Xizmat ko’rsatishga rozilik bergan auditor ishni yuqori professional darajada bajara olishiga
ishonishi lozim. Auditorlar auditorlik xizmatlarini etarlicha e’tibor va g’ayrat bilan bajarishlari
zarur. Ularning majburiyatlari doimiy ravishda o’z bilimlari va tajribalarini
shunday darajada
oshirishi kerakki, rahbariyat ham, mijozlar ham uning doimiy ravishda yangilanib boradigan
qonunchilik sohasidagi ma’lumotlar audit metodikasi va amaliyotiga
asoslangan professional
xizmatlarining yuqori sifatliligiga ishonsin.
Professional kompetentlik – auditorga professional xizmatlarni malakali va sifatli bajarish
imkonini beruvchi bilimlar va ko’nikmalarning zarur hajmiga ega bo’lishdir. Auditorlar o’z bilim
va tajribalarini bo’rttirib ko’rsatmasliklari kerak. Maxfiylik - audit tamoyillaridan biri bo’lib,
auditorlar (auditorlik tashkilotlari) auditorlik faoliyati davomida olgan yoki tuzgan hujjatlarining
bus-butun (yaxshi) holda saqlashni ta’minlashga majburligi, kim bo’lishidan qat’iy nazar, bu
hujjatlarning yoki ularning nusxalarini uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emasligi (to’liq
holda ham, qisman ham) yoki mulk egasi (rahbar)ning roziligisiz ulardagi ma’lumotlar mazmunini
og’zaki ravishda ham boshqalarga oshkor qilmaslikni o’z ichiga oladi.
Maxfiylik tamoyiliga hatto tekshirilgan iqtisodiy sub’ekt haqidagi ma’lumotlar oshkor yoki
e’lon qilinishidan unga moddiy yoki
boshqa zarar etmasa ham, majburiy tarzda amal qilinadi.
Maxfiylik axborotlarni sir saqlash majburiyatini yuklaydi va kasbiy xizmat ko’rsatish
davomida axborotlarni olgan auditordan bu axborotlardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi
tomon manfaatlari uchun foydalanmaslik talablarini qo’yadi.
Mustaqillik bu auditorning audit qilinayotgan tashkilot ishlarida yoki uchinchi shaxsga
bog’liq holda o’z fikrlari shakllanishida manfaatdorlikning (moliyaviy, mulkiy,
qarindoshlik yoki
boshqa har qanday) bo’lmasligini o’zida ifoda etadi.
Jamiyat manfaatlari yo’lida hamma auditorlar va auditorlik tashkilotlari audit qilinayotgan
tashkilot va uchinchi shaxslardan mustaqil bo’lishi zarur.
Auditorlik tashkilotining obro’si. Auditorlar o’z faoliyatlarida auditorlik tashkiloti va uning
xodimlari obro’sini oshiribgina qolmasdan, ushbu sohada muomalaning umumqabul qilingan etika
me’yorlari ham hisoblanuvchi qator nuqtai nazarlar va asosiy tamoyillarga ham rioya qilishlari
lozim. Bunday tamoyillarga vijdonlilik va kasb muomalasi kiradi.
Vijdonlilik – auditorlarning zarur sinchkovlik, e’tiborlilik, tezkorlik va o’z
qobiliyatidan
tegishlicha foydalangan holda professional xizmat ko’rsatishini ko’zda tutadi. Bunda auditorning
o’z ishiga qunt va mas’uliyatli munosabatda bo’lishi auditorlik faoliyatining benuqsonligi kafolati
sifatida qabul qilinmasligi lozim.
Auditorning kasb etikasi muomalaning ana shu bir nechta qoidalari bilan tugamaydi. Kasb
muomalasi tamomila auditor faoliyatining hamma sohasiga taalluqlidir. Etika va uning intizomiy
ta’sir etishi ularning faoliyatini o’zini-o’zi boshqarish hisoblanadi.
Auditorlar boshqa shaxslar
manfaatlarini hamisha esda tutishlari zarur. Ularni hal qilish qanchalik murakkab bo’lmasin, texnik
tafsilotlarni hisobga olib, muammo mohiyati haqida eslashi lozim. Auditorlar uchun o’z
kasblarining boshqa odamlarga ta’sir etish ruhini anglab etish va uni baholay olish muhimdir.
Dostları ilə paylaş: