34
2-BOB. INNOVATSION IQTISODIYOTNI
RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
2.1.Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish omillari
Xizmatlar sohasidagi mahsulotlar bo‘yicha innovatsiyalar o‘z ichiga
quyidagi jarayonlarni olib, prinsipial jihatdan
yangi xizmatlarni ishlab
chiqish va
joriy etish, mavjud xizmatlarga yangi funksiyalar va
xususiyatlar qo‘shish orqali uni takomillashtirish, xizmatlar bilan
ta’minlashda (masalan, ularning samaradorligi va tezligi nuqtai-nazaridan)
sezilarli darajada yaxshilanishlarni kiritish mumkin.
Xizmatlar sohasidagi jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar xizmatlarni
ishlab chiqarish va taqdim etishning yangi
yoki sezilarli darajada
takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqish va joriy etishni o‘z ichiga
oladi
6
.
Innovatsion faoliyatda agar ular yangi yoki sezilarli yaxshilangan
xizmatlarni, ularni ishlab chiqarish va yetkazib berish usullarini joriy
etishga bevosita bog‘liq bo‘lmasa, bular texnologik innovatsiyalar
hisoblanmaydi. Tashkiliy va boshqarish bo‘yicha o‘zgartirishlar
(boshqarishning ilg‘or usullariga o‘tish, jiddiy o‘zgartirilgan tashkiliy
tuzilishni joriy etish, korxonaning iqtisodiy strategiyasida yangi yoki
sezilarli o‘zgartirilgan yo‘nalishlarni amalga oshirish) hamda sifat
standartlarini joriy etish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Shu sohada faoliyat yuritayotgan ekspertlarning hisoblashicha,
korxonalarni yangi mahalliy va xorijiy texnologiyalarni joriy qilishga
rag‘batlantiruvchi, asosiysi buning uchun imkoniyat taqdim etuvchi
tashkiliy va institutsional muhit yaratish birlamchi
ahamiyat kasb etadi
deb hisoblashadi. Innovatsion bozorda faqat hukumatgina innovatsiyalar
ruhini uyg‘otishi mumkin degan yolg‘on tasavvur vujudga kelishi
mumkin. Faqat uning strategik muammosi kuchli iroda, real foyda va
resurslar bilan ta’minlangan holda tadbirkorlikning rivojlanishida yangi
bosqichni boshlab berishi mumkin.
6
Салихов С.А. Инновацион фаолиятни бошқариш. Дарслик. – Т.: ТДИУ, 2013. 29б.
35
Demak, davlatning iqtisodiy siyosatida
top-down va bottom-up
yondashuvlari imkoniyatlarini birlashtiruvchi kompleksli innovatsion
siyosat zarur bo‘ladi. Mahalliy kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari
va oliy o‘quv yurtlari bu faoliyat jarayonlarida faollikni oshirishi lozim.
“Sanoat evolyusiyasi asosan innovatsiyalar va bozor strukturasi
dinamikasi orqali tanlov mexanizmiga bog‘liqdir. Bu yerda yangi
texnologiyalar va firmalarning kirish va chiqishi muhim ahamiyat kasb
etadi”.
Umumiy jihatdan innovatsion jarayon bu voqea-hodisalarning ketma-
ketlikdagi zanjiri bo‘lib, uning davomida yangilik oddiy bir g‘oyadan
muayyan mahsulot, texnologiya yoki xizmatgacha “pishib etadi”
7
va
xo‘jalik amaliyotida tarqaladi.
Bu jarayonni quyidagi sxema ko‘rinishida aks ettirish mumkin:
Ft ↔ At ↔ I ↔ L ↔ Q ↔ O‘ ↔ Si ↔ M ↔ S;
bu yerda:
Ft - fundamental
tadqiqotlar;
At - amaliy tadqiqotlar;
I - ishlanmalar;
L - loyihalashtirish;
Q - qurilish;
O‘ - o‘zlashtirish;
Si - sanoat ishlab chiqarishi;
M - marketing;
S - sotuv.
Iqtisodiyotda har qanday tizimning innovatsion faoliyati uning
rentabelligini yuqori suratlarda amalga oshishini va raqobatbardoshliligini
ta’minlovchi asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ta’kidlash joizki,
innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar innovatsiya hayotiy
sikli bo‘yicha turli xil vazifalarni bajaradilar. Innovatsion faoliyat
jarayonni o‘zi ham 5 ta bosqichdan tashkil topadi (2.1.1-rasm):
Bugungi kunda eng keng tarqalgan variantda
tadqiqot va texnik
bosqich vazifalari ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan
7
Салихов С.А. Инновацион фаолиятни бошқариш. Дарслик. – Т.: ТДИУ, 2013. 34-б.
36
korxonalar tomonidan amalga oshirilsa, ishlab chiqarish korxonalari
innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish vazifalarini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: