Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org
Kraudfanding nima? Jahon o‘rgimchak to‘ri tadbirkorning biznes g‘oyasi qiziqtirib qo‘ygan oddiy odamlar orasida startapni moliyalashtirish uchun investorlarni topish imkonini beradi. Kraudfanding maydonchalarida bo‘lg‘usi loyiha “aksiyalari”ni sotib olish taklif qilinib, buning ortida startap-kompaniyadan investor uchun kelgusi mukofot uchun huquq turadi (qarang: Aksiya va obligatsiyalarga investitsiya qilish afzalliklari va kamchiliklari). Agar loyiha betakror mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, “aksiyador”da sovg‘a tariqasida uning nusxasini olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Pullar manfaatdor shaxslar tomonidan, shu jumladan, beg‘araz asosda o‘tkazib beriladi. Kraudfanding - bu, shuningdek, amalga oshirilayotgan loyihaga bo‘lg‘usi maqsadli auditoriya e'tiborini jalb qilish imkoniyati hamdir.
Franshiza. Birinchi variant - franshizadir. Agar
—perpetummobile”ni ixtiro etmasangiz va —biznesdan nusxa ko‘chirish”
yo‘lidan borsangiz - 80% boshlovchilar xuddi shunday qiladi va bu
294
normal biznes sxemasi sanaladi - franshiza variantlarini qidiring. U nima beradi? Franshizani sotib olar ekansiz, siz quyidagi imkoniyatlarni qo‘lga kiritasiz:
qanday sotish kerakligi haqida batafsil ko‘rsatmalar bilan yaxshi tashkil etilgan biznes jarayoni;
allaqachon ilgari surilgan kompaniya nomi (brend);
d) reklamada tejamkorlik - asosiy kompaniyasi baribir reklama uchun mablag‘ sarflaydi va siz unga, umuman olganda, qo‘shimcha savdo kanali sifatida qiziqarlisiz (reklama namunalari, yo‘riqnoma va hokazolar, odatda, taqdim etiladi).
Biznesning aynan franchayzing modelida startap uchun kredit olish juda oson kechadi. Bir tomondan, ayrim banklar franchayzing biznes ostida maxsus kredit dasturlarini taklif qilishadi. Boshqa tomondan, banklar bilan hamkorlikda ayrim franchayzerlarning o‘zi ham tashabbusingizni qisman moliyalashtirish uchun kredit yoki tovar krediti berishga tayyor turadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan ijobiy jihatlar qatoriga franshiza taqdim etuvchi kompaniya siz bilan hech qanday yuridik munosabatda bo‘lmaydi, ya‘ni, yuridik jihatdan biznes sizga rasmiylashtiriladi, lekin savdo belgisi boshqaniki bo‘ladi. —Tanganing orqa tomoni” - franchayz sifatida sizga qo‘yilayotgan talablarga qanchalik mos kela olishingizni baholaysizmi? Eng muhimi, bir oyda sotilishi kerak bo‘lgan minimal savdo hajmi.