to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
3.
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
Masala. Yangi tashkil etilgan korxonaning hisob raqamidan uning kassasiga 5400 ming so‘m
olingan. Shundan 4 600 ming so‘m oyning 2-yarmi uchun ish haqi to‘lashga; 600 ming so‘m
xizmat safari xarajatlariga; 200 ming so‘m xo‘jalik ehtiyojlariga sarflangan. Korxona buxgalteri
tomonidan esa yuqoridagi muomalalar quyidagi buxgalteriya yozuvlari va hujjatlari asosida hisobga
olingan:
T/r
Xo‘jalik
operatsiyalarining
mazmuni
So‘mma
(ming
so‘mda)
Hisobvaraqlar
Korresponden-
siyasi
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
Debet
Kredit
1 Korxona kassasiga uning hisob
raqamidan pul mablag‘lari kelib
tushganligi aks ettirildi
5 300
5110
5210
Kassir hisoboti, chiqim kassa
orderi, xizmat safari haqidagi
buyruq, bo‘nak hisobi
2 Korxona xodimlariga ish haqi
bo‘yicha qarzlar to‘lovi aks
ettirildi
4 500
6510
5110 Kassir hisoboti, chiqim kassa
orderi,
3 Xizmat safari xarajatlari uchun
so‘mmalarni hisobdorga berish
aks ettirildi
500
4120
5210 Kassir hisoboti, chiqim kassa
orderi, xizmat safari haqidagi
buyruq, bo‘nak hisobi
4 Xo‘jalik
xarajatlari
uchun
so‘mmalarni berish aks ettirildi
100
4220
5210 Ish haqini berish uchun
qaydnoma
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?Ya
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
Masala. Ishlab chiqarish korxonasini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish vaqtida quyidagilar
aniqlandi:
1)
Korxona xodimlariga meditsina xizmati ko‘rsatish uchun pul to‘langan:
Debet 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schoti – 3000000;
Kredit 5110 “Hisob-kitob schoti” schoti- 3000000;
2)
Korxona xodimlari farzandlarining dam olishlari uchun lagerga putyovka olingan:
Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schoti – 1500000;
Kredit 5110 “Hisob-kitob schoti” schoti- 1500000;
3)
Oborot mablag‘larini to‘ldirish uchun olingan qisqa muddatli kredit foizi to‘langan:
Debet 6810 “Qisqa muddatli kreditlar” schoti – 74000;
Kredit 5110 “Hisob-kitob schoti” schoti – 74000;
4)
8- mart «Xotin-qizlar bayrami» munosabati bilan sovg‘a olingan:
Debet 9420 “Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari” schoti – 270000;
Kredit 5010 “Kassa” schoti – 270000.
Talab qilinadi:
1.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2.
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3.
Xarajatlarni hisobga olishdagi xatoliklarni aniqlang.
Masala. 10 - fevralda savdo tashkiloti bosh kassasi inventarizatsiya qilindi.
Bosh kassir
auditorlar komissiyasiga naqd 125000 so‘m borligini e’lon qildi. Kassa hisoboti ma’lumoti bo‘yicha
shu kun boshiga naqd pul qoldig‘i 25600 so‘m bo‘lgan. 10 - fevral kuni № 151 - kassa kirim orderi
Kredit 9320-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” schoti -
1600 so‘m,
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga
olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.
Masala. Kontrakt bo‘yicha Polshaga 6120 dollarga uskunalar sotildi. Valutaga sotilgan asosiy
vositalar korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya hisobida quyidagicha
buxgalteriya yozuvlari
orqali hisobga olingan:
Debet 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” schoti -
400000 so‘m;
Kredit 0130-“Mashina va uskunalar” schoti -400000 so‘m.
Debet 0230-“Mashina va uskunalarning eskirishi” schoti -392000 so‘m;
Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” schoti -
392000 so‘m;
Debet 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar” schoti -979200 so‘m;
Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” schoti -
979200 so‘m;
Debet 4710-“Xodimlarning kreditga berilgan tovarlar bo‘yicha qarzlari” schoti -195840 so‘m;
Kredit 6410-“Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)” schoti -195840 so‘m.
Xaridor to‘lovni ikki marta amalga oshiradi.
1)
15.08. sanada 35000 doll. 868000 so‘m. Shu sanada 1 doll.= 24,8 so‘m.
2)
06.09. sanada 5000 doll. 126000 so‘m. Shu sanada 1 doll. = 25,2 so‘m.
Uskuna jo‘natish qabul-topshirish akti bo‘yicha 10.09.da amalga oshirildi. Shu sanada doll.
kursi 25,4 so‘mni tashkil etgan.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
Masala. Auditor bosh daftar va kassa daftarini schotlari oborotlarini tekshirib bir necha
xo‘jalik muomalalariga oydinlik kiritdi. Bosh daftar hamda kassa daftarida quyidagicha provodkalar
keltirilgan.
Debet 5010-“Milliy valutadagi pul mablag‘lari” schoti;
Kredit 2310-“Yordamchi ishlab chiqarish” schoti.
Debet 5010-“Milliy valutadagi pul mablag‘lari” schoti;
Kredit 9030-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar” schoti.
Boshlang‘ich hujjatlar va unga ilova hujjatlarida kassaga naqd pul tushganligi ma’lum bo‘ldi.
Naqd pul quyidagilar uchun tushgan:
A) Korxona avtotransportlaridan foydalanganlik uchun 8500 so‘m;
B) Omborda ba’zi tovarlarni saqlaganligi uchun 12000 so‘m;
S) Ortish tushirish xizmatlari uchun 10800 so‘m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib,
auditorlik dalolatnomasini tuzing.
Masala. Tekshirilayotgan korxona chakana savdo bilan shug‘ullanadi. Korxona
do‘konlarining biri Paynet xizmatlarini ko‘rsatgan. Unga maxsus hisobvaraq ochilib, avval-boshdan
1 500 000 so‘m o‘tkazilgan. Quyida ko‘rsatilgan Paynet xizmatlari bo‘yicha oylik yakuniy
hisobotlar ilova qilingan.
Tranzaksiya bo‘yicha agentning yakuniy hisoboti
Provayder
Servis
So‘mma
Hisob-
varaqqa
so‘mma
Agentning
vositachilik
haqi
Tranzaksiya-
lar soni