O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

 
 
10
www.lex.uz
 veb sayti ma’lumotlari asosida mualllif tomonidan yaratildi. 


86 
innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish, hududlar va tarmoqlar 
darajasida innovatsion rivojlanish va innovatsion faollik kompleksa 
dasturlarini amalga oshirish, innovatsion faol tadbirkorlik subyektlarini 
qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini mavjud emasligi; 
xususiy sektor vakillarini innovatsion faoliyatiga, jumladan ularning 
manfaatdorligi pastligi sababli yetarli darajada jalb qilinmasligi; 
davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlarni taqsimlash va 
ulardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ta’sirchan 
chora-tadbirlarining mavjud emasligi; 
ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy qilish sohasida xalqaro 
hamkorlik va investitsiyalar jalb etish darajasining qoniqarsizligi kabi 
omillar sabab bo‘lmoqda. 
Innovatsiya 
faoliyatini 
davlat 
tomonidan 
tartibga 
solish 
mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va 
sohalariga innovatsiyalarni yanada samarali joriy etish uchun shart-
sharoitlarni yaratishda: 
-
oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamg‘armalar va 
ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalar 
tashkil etish; 
-
ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar hamda ilm-fan 
bo‘yicha o‘rinbosarlari innovatsiya faoliyatiga oid masalalar, ilmiy-
innovatsion ishlanmalarni joriy etish va tijoratlashtirish natijalari bo‘yicha 
bevosita O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga 
hisobdordir; 
-
oliy ta’lim muassasalarining innovatsion jamg‘armalarini (keyingi 
o‘rinlarda – innovatsion jamg‘armalar) shakillantirish innovatsion 
mahsulotlarni tijoratlashtirishdan olinadigan daromadlar, oliy ta’lim 
muassasalarining ish haqi, stipendiya to‘lash, boshqa joriy xarajatlari 
to‘langandan keyin to‘lov kontrakti mablag‘larini 5 foizdan kam 
bo‘lmagan miqdorini yo‘naltirish hisobiga amalga oshiriladi. 
Innovatsion jamg‘armalarning mablag‘lari: 
-
ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirishga; 


87 
-
ilmiy labaratoriya uskunalari, sarflash materiallari va butlovchi 
buyumlar sotib olishga
-
ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini shakillantirish va yangilashga, 
ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga; 
-
innovatsiya faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni amalga 
oshirishga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilsin. 
Quyidagilar 
oliy 
ta’lim 
muassasalarini 
ilmiy-innovatsion 
ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalarining asosiy vazifalari 
va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi: 
-
bozorni tizimli ravishda tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ish, 
xizmat)larga bo‘lgan talabni o‘rganish, o‘zini qoplash muddatini, 
rentabellik va innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq 
xatarlarni baholash
-
yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor 
bo‘lgan, o‘zlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni tanlab olish; 
-
innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, 
sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish; 
-
yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulotlarni 
ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik 
qilish; 
-
oliy ta’lim muassasalarining ilmiy innovatsion ishlanmalarni 
tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linamalari faoliyati innovatsion jamg‘armalar 
mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar 
hisobidan moliyalashtiriladi. 
Innovatsiyalarni joriy qilishning eng optimal darajalarini e’tiborga 
olgan holda innovatsion faoliyatga quyidagicha ta’rif va tavsiflarni berish 
mumkin (3.1.1-rasm). 
Innovatsion faoliyat – bu ishlab chiqarishni, uning moddiy-texnika 
bazasini yangilashga va rivojlantirishga imkon beruvchi yangi g‘oyalar va 
ishlanmalarni yaratish, o‘zlashtirish va tatbiq etishga qaratilgan jarayonlar 
majmuasidir. 


88 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin