O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

Takrorlash uchun savollar 
1.Innovatsiyalarni amalga oshirishda tanlovning ahamiyati nimada.
2. Innovatsion faoliyatning bugungi infratuzilmasini tushuntiring. 
3. Iqtisodiyotning tarmoq korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha 
qanday davlat dasturlari ishlab chiqilgan. 
Mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar 
1.
Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 
2014 by Pearson Education, Inc.p.154. 
2.
Christine G. Mark R. Innovation, intellectual property, and 
economic growth, 2014 by Pearson Education, Inc.p.385. 
3.
Salixov S.A. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. T.: TDIU, 
2013 y. 
4.
Atkinson, Robert D. Innovation economics : the race for global 
advantage Robert D. Atkinson and Stephen J. Ezell. USA: Yale University 
Press, 2012. 
5.
 
https://www.youtube.com/watch?v=vWM08DzTuhY
Innovation 
Economics: The Race for Global Advantage. 


34 
2-BOB. INNOVATSION IQTISODIYOTNI 
RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR 
 
2.1.Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish omillari 
Xizmatlar sohasidagi mahsulotlar bo‘yicha innovatsiyalar o‘z ichiga 
quyidagi jarayonlarni olib, prinsipial jihatdan yangi xizmatlarni ishlab 
chiqish va joriy etish, mavjud xizmatlarga yangi funksiyalar va 
xususiyatlar qo‘shish orqali uni takomillashtirish, xizmatlar bilan 
ta’minlashda (masalan, ularning samaradorligi va tezligi nuqtai-nazaridan) 
sezilarli darajada yaxshilanishlarni kiritish mumkin. 
Xizmatlar sohasidagi jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar xizmatlarni 
ishlab chiqarish va taqdim etishning yangi yoki sezilarli darajada 
takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqish va joriy etishni o‘z ichiga 
oladi
6

Innovatsion faoliyatda agar ular yangi yoki sezilarli yaxshilangan 
xizmatlarni, ularni ishlab chiqarish va yetkazib berish usullarini joriy 
etishga bevosita bog‘liq bo‘lmasa, bular texnologik innovatsiyalar 
hisoblanmaydi. Tashkiliy va boshqarish bo‘yicha o‘zgartirishlar 
(boshqarishning ilg‘or usullariga o‘tish, jiddiy o‘zgartirilgan tashkiliy 
tuzilishni joriy etish, korxonaning iqtisodiy strategiyasida yangi yoki 
sezilarli o‘zgartirilgan yo‘nalishlarni amalga oshirish) hamda sifat 
standartlarini joriy etish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Shu sohada faoliyat yuritayotgan ekspertlarning hisoblashicha, 
korxonalarni yangi mahalliy va xorijiy texnologiyalarni joriy qilishga 
rag‘batlantiruvchi, asosiysi buning uchun imkoniyat taqdim etuvchi 
tashkiliy va institutsional muhit yaratish birlamchi ahamiyat kasb etadi
deb hisoblashadi. Innovatsion bozorda faqat hukumatgina innovatsiyalar 
ruhini uyg‘otishi mumkin degan yolg‘on tasavvur vujudga kelishi 
mumkin. Faqat uning strategik muammosi kuchli iroda, real foyda va 
resurslar bilan ta’minlangan holda tadbirkorlikning rivojlanishida yangi 
bosqichni boshlab berishi mumkin.
6
Салихов С.А. Инновацион фаолиятни бошқариш. Дарслик. – Т.: ТДИУ, 2013. 29б. 


35 
Demak, davlatning iqtisodiy siyosatida top-down va bottom-up 
yondashuvlari imkoniyatlarini birlashtiruvchi kompleksli innovatsion 
siyosat zarur bo‘ladi. Mahalliy kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari 
va oliy o‘quv yurtlari bu faoliyat jarayonlarida faollikni oshirishi lozim. 
“Sanoat evolyusiyasi asosan innovatsiyalar va bozor strukturasi 
dinamikasi orqali tanlov mexanizmiga bog‘liqdir. Bu yerda yangi 
texnologiyalar va firmalarning kirish va chiqishi muhim ahamiyat kasb 
etadi”. 
Umumiy jihatdan innovatsion jarayon bu voqea-hodisalarning ketma-
ketlikdagi zanjiri bo‘lib, uning davomida yangilik oddiy bir g‘oyadan 
muayyan mahsulot, texnologiya yoki xizmatgacha “pishib etadi”
7
va 
xo‘jalik amaliyotida tarqaladi. 
Bu jarayonni quyidagi sxema ko‘rinishida aks ettirish mumkin:
Ft ↔ At ↔ I ↔ L ↔ Q ↔ O‘ ↔ Si ↔ M ↔ S; 
bu yerda:
Ft - fundamental tadqiqotlar
At - amaliy tadqiqotlar; 
I - ishlanmalar; 
L - loyihalashtirish; 
Q - qurilish; 
O‘ - o‘zlashtirish; 
Si - sanoat ishlab chiqarishi; 
M - marketing; 
S - sotuv. 
Iqtisodiyotda har qanday tizimning innovatsion faoliyati uning 
rentabelligini yuqori suratlarda amalga oshishini va raqobatbardoshliligini 
ta’minlovchi asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, 
innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar innovatsiya hayotiy 
sikli bo‘yicha turli xil vazifalarni bajaradilar. Innovatsion faoliyat 
jarayonni o‘zi ham 5 ta bosqichdan tashkil topadi (2.1.1-rasm):
Bugungi kunda eng keng tarqalgan variantda tadqiqot va texnik 
bosqich vazifalari ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan 
7
Салихов С.А. Инновацион фаолиятни бошқариш. Дарслик. – Т.: ТДИУ, 2013. 34-б. 


36 
korxonalar tomonidan amalga oshirilsa, ishlab chiqarish korxonalari 
innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish vazifalarini bajaradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin