O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

 
 
Takrorlash uchun savollar 
 
1.Texnologiyalar transferi to‘g‘risida tushuncha bering? 
2.Texnologiyalar transferi markazining asosiy vazifalari nimadan 
iborat?
3. Texnologik konsorsiumlarning qanday turlari bor? 
4. Texnologiyalar konsorsiumining innovatsiyalarga ta’siri qanday?
5. Texnologik innovatsiyalar va ularning turlarini sanab bering? 
6. Jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalarni izohlab bering? 
7. Texnologik jihatdan takomillashtirilgan mahsulot deb nimaga 
aytiladi? 
 
Mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar 
1.
Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 
2014 by Pearson Education, Inc.p.154. 
2.
Christine G. Mark R. Innovation, intellectual property, and 
economic growth, 2014 by Pearson Education, Inc.p.385. 
3.
Salixov S.A. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. T.:TDIU, 
2013 y. 
4.
 
https://www.youtube.com/watch?v=adpK1VyQpN4Dr
. Clayton 
Christensen | Globalization of Higher Education. 
5.
 
https://www.youtube.com/watch?v=MpEmjwrOuxI
Clay 
Christensen: Principles of Innovation & Measuring Success


83 
3-BOB. IQTISODIYOTDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR 
VA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH 
3.1.Innovatsiyalarning sohalar bo‘yicha turlari 
 
Bugungi kunda nafaqat innovatsion loyihalar, balki innovatsion 
dasturlarni mamlakatimiz hayotida amalga oshirish muhim masalalardan 
biridir. Bu borada 2017-2021- yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar 
strategiyasida” ham ijtimoiy va infratuzilma dasturlarini amalga oshirish 
belgilangan. Bu dasturda transport va savdo xizmatini yaxshilash, ichimlik 
suv ta’minoti, yo‘llarni tuzatish va boshqa tadbirlar amalga oshirilishida 
innovatsiyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. 
Marketing innovatsiyalari deganda yangi yoki sezilarli yaxshilangan 
marketing uslublarini joriy etish tushuniladi. Bular o‘z ichiga 
mahsulotlarning dizayni va qadoqlanishida jiddiy o‘zgartirishlarni, 
mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo‘yicha, shuningdek ularni bozorlarga 
tanitish va olg‘a siljitish bo‘yicha yangi uslublardan foydalanish, yangi 
narx strategiyalarini shakllantirishni oladi. Bu o‘zgartirishlar mahsulot 
iste’molchilarining ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga, sotish hajmini 
ko‘paytirish maqsadida mahsulotlar va xizmatlar iste’molchilarining 
tarkibini kengaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Mahsulot dizaynidagi 
o‘zgartirishlar yangi marketing konsepsiyasining bir qismi bo‘lib, ular 
mahsulotning shakli va tashqi ko‘rinishidagi o‘zgartirishlarni o‘z ichiga 
oladi. Bular mahsulotning funksional va foydalanish xususiyalariga ta’sir 
ko‘rsatmaydi. Shuningdek, bunday o‘zgartirishlarga qadoqlanishi tashqi 
ko‘rinishini ta’riflab beruvchi iste’mol mahsulotlari, ichimliklar, yuvish 
vositalari kabi mahsulotlarning qadog‘idagi o‘zgartirishlar ham kiradi. 
Mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo‘yicha yangi uslublardan 
foydalanish sotishni kengaytirish bilan bog‘liqdir. Bunga logistika 
(xomashyo, tarkibiy qismlar va tayyor mahsulotlarni tashish va 
omborxonalarda saqlashni boshqarish) uslublari kirmaydi. Mahsulot 
(xizmat)larni bozorga tanitish va olib chiqishning yangi uslublaridan 
foydalanish korxonaning mahsulot va xizmatlarini olib chiqish uchun 
yangi konsepsiyalardan foydalanishni anglatadi. 


84 
Mamlakatimizda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanish yoki 
iqtisodiyot sohasida innovatsion ishlarni amalda qo‘llash va boshqa 
innovatsion tarmoqqa aloqador ishlarni amalga oshirishda me’yoriy-
huquqiy hujjatlar mavjud. Ular quyidagilar: 
O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi ; 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatasining qarorlari; 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasinig qarorlari va 
farmoyishlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. 
Mamlakatimiz Prezidentining 2018- yil 7- maydagi “Iqtisodiyot 
tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini 
takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-sonli 
qarori 
katta 
imkoniyatlar 
yaratib 
berganligi 
va 
iqtisodiyotni 
rivojlantirishda ilim-fan bilan integratsiyasi ahamiyatli ekaligi jahondagi 
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidan ham bizga ma’lum. 
Mamlakatda 
qisqa 
muddatda 
innovatsiyaga 
yo‘naltirilgan 
iqtisodiyotni shakillantirishga va innovatsiyalarni keng joriy etish uchun 
shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 
Respublikamizni innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida 
yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning 
huzurida Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armasi shakillantirilganligi maskur yo‘nalishdagi muhim 
bosqichlardan biri bo‘ldi. 
Hozirda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishda bir qancha 
imkoniyatlar yaratilmoqda hamda innovatsion faoliyatga oid hujjatlar 
qabul qilingan (3.1.1-jadval). 
Shu bilan birgailmiy-tadqiqotlar bilan ishlab chiqarish tarmoqlari 
o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini yo‘lga 
qo‘yishga, aloqalarni mustahkamlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator 
muammolar saqlanib kelmoqda: 


85 
oddiy ta’lim muassasalari ilmiy ishlari va ilmiy-tadqiqot korxonalari 
tadqiqotlarining natijalarini tijoratlashtirish ko‘rsatkichlarining pastligi 
hamda qoniqarsizligi; 
3.1.1-jadval

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin