Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


har biri faqat bitta yangi preparat ishlab chiqaruvchi bir qancha kompaniyalarga investitsiyalash



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə139/151
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#169457
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   151
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org


har biri faqat bitta yangi preparat ishlab chiqaruvchi bir qancha kompaniyalarga investitsiyalash;



  • turli dori preparatlari ishlab chiqaruvchi bitta kompaniyaga investitsiyalash;



  • yangi preparatlar ishlab chiqaruvchi ko‘plab kompaniya-larning aksiyalariga egalik qilayotgan investitsiya fondiga investitsiyalash.


    Endi diversifikatsiya riskni qanday kamaytirishini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun ikkita vaziyatni solishtiramiz: birinchisida biz bitta yangi preparat ishlab chiqilishiga 100000 sh.b., ikkinchisida

    ikki xil yangi preparat ishlab chiqilishi uchun 50 ming sh.b.dan sarmoya kiritdik. Ikkala vaziyatda ham muvaffaqiyatga erishilsa, biz joylashtirgan investitsiyamizdan to‘rt marta ko‘proq foyda olamiz, aksincha, muvaffaqiyatsizlikka uchralsa, investitsiya qilingan summaning barchasini yo‘qotamiz. Demak, bitta dori vositasini ishlab chiqish uchun 100000 sh.b. joylashtirib, yoki 400,000 sh.b. olamiz yoki hech narsa olmaymiz.

    Agar biz ikkita preparat uchun 50 ming sh.b. dan investitsiya kiritib, investitsiyalarimizni diversifikatsiya qilsak ham, natija birinchi holatdagidan deyarli farq qilmaydi – biz 400 ming sh.b.


    201

    olamiz yoki hech narsa olmaymiz (agar har ikkala preparat ishlab chiqaruvchi ham omadsizlikka uchrasa). Biroq bu yerda faqat bitta dori muvaffaqiyatsizlikka uchrashi va ikkinchisi baribir muvaffaqiyatli chiqishi bo‘yicha muayyan, aytaylik, o‘rtacha ehtimollik mavjud. Voqealar rivoji shunday yakunlanganda, biz 200 ming sh.b. olamiz (boshqacha aytganda, biz muvaffaqiyatli preparatga joylashtirgan 50000 sh.b. to‘rt marta ko‘payadi, ikkinchi preparatga investitsiya qilingan pullar yo‘qotiladi).

    Agar biz pul joylashtirgan ikkala preparat muvaffaqiyatga erishsa yoki birgalikda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, diversifikatsiya bizning riskimizni kamaytirmaydi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, agar ikki preparat bilan bog‘liq vaziyatda bitta preparat muvaffaqiyatli, ikkinchisi esa muvaffaqiyatsiz bo‘lishi borasida hech qanday imkon bo‘lmasa, u holda biz uchun risk nuqtayi nazaridan 100000 sh.b. summaning barchasini bir preparatga joylashtirish bilan bu summani ikkalasi o‘rtasida teng taqsimlashning hech qanday ahamiyati bo‘lmaydi. Shu tariqa bu holatda ham voqealar rivojidan faqatgina ikkita natija kutiladi – yoki biz 400 ming sh.b. olamiz (muvaffaqiyatli dori ishlab chiqilgan bo‘lsa), yoki joylashtirgan summamizning barchasini yo‘qotamiz (chunki har ikkala preparat ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi). Bunday holda, har bir preparat uchun tijoriy muvaffaqiyat riski bir-biri bilan mutlaq korrelatsiyalanishi haqida so‘z yuritiladi. Diversifikatsiya riskimizni kamaytirishi uchun ushbu ikki risk bir-biri bilan to‘liq korrelatsiyalanmasligi kerak.


    Diversifikatsiya moliyaviy sxemaga xususiyatlariga ko‘ra turlicha aktivlar kiritilishini taqozo etadi. Ular qancha ko‘p bo‘lsa, katta sonlar qonuniyatiga ko‘ra ularning riskni cheklashga birgalikdagi ta’siri shuncha sezilarli bo‘ladi (risklar-og‘ishlarni o‘zaro qoplash hisobiga).


    Firma tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorida diversifikatsiya-langan portfelli yondashuvni qo‘llash daromad olmaslik ehtimolini minimallashtirishga imkon beradi. Misol uchun, bitta aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari o‘rniga besh xil aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini sotib olish bilan investor ulardan o‘rtacha daromad olish ehtimolini besh marta oshiradi va mos ravishda risk darajasini ham besh marta kamaytiradi.


    Biroq biz bu tasdiqni yanada aniq baholashimiz mumkin. , , ….. , - , , ….. , samaradorlik va , , ….. , risklarga



    Yüklə 0,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   151




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin