1.3.4-rasm. Innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar
31
Innovatsion faoliyatni mazmun va mohiyatiga, pirovard olinadigan
natijasiga ko‘ra korxonalar tomonidan olib boriladigan ichki investitsiya
faoliyatining tarkibiy qismi, ya’ni uning bir bo‘lagi deb hisoblash mumkin.
Ichki investitsiya faoliyati innovatsion faoliyatdan tashqari kapital qurilish,
yangi texnika va texnologiyalarni sotib olish, mavjud ishlab chiqarish
quvvatlarini modernizatsiyalash, kengaytirish, rekonstruksiya qilish kabi
ishlarni ham bevosita o‘z ichiga oladi. Demak, ichki investitsion faoliyat
innovatsion faoliyatga nisbatan mazmunan keng tushuncha hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatga sarflangan mablag‘lar jami kapital investitsiyalarini
yangi g‘oya, ishlanmalar, jarayonlar, mahsulot, xizmat turlarini yaratish,
o‘zlashtirish va tatbiq etishga taalluqli bo‘lgan qismidir.
Shunday qilib, innovatsion faoliyat makon va zamonda yuz bergan va
berayotgan, o‘zining moddiy va nomoddiy ko‘rinishdagi hamda pulda
baholanadigan mulk shaklidagi pirovard mahsuliga ega bo‘lgan, bunga
erishish uchun ma’lum sarf-xarajatlarni talab qiladigan xo‘jalik
faoliyatining bir turi hisoblanadi. Aynan shu mazmunda korxonalarning
innovatsion faoliyati ularda yuritilayotgan buxgalteriya hisobi hamda
o‘tkaziladigan audit predmetini tashkil qiluvchi obyektlardan biri
hisoblanadi.
Innovatsion faoliyat subyektlari quyidagilardan iborat:
innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy
shaxslar;
innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi
innovatsion korxonalar;
innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual
mulk egalari, korxonalar loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari,
texnologik jarayonlar, “nou-xau”, kashfiyot va ixtirolar mualliflari,
dizaynerlar;
innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar
hisoblangan banklar, fondlar, koorporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.;
innovatsion jarayonga xizmat ko‘rsatadigan va uning infratuzilmasini
ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik
inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari va h.k.;
32
innovatsion faoliyatni boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga
solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliy o‘zini-o‘zi
boshqarish organlari.
XXI asrda innovatsion loyihalar va yangi g‘oyalarning hayotga keng
tatbiq etilishi jamiyat va insoniyat taraqqiyoti uchun samarali hisoblanadi.
Texnologiya taraqqiyoti asrida ilmiy loyihalarni ishlab chiqarish va
hayotga joriy etish, mamlakat iqtisodiyotining yuksalishida va
yangilanishida
muhim
omil
sanaladi.
Innovatsion
faoliyat
infratuzilmasining rivojlanish darajasi innovatsion siyosatni amalga
oshirishga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biridir.
Xorijiy adabiyotlarda “innovatsion infratuzilma” atamasi yangi yoki
takomillashtirilgan mahsulotni, texnologik jarayonni yaratish, ishlab
chiqarishda o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha xizmatlar
ko‘rsatadigan korxonalar yig‘indisi sifatida ta’riflanadi.
Innovatsion faoliyat infratuzilmasi - innovatsion faoliyat subyektlariga
innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xizmatlar
ko‘rsatuvchi korxonalar jamlanmasidir.
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy tizimlarda innovatsion faoliyatning
samarali tashkil etilishi, uni uzoq muddatli, raqobatdosh rivojlanishining
asosiy shartlaridan biriga aylanib qoladi. Bu esa o‘z navbatida innovatsion
faoliyat sohasidagi yig‘ilgan jahon tajribasini milliy xususiyatlarga
moslashtirgan holda iqtisodiyotimizda foydalanish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
|