Moliyalashtirish, investitsiyalash va mustaqillik
Agar biz kompaniyalar moliyaviy qarorlar qabul qilishda aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirishga intilishlari kerakligi nuqtayi nazariga qo‘shilsak, biz endi qanday qilib menejerlar, nazariy jihatdan bo‘lsada, ushbu maqsad hisobga olingan holda qaror qabul qilishlari kerakligiga e‘tibor qaratishimiz mumkin. Keling, buni misollar orqali ko‘rib chiqamiz.
Shubhasiz, menejment muammoga duch keldi. Agar ular aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirishga urinib ko‘rsalar, X loyihasida ishtirok to‘g‘risidagi qaror to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu qaror, hech bo‘lmaganda, ikki nafar aksiyador uchun maqbul bo‘lmaydi: miss Iger pullarni hozir olishni, missis Stedi esa - olti oydan kechiktirilmagan muddatda olishni ma‘qul ko‘radi. Albatta, 12000 f.st. 10000 f.st.ga
nisbatan ko‘proq, biroq agar ushbu summani siz istalgan yoki zarur paytda sarflashingiz mumkin bo‘lmasa, bunda 10000 f.st. olishingiz yaxshiroqdir. Chamasi, kompaniyaning har bir aksiyadori ko‘nglidagini topish mumkin emas: bir aksiyador manfaatlarini qondirib, siz boshqa aksiyadorlar manfaatlarini cheklab qo‘yasiz, chunki har bir aksiyador uchun xarajatlar muddati, turli darajada bo‘lsada, ahamiyatga ega bo‘ladi.
misol. X loyiha: loyihaga qo„yish yoki sarflash?
Bir-biridan mustaqil bir necha aksiyadorlar mas‘uliyati cheklangan shakldagi Industries Ltd kompaniyasiga egalik qiladilar. Ulardan uch nafari: miss Iger, mister Peshient va missis Stediga - kompaniya aksiyadorlik kapitalini tashkil etadigan 200 mingta oddiy aksiyaning 20 mingtadan oddiy aksiyalari tegishli. Hozirgi vaqtda Industries Ltd kompaniyasi faqat bitta aktivga, aynan esa, 100 000 f. st. pul summasiga ega. Kompaniya menejmenti ushbu summani aksiyadorlarga dividendlar sifatida to‘lash (yuqorida qayd etilgan uch nafar aksiyadordan har biriga 10 000 f. st.dan, ya‘ni 100 000 f. st.ning 10/1 qismini tashkil etadi) yoki pullarni X loyihasiga investitsiya qilish o‘rtasida ikkilanib turibdi. Ushbu investitsiya loyihasi dastlabki zudlik bilan butun 100 000 f. st. summa qo‘yilishini talab qiladi, yil mobaynida 120 000 f. st. daromad keltiradi, shundan so‘ng yopiladi. Loyiha amalga oshirilgan taqdirda, barcha ishlab topilgan summa keyingi yilda dividendlar sifatida to‘lanadi (miss Iger, mister Peshient va missis Stediga 12 000 f. st.dan). Faraz qilaylik, ayni paytda investorlar uchun muqobil investitsiya loyihalari, shuningdek, boshqa kompaniyalar aksiyalarini xarid qilish variantlari mavjud emas. Bundan tashqari, pullarni qarzga olish yoki berish imkoniyati yo‘q.
Aksiyadorlar o‘rtasida X loyihasi yuzasidan kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi mumkinligini taxmin qilib, kompaniya menejerlari ehtimoliy variantlarni e‘lon qilish uchun aksiyadorlar yig‘ilishini chaqirishga qaror qildilar. Yig‘ilishda quyidagi uchta fikr-mulohaza bildirildi:
Miss Iger fikricha, Industries Ltd kompaniyasi investitsiyalarni amalga oshirmasligi, biroq u zudlik bilan dividendlar to‘lashi kerak, chunki garchi miss Igerning pullarni shu zahoti sarflash niyati bo‘lmasada, biror-bir narsa xarid qilish zarur bo‘ladigan holatda kerakli summaga ega bo‘lishi unga yoqimli bo‘ladi.
U qo‘shimcha 2000 f. st. dividendlar to‘lov muddati kechiktirilishi o‘rnini qoplaydi deb hisoblamaydi.
Mister Peshient so‘zlariga ko‘ra, X loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq, chunki har qanday holatda ham uning keyingi yilgacha dividendlarni sarflash niyati yo‘q va 10 000 f. st. o‘rniga 12 000 f. st.ga ega bo‘lishni afzal biladi, shunda ularni sarflashga qaror qiladi.
Missis Stedi ta‘kidlashicha, u - X loyihasi tarafdori, biroq zudlik bilan dividendlar to‘lanishi uchun ovoz berishni maqsad qilgan, chunki olti oydan keyin uyga yonma-yon kichik uy qurilishiga to‘lash uchun unga pullar kerak.
Kompaniyaning boshqa aksiyadorlari fikrlari ham shunga o‘xshash tarzda taqsimlanishi kutiladi.
Dostları ilə paylaş: |