Asosiy texnologik jarayon va qurilmaiar" faniga kirish
R E J A:
1.1. “Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni. «Jarayonlar va qurilmalar»
fanining kelib chiqishi va rivojlanishi.
Asosiy jarayon turlari.
1.1.
Jarayonlar va qurilmalar fanining mazmuni. «Jarayonlar va qurilmalar»
fanining kelib chiqishi va rivojlanishi
Kimyoviy texnologiya fanining asosiy maqsadi – tabiiy va sun'iy xom
ashyolarning eng tejamli va ekologik jihatdan toza kimyo usullari yordamida qayta
ishlab, kerakli materiallar hamda mahsulotlar olishdan iborat.
Kimyo sanoati korxonalarida turli texnologik jarayonlar amalga oshiriladi.
Bu jarayonlar davomida xom ashyo va materiallarning ichki tuzilishi, tarkibi,
agregat holatlari o'zgaradi. Kimyoviy texnologik jarayonlar kimyoviy reaksiyalar
va turli fizik – kimyoviy jarayonlardan iborat; ya'ni suyuqlik va qattiq materiallarni
uzatish, qattiq moddalarni maydalash va
saralash,
gazlarni siqish va uzatish,
moddalarni isitish va sovitish, suyuqliklarni aralashtirish, har xil jinsli
aralashmalarni ajratish, eritmalarni bug'latish, ho'l
materiallarni quritish va
boshqalar. Bu texnologik jarayonlar turli ishlab chiqarishlarda ishlash prinsiplari
bir xil bo'lgan mashina va qurilmalarda olib boriladi.
Kimyo texnologiyasining turli tarmoqlari uchun umumiy bo'lgan jarayon va
qurilmalar asosiy jarayonlar va qurilmalar deb yuritiladi.
«Jarayonlar va qurilmalar» kursida asosiy jarayonlarning nazariyasi, ushbu
jarayonlar amalga oshiriladigan mashina va qurilmalarning tuzilish prisiplari va
ularni hisoblash uslublari o'rganiladi.
Kimyo sanoati XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida paydo bo'ldi va
xalq xo'jaligining muhim tarmog'iga aylandi. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining
kelib chiqishi kimyo sanoatining rivojlanishi bilan bog'liq.
Yangi kimyo ishlab chiqarishlarini ilmiy asosda tuzib chiqishda, yuqori
unumli
qurilmalar yaratishda, texnologiya jarayonlarini jadallashtirishda
«jarayonlar va qurilmalar» fanining ahamiyati juda katta.
O'zbekistonda «Jarayonlar va qurilmalar» fanining rivojlanishida Toshkent
kimyo–texnologiya instituti qoshidagi «Kimyoviy texnologiya jarayonlari va
qurilmalari» kafedrasining hissasi katta. Bu kafedra 1940 yilda tashkil etilgan
bo'lib, kafedra xodimlari
tomonidan changlarni tozalash, pnevmotransport,
absorblash, adsorblash, ekstraksiyalash va quritish jarayonlarini turli usullar bilan
jadallashtirishning
(pulsasion
va
vibrasion
tebranishlar,
o'zgaruvchan
elektromagnit maydoni, harakatchan nasadkalar,
mavhum qaynash holati, qattiq
faza qatlamining geometrik shaklini o'zgartirish yordamida) nazariy va amaliy
asoslari yaratildi, sochiluvchan qattiq moddalarning gidromexanik, issiqlik –
fizikaviy va
diffuzion xossalari aniqlandi, yuqori samarali qurilmalar kashf etildi.
Kimyo sanoatida turli–tuman texnologiya jarayonlari ishlatiladi. Ayrim
xususiyatlariga qarab bunday jarayonlar bir necha sinflarga bo'linadi.
1.2. Asosiy jarayon turlari
Asosiy jarayonlar texnologik jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchiga qarab
6 guruhga bo'linadi:
1.
Mexanik jarayonlar;
2.
Gidromexanik jarayonlar;
3.
Issiqlik almashinish jarayonlari;
4.
Modda almashinish jarayonlari;
5.
Kimyoviy jarayonlar;
6. Sovutish jarayonlari.
Mexanik jarayonlar qattiq materiallarni mexanik kuch ta'sirida qayta ishlash
bilan bog'liq. Bunday jarayonlarga maydalash, saralash, uzatish, aralashtirish
kabilar kiradi. Bu jarayonlarning tezligi qattiq jismlarning mexanik qonuniyatlari
bilan ifodalanadi. Bunda harakatlantiruvchi kuch vazifasini mexanik bosim kuchi
va markazdan qochma kuch bajaradi.
Suyuq va gazsimon sistemalardagi harakat (aralashtirish, filtrlash,
cho'ktirish) bilan bog'liq jarayonlar gidromexanik jarayonlarni tashkil etadi.
Bunday jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari bilan aniqlanadi.
Gidromexanik jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchi–gidrostatik va
gidrodinamik bosim kuchidir.
Issiqlik almashinish jarayoni–haroratlar farqi mavjud bo'lganda bir (harorati
yuqori) jismdan ikkinchi (harorati past) jismga issiqlikning o'tishidir. Bu guruhga
isitish, sovutish, bug'latish, kondenslash, suniy sovuq hosil qilish jarayonlari kiradi.
Jarayonning tezligi gidrodinamik rejimga bog'liq holda, issiqlik
uzatish qonunlari
bilan ifodalanadi. Issiqlik jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi sifatida issiq va
sovuq muhitlar o'rtasidagi haroratlar farqi ishlatiladi.
Modda almashinish jarayonlari-bir yoki bir necha komponentlarning bir
fazadan fazalarni ajratuvchi yuza orqali ikkinchi fazaga o'tishdir. Komponentlar bir
fazadan ikkinchi fazaga molekulyar va turbulent diffuziyalar yordamida o'tadi. Shu
sababli bu jarayonlar diffuzion jarayonlar deyiladi. Bu guruhga absorblash,
adsorblash, suyuqliklarni haydash, ekstraksiyalash, kristallash, quritish jarayonlari
kiradi. Jarayonlarning tezligi fazalarning gidrodinamik harakatiga bog'liq bo'lib,
modda
o'tkazish
qonuniyatlari
bilan
ifodalanadi.
Modda
almashinish
jarayonlarinng harakatlantiruvchi kuchi fazalardagi konsentrasiyalarning farqi
bilan belgilanadi.
Kimyoviy jarayonlar moddalarning o'zaro ta'siri natijasida yangi
birikmalarning hosil bo'lishidir. Kimyoviy reaksiyalarda
issiqlik va modda
almashinish jarayonlari ham sodir bo'ladi. Bu guruhdagi jarayonlarning tezligi
kimyoviy
kinetika
qonuniyatlari
bilan
ifodalanadi.
Reaksiyalar
tezligi
moddalarning
gidromexanik
harakatiga,
kimyoviy
jarayonlarning
harakatlantiruvchi
kuchi
esa
reaksiyaga
kirishayotgan
moddalarning
konsentrasiyasiga bog'liq bo'ladi.
Jarayonlar vaqt davomida parametrlarning o'zgarishiga qarab turg'un va
turg'unmas bo'ladi. Tezlik va konsentrasiya, harorat kabi parametrlar vaqt