Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


=miqdor inflatsiya darajasi, Ik = 1 + α miqdor esa



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə102/151
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#169457
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   151
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

=miqdor inflatsiya darajasi, Ik = 1 + α miqdor esa

inflatsiya indeksi ekanligidan, ya’ni α yillik inflatsiya darajasida n yildan keyin dastlabki qiymat = (1 + α) ga aylanadi, bu esa boshlang‘ich R summasining α murakkab foiz stavkasiga oshib borishiga teng bo‘ladi.


6.2.1-misol. Narxlar har oyda 2 foizga oshib borsin deylik. Banklar va moliya kompaniyalari ko‘pincha mijozlarni riskli omonatlarga jalb qilishadi, masalan, inflatsiya darajasini 2% • 12 = 24% hisoblash orqali yillik 25% li, bamisoli foyda keltiradi. Aslida esa, 12 oy mobaynida narxlar (1 + 0,02)12 = 1,268 marta oshadi, ya’ni yillik inflatsiya sur’ati 1,268 - 1 = 0,268 yoki 26,8% ni tashkil etadi. Hisoblash shuni ko‘rsatadiki, yiliga 25% foiz stavkasi unchalik ham o‘ziga jalb qilmaydi hamda faqat inflatsiyadan yo‘qotishlarni minimallashtirish nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilishi mumkin.


Agar kredit foizining oddiy yillik stavkasi i ga, inflatsiyani hisobga olgan kredit foizi stavkasi iα ga teng bo‘lsa, u holda bir tomondan


= (1+ )
va boshqa tomondan, = ( + )( + ) ga teng bo‘ladi .
( + ) = ( + )( + ) ekvivalentlik tenglamasidan


quyidagi kelib chiqadi:
= + + ∗ (6.2.9)


Bu I.Fisher formulasi deb atalib ( + ∗ ) summasi inflatsion yo‘qotishlarni bartaraf etish maqsadida real daromad stavkasiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan qiymatdan iborat bo‘ladi. Bu miqdor inflatsiya mukofoti deb ataladi.
127

Formula (6.2.9) daromadning real stavkasiga oddiygina inflatsiya sur’atini qo‘shgan holda inflatsiyani hisobga oluvchi foiz stavkasini hisoblaydigan keng tarqalgan xatoning oldini oladi, ya’ni agar i = 20 % va α= 10% bo‘lsa, inflatsiyani hisobga oluvchi foiz stavkasi i + α = 0,2 + 0,1 = 0,3 ni yoki 30% ni tashkil qiladi. Biroq, bu yerda ∗ = , ∗ , yoki 2% ga teng bo‘lgan boshqa qo‘shiluvchini kiritishimiz kerak bo‘ladi. O‘n minglab sh.b. ga ko‘paytirilgan bu ko‘paytma inflatsiya summasiga sezilarli qo‘shimcha qo‘shadi.


Inflatsiyaning turli jarayonlarga ta’siri. Bu yerda qarzdorlar nima uchun kutilmagan inflatsiyadan yutishini muhokama qilish o‘rinlidir. Aytaylik, siz bankdan 10 ming sh.b. da mablag‘ oldingiz, bir yildan so‘ng qarzning asosiy miqdorini ham va yillik 8 % bilan foizini ham to‘lashingiz kerak. Agar inflatsiya darajasi yiliga 8 %ga belgilangan bo‘lsa, zayom bo‘yicha real foiz stavkasi nolga teng. Agar siz 10800 sh.b.dagi mablag‘ni qaytarib berishingiz kerak bo‘lsa ham, ushbu summaning real qiymati jami 10000 sh.b. dagi mablag‘ bo‘ladi. 800 sh.b.dagi foiz 10000 sh.b.dagi qarzning xarid qobiliyati pasayishini qoplaydi xolos. Boshqacha aytganda, qarzingizni «arzonlashgan» pul bilan to‘laysiz. Shuning uchun, zayom bo‘yicha foiz stavkasi oldindan belgilangan bo‘lsa, debitorlar kutilmagan inflatsiyadan mamnun, kreditorlar esa aksincha.


Inflatsiyadan himoyalangan, depozit sertifikatlariga qilinadigan investitsiyalarni ko‘rib chiqamiz. Siz 10 sh.b.dagi mablag‘ni bir yilga quyidagi bironta sxema bilan investitsiya qilmoqchisiz: bir yil muddatga yillik 8% foiz stavkasi bilan oddiy depozit sertifikatini sotib olish yoki yillik inflatsiya darajasiga yillik 4% qo‘shib hisoblanadigan foizli depozit sertifikatini sotib olish. Kelgusi yil uchun inflatsiya darajasining istiqboliga qarab, riskli vaziyatlardan birini tanlash imkoni mavjud. Agar siz inflatsiya darajasi yiliga 3% ekanligiga ishonch hosil qilsangiz, real depozit sertifikati (ikkinchi sxema) bo‘yicha nominal foiz stavkasi faqat 7% ni tashkil etadi va siz, albatta, nominal depozit sertifikatini (birinchi sxema) tanlar edingiz. Biroq, siz inflatsiya darajasi yiliga 4% dan ortiqroq deb hisoblasangiz, u holda real depozit sertifikatini tanlagan bo‘lar

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin