini ta’minlash;
D) risk o‘zgaruvchanligi va alternativligini umumiy o‘lchov birliklarida o‘lchash hisobiga ushbu ikki ko‘rsatkichni baholash taqqoslanuvchanligini ta’minlash;
Dostları ilə paylaş: |