Bunday risksiz arbitraj operatsiyalari juda jozibador bo‘lib, kelajakda narxlarni prognoz qilishni talab qilmaydi va hech qanday risk tug‘dirmaydi.
Turli banklardagi valuta kurslari o‘rtasidagi eng kam farqdan foydalangan holda, shu kabi arbitraj operatsiyalari har qanday uch valutada amalga oshirilishi mumkin. Bunda mazkur qoidaga doim amal qilinadi: raqobat bozorida erkin konvertatsiya qilinadigan har qanday uch valutadan uchinchi valuta kursini aniqlash uchun boshqa ikkitasi orasidagi kursni bilish kifoya.
Raqobat bozorida valuta operatsiyalarini juda tez va minimal xarajatlar bilan amalga oshiruvchi professional arbitrajyorlarning mavjudligi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy valutalar kursi bilvosita usulda hisoblab chiqilgan kursga maksimal darajada mos tushishini kafolatlaydi.
Mamlakatimizda valuta siyosatini yaxshilash yo‘lida nimalarni amalga oshirish kerak? 98
10. Valuta opsioni orqali xedjirlash deganda nimani tushunasiz? Test
Tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonida ayirboshlash kurslarining o‘zgarishidan yoki boshqa turli valuta operatsiyalarini amalga oshiri-lishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar ……. deyiladi.