O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Audit dalillarni olish uchun auditrolik amallar ketma ketligi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#176107
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   362
Аудит УМК

5.Audit dalillarni olish uchun auditrolik amallar ketma ketligi 
Audit dalillar auditorlik xulosasini tasdiqlash uchun auditor tomonidan olingan ma'lumot. 
Xulosani shakllantirishda Auditorlik faoliyatining eng ko’p ishi audit dalillarni olish baholashdan 
iborat. Bu audit amallarida amalga oshiriladi va uch toifaga bo’linadi:
-
Risklarni baholash jarayonlari. Auditor tomonidan moliyaviy hisobotlardagi xato yoki 
firibgarlik buyicha risklarni aniqlash va baholash uchun ma’limot olinadi. Audit xulosasini tuzishda 
yetarli dalillar olinmaganda, auditor o’zi risklarni baholash jarayonini amalga oshiradi va bu auditni 
rejalashtirish maqsadlari uchun foydaliniladi
-
Nazorat testlari. Audit jarayonlarining odatda tasdiqlash bosqichida, jiddiylik darajasini 
olidni olish, yoki aniqlash va tuzatishda nazorat faoliyat samaradorligini baholash uchun 
mo'ljallangan; 
-
Mustaqil jarayonlar. schyotlardagi jiddiylik darajasini aniqlashtiradigan audit jarayoni 
bo’lib, qaysiki batafsil test va mustaqil tahliliy jarayonini o'z ichiga. 
Auditor auditorlik xulosasini taqdim qilishda yetarli darajada tegishli audit dalillarni olish 
uchun audit tartiblarini amalga oshirish uchun mas'uldir. Auditorlar audit amalini bajarish uchun 
auditorlik tartib tabiati, vaqti va uzaytirish haqida qaror qabul qiladi. Audit amalining yana bir 
tabiati, auditning maqsad va uning turini ko'rsatadi. Audit amalini aniqlashning maqsadi bu riskni 
baholash tartibi, nazorat test, yoki mustaqil jarayonlaridir. Audit amallarining turlari hujjatlarni 
tekshirish, aktivlarni tekshirish, kuzatish, tashqi tasdiq, qayta hisoblab chiqish, solishtirma hisob, 
tahliliy jarayonlar, ko'rish va talab etishni o'z ichiga oladi. 5.6 rasmda har bir jarayon turlari 
izohlangan. Umuman olganda, har bir amal turi bu auditor tomonidan qaysi nuqtai nazardan 
qarashiga qarab, riskni baholash tartibi, nazorat testi, yoki mustaqil jarayonlarda foydalanish 
mumkin. 
Audit amali vaqti bu auditorlik dalillar amal qiladigan davr yoki sanada bajarilishni anglatadi. 
Misol uchun, amal mijozning yil oxirigacha mijozning yil oxirida yoki oraliq sanada amalga 
oshirilishi mumkin. Audit amali ko’lami miqdorda amalga oshirilishi nazarda tutadi (masalan, 
nazorat faoliyatinining kuzatuvlar soni yoki tanlov ko’lami). Audit amallari bajarilish davomida 
audit dasturi deb ataladigan hujjatda yig’iladi. 6-bobda biz audit amallari va audit dalillar haqida 
ko'proq ma'lumot beramiz. 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin