Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


= ∗ … … ∗ ushbu formula orqali qanday kat-talik aniqlanadi?



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə96/151
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#169457
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   151
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

9. = ∗ … … ∗ ushbu formula orqali qanday kat-talik aniqlanadi?



  • o‘rta arifmetik qiymat;


  • o‘rta geometrik qiymat;
    119


  • o‘rta garmonik qiymat;


  • o‘rta kvadratik qiymat.

    10. Tovarning narxi 30% ga, keyin yana 20% ga kamaydi. Tovar-ning narxi boshlang‘ich narxga nisbatan necha foizga kamaygan?


  • 56 %;


  • 50 %;


  • 60 %;


  • 44%.
    120

    VI BOB. INFLATSIYA RISKI


    6.1. Inflatsiya riski tushunchasi va uning mazmun-mohiyati


    Inflatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan holat hisoblanadi.
    Inflatsiya” - atamasi (lotincha “inflation” – shishmoq, kengay-moq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865-yillardagi fuqarolar urushi davrida qo‘llanilib, muomalada qog‘oz pullarning haddan ortiq ko‘payib ketishini ifodalagan.

    Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi. Inflatsiya tushunchasi juda serqirra bo‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda uning ko‘plab izohlari mavjud. Ma’lumki, inflatsiya darajasiga asosan omonatchilar, xoh u yuridik shaxs bo‘lsin, xoh u jismoniy shaxs bo‘lsin, o‘zlarining vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini tez sur’atlarda hamda katta daromad kelti-radigan sohalarga yo‘naltirish orqali ta’sir etadilar. Agarda mamla-katdagi inflatsiya darajasi yuqori sur’atda bo‘lsa omonatchilar o‘z mablag‘larini turar-joy, xorijiy valuta, oltin, avtomobillar sotib olishga harakat qiladilar hamda ular tijorat banklarining xizmatidan voz kechadilar.


    Inflatsiya – bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishidir.


    Inflatsiya bozor xo‘jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug‘diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Biroq, shuni ham nazarda tutish kerakki, alohida tovar bozorlaridagi talab va taklif nisbatining har qanday buzilishi ham inflatsiyani keltirib chiqaravermaydi. Shuningdek, iqtisodiyot-dagi davriy o‘zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan bog‘liq holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi keltirib chiqargan narxlarning o‘sishi inflatsiyani anglatmaydi.

    Yüklə 0,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   151




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin