78
mamlakatlar rivojlanish borasida ancha ilgarib ketgan. Bu mamlakatlar
ichki iqtisodiy, siyosiy va xalqaro munosabatlar yangicha tizimini
shakllantirib, odamlar hayot tarzini yanada yuqori darajaga yetkazib oldi.
Ushbu ijtimoiy tizimga AQSH va G‘arbiy
Yevropaning bir qator
mamlakatlari, sharqda esa Yaponiya misol bo‘la oladi.
Fan-texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan foydalana
olmagan mamlakatlar vujudga kelgan sharoitlarga moslasha olmay
rivojlanish yo‘lida ancha ortda qolib ketmoqda. Bunday tendensiyalar
oldindan mavjud. Bu tendensiya yanada kuchayib, uning ta’siri ostida
iqtisodiyoti rivojlanmagan mamlakatlar faol xalqaro
iqtisodiy va siyosiy
munosabatlar doriasidan chetga chiqib qolmoqda. Bu mamlakatlar global
xarakterga ega bo‘lib, o‘ta murakkablashgan munosabatlar tizimida teng
huquqli hamkor bo‘la olmaydilar.
Hududiy innovatsion xizmatlar bozorining rivojlanish darajasi va
mufaqqiyatli faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan zarur infratuzilmaning
yaratilganligi
bilan
bog‘liq.
Innovatsion
xizmatlar
bozorining
infratuzilmasi degandainnovatsiya mahsulotlari
va xizmatlar bozorini
to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlaydigan subyektlar, resurslar va
maslahat xizmatlar majmuasini tushunish mumkin. Innovatsion xizmatlar
bozorining infratuzilmasini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin (2.3.3-rasm).
Dostları ilə paylaş: