30
innovatsion salohiyatidan foydalanishga qaratilgan barcha innovatsion
infratuzilmalarni o‘z ichiga olishi lozim.
Ushbu maqsadlarda qonunchiliklarga muvofiq holda respublikada
hududiy ilmiy-innovatsion tizimining Muvofiqlashtiruvchi
Kengashini
tashkil etish lozim.Ushbu Kengash ilmiy-texnik ishlanmalarni innovatsion
loyihaga o‘tishdan boshlab ularning ishlab chiqarishda o‘zlashtirish, kichik
innovatsion tadbirkorlikni (texnoparklar, biznes-inkubatorlar, innovatsion-
texnik markazlarni) qo‘llab-quvvatlashga asosiy innovatsion faoliyat
bosqichlarini amalga oshirish uchun zaruriy sharoitlarni ta’minlab beradi.
Innovatsion faoliyatni faollashtirish barcha subyektlar harakatlarini
davlat
tomonidan boshqarish, manfaatdor tuzilmalarning innovatsion
jarayonlarning rivojlanishiga hamda fan-texnika yutuqlarining mintaqa
iqtisodiyotiga joriy etishga ko‘maklashuvchi
innovatsion loyihalarni
amalga oshirish sharoitlarini yaratish uchun innovatsion klasterlarni
shakllantirishni talab etadi.
Innovatsion faoliyatning pirovard natijasi bo‘lib innovatsion mahsulot
(texnologiya) hisoblanadi. Innovatsion mahsuloti (texnologiyasi) o‘zining
hajmi bilan farqlanadi, u yangi texnologiyani joriy etilishi evaziga korxona
ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘sishini ifodalovchi ko‘rsatkichlarda o‘z
aksini topadi.
Innovatsion faoliyat o‘z ichiga ma’lum bosqichli jarayonlarni oladi.
Ushbu bosqichli jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni quyidagicha ifodalash
mumkin (1.3.4-rasm).
Dostları ilə paylaş: