Akme tushunchasining mohiyati



Yüklə 19,23 Kb.
tarix11.11.2022
ölçüsü19,23 Kb.
#68597
Akme tushunchasining mohiyati


Akme tushunchasining mohiyati

Oliy ta'lim muassasasida innovatsion faoliyatning sub'ekti o'qituvchi hisoblanadi. Bunda o'qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga ega bo'ladi va o'qituvchining innovatsion faoliyatiga nisbatan yondoshuvlari quyidagicha talqin qilinadi:


• Gumanistik aksiologiya - (aksiologiyaga insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan -bir maqsadi sifatida qaraydi) Innovasion faoliyatga aksilogik yondoshuv insonning o'zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar majmuasini anglatadi.
• Akmeologik yondashuv - akmeologiya (akme) - yunoncha oliy nuqta, o4kir, gullagan yetuk, eng yaxshi davr degan manolarni bildiradi.
• Kreativ yondashuv - (bu termin AQShda XX asrning 60-yillarda paydo bo'ldi) individning yangi tushuncha yaratishi va yangi konikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatilini bildiradi.
• Refleksiv yondashuv - (lotincha reflixio - ortga qaytish) subektning oz (ichki) psixik tuyg'u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.
Endi innovatsion faoliyatdagi akmeologik yondashuvga e'tibor qaratsak. O'qituvchining innovatsion faoliyatiga yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat natijasi sifatida qaraladi.
"Akmeologiya" tushunchasi ("akme" - qadimgi yunon tilidan tarjima qilingan - eng yuqori nuqta, gullash, yetuklik, eng yaxshi vaqt)ni ilmiy atamashunoslikka 1928 yilda N.A.Ribnikov kiritdi, bu yosh davrlari psixologiyasining yetuklik davrini nazarda tutadi [1;15].
Akmeologiyaning predmeti kasbiy yuksalish, mutaxassislarning ijodiy uzoq umr ko'rishiga, shuningdek, kelajakdagi mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirishga, ularning faoliyatini takomillashtirish va tuzatishga yordam beradigan sub'ektiv va ob'ektiv omillardir. Ob'ektiv omillar olingan ta'lim sifatini o'z ichiga oladi. Subyektiv omillarga insonning mahorati va qobiliyati, uning mas'uliyati, kompetensiyasi, muammolarni samarali hal qilish ko'nikmasi kiradi. Kasbiy yuksaklikka erishishning eng muhim omillari: iste'dod, qobiliyat, talant, oilaviy tarbiya sharoitlari, ta'lim muassasalari va o'zining faolligidir.
Akmeologiyaning inson haqidagi mavjud fanlarga nisbatan ustunligi shundaki, u insonning butun hayot va professional yo'lini o'rganadi. Shu bilan birga, akmeologiya kasbiy faoliyatni takomillashtirish va tuzatish muammolarini o'rganadi. Akmeologiya insonning professionallik cho'qqilariga o'zi erishadi degan qarashni nazarda tutadi.
Bu borada Xatima Shayxova: «Akmeologiya — zamonaviy yangi fan. Uning muhim vazifasi muayyan kasb-korlikning yuksak pog'onaga ko'tarilishidagi turli jihatlarini o'rganishdir. Akmeologiyaning mazmun-mohiyati — insonning har bir kasb-hunarni bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta'sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o'z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas'uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishni o'rganishdan iborat» [4;115], deydi.
Akmeologiyada quyidagi kategoriyalarga e'tibor qaratiladi: ijodiy individuallik, o'z-o'zini rivojlantirish va takomillashtirish, o'z-o'zini anglash, o'z imkoniyatlarini amalga oshirish
Akmeologiyaning ushbu tushunchalari innovatsion pedagogikaning asosiy negizini tashkil etadi.
Ijodiy individuallik professionallikning eng yuqori xususiyati sifatida namoyon bo'ladi. U o'z ichiga olgan shaxsiy kategoriyalar:
• intellektual va ijodiy tashabbus;
• intellektual qobiliyat, bilimlarning kengligi va chuqurligi;
• qarama-qarshiliklarga tayyorlik, ijodiy ikkilanishlarga moyillik, ichki yaratuvchilik kurashni ozida sinash qobiliyati;
• axborotlarga tashnalik, proffessionalizm, bilimga chanqoqlik
V.A. Slastenin ijodiy individualizmni ro'yobga chiqarishning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilaydi:
• ijtimoiy mohiyat kasb etgan madaniyatni boyitish;
• pedagogik jarayon va shaxs bilimlarini yangilab turish;
• samarali va ahamiyatli meyorlarni belgilaydigan yangi texnologiyalarni topish;
• shaxsning o'z taqdirini o'zi belgilash va o'zini o'zi namoyon qila olishi asosida o'z rivojlanishini ta'minlash. [2;57]
Shu tariqa o'qituvchining ijodiy individualligini shakllantirish shaxs rivojlanishi va yangilanishining dinamik innovatsion jarayoni sifatida tushuniladi.
O'qituvchining ijodiy shaxsiyatini shakllantirish-bu shaxsni o'zgartirish va o'z-o'zini rivojlantirishning dinamik innovatsion jarayonidir. Ijodiy shaxsiyatning asosi-bu o'z-o'zini anglashning samarali usuli:
- o'zini boshqalar bilan taqqoslaganda betakrorligini anglash;
- o'zi haqida ijodiy namoyishlar va g'oyalar to'plami;
- yaxlitlik va uyg'unlik, shaxsiy ijodiy xususiyatlarning ichki birligi;
- shaxsning o'z-o'zini rivojlantirish jarayonining dinamikasi va uzluksizligi va uni yaratguvchi sifatida shakllantirish;
- o'z-o'zini tasdiqlash va o'z kompetentligini bilish;
- yaratuvchining o'zini o'zi anglashi, shaxsiy va ijtimoiy jihatdan o'z ahamiyatini anglash.
Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o'qituvchining kasbiy mahorati cho'qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi.
Innovatsion faoliyatda o'qituvchida yangilikka, (risk) tavakkalga, yanada samarali ish usullarini izlashga ehtiyoj ortadi. Innovatsion faoliyatning mohiyatini tahlil qilishning akmeologik yondashuvi o'qituvchining gullab-yashnashi davrida shaxsiyatini rivojlantirishga, individual va ijodiy tamoyillarni o'zaro bog'lashga, harakatlarning aks ettiruvchi bajarilishini rag'batlantirishga imkon beradi.
V.A.Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassisning uzoq ijodiy umr ko'rishiga olib keladigan sub'ektiv va ob'ektiv omillarini asoslab berdi. Ob'ektiv omillarga olingan ta'limning sifatini, sub'ektiv omillari esa insonning iste'dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila olishidagi mas'uliyati, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi.
Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko'rsatiladi:
• iste'dod nishonalari;
• uquvlilik;
qobiliyat;
• iste'dod;
• oila tarbiyasi sharoiti;
• o'quv yurti;
• o'z xatti-harakati. [2;67]
Bugungi kunga kelib, fan va texnologiyalar rivojlanish cho'qqisiga chiqqan bir vaqtda «barkamol avlod», «akmeshaxs» kabi yangi tushunchalar ilmiy muomalaga kirib keldi. Buning asosiy sababi — insonning intellektual qobiliyati zamon va makon bilan chambarchas bogjiq bo'tib, fan va texnologiyalar rivojiga qarab mukammallashib boradi va, nihoyat, o 'z «akme»siga erishadi.
Akmeologiyaning eng muhim jihati — yuksak kasb-korlikning ijodiy pog'onaga ko'tarilishidagi turti jihatlarini o 'rganuvchi inson muammolari bilan shug'ullanuvchi insonshunoslikdan ajrab chiqqan muhim zamonaviy tarmoq bo'lib, insonning kasb-hunarni bilim va tafakkur orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta'sirini kuchaytirishga xizmat qilishini anglashi, o'z ijodiy faotiyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas'uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishi jihatlarini fanlar bilan uyg'unlikda o 'rganishdan iboratdir.
REFERENCES
1. Деркач А.А. Методолого-прикладные основы акмеологических исследований.-М.:1999
2. Сластенин В.А., Подымова Л.С. Педагогика: инновационная деятельность. М.: ИЧП "Издательство Магистр", 1997. - 224c
3. Tillayeva G. Akmeologiya asoslari: o'quv qo'llanma /. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. — T.: «Tafakkur Bo'stoni», 2014. —192 b.
4. Shayxova X.A. Ma'naviyat — kamolot ko'zgusi. — T.: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2009. 115-b.
Yüklə 19,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin