89
Innovatsion imkoniyat yoki quvvat obyekt innovatsion taraqqiyotining
oxirgi chegarasidir. Davlatning innovatsion imkoniyatini uch xil usul bilan
aniqlash mumkin:
hududiy (hudud innovatsion imkoniyatining o‘rtacha solishtirma
ko‘rsatkichi);
tarkibiy (xo‘jalik yuritish tarmog‘ining
innovatsion imkoniyatini
o‘rtacha solishtirma ko‘rsatkichi);
ijtimoiy (xalq innovatsion imkoniyatining o‘rtacha solishtirma
ko‘rsatkichi).
Jati Senguptaning innovatsion modellar klassfikatsiyasi quyidagicha:
1.
Raqobatdosh innovatsion modellar
2.
Texnik innovatsiyalar
va diffuzion modellar
3.
Kurno-Nashning ortiqchalik samarasi dinamik modeli
4.
Talabga oid innovatsion modeli.
Innovatsion faoliyat statistik hamda dinamik holatda ham ko‘rib
chiqilishi mumkin. Agar statistikada yangilik kiritish bu yangiliklarni
tijoratlashtirishning yakuniy natijasi bo‘lsa,
dinamikada yangiliklarni
yaratish, o‘zlashtirish vatarqatish murakkab jarayoni hisoblanadi.
Innovatsion jarayonning mohiyati shunda namoyon bo‘ladiki, u
innovatsiyalar tashabbusi bilan chiqish, yangi mahsulot va operatsiyalar
ishlab chiqish, ularni bozorda sotish va diffuziyalash bo‘yicha
maqsadli
yo‘naltirilgan harakatlar zanjirini ifodalaydi.
Yangi mahsulot (jarayon) asoslab berilgach, taklif etilayotgan
innovatsiyaning marketing tadqiqotlari o‘tkaziladi. Marketing tadqiqotlari
davomida yangi mahsulot yoki jarayonga talab o‘rganiladi,
agar ular
limitlanadigan bo‘lsa ularni chiqarish hajmi yoki soni belgilanadi,
innovatsion bozorga kirib borayotgan tovarlarning tovar tavsifnomalari va
iste’mol xususiyatlari aniqlanadi. So‘ngra innovatsiyani sotish, ya’ni
bozorda innovatsiyaning kichik partiyasi paydo bo‘lishi, uni ilgari surish,
samaradorligini baholash va diffuziyalash amalga oshiriladi.
Quyidagi jadvalda innovatsion faoliyatga ta’sir
etuvchi omillar tizimi
ko‘rsatilgan (3.1.2-jadval).