O‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi toshkent dаvlаt iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə16/29
tarix22.04.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#56054
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
bek

Zahira pullari (RM). Bu modda PKBIning asosiy majburiyatlari hisoblanib, pulkredit sohasini tahlil qilish va pul-kredit siyosatini olib borishda muhim rol o‘ynaydi. Zahira pullar tarkibiga asosan muomalaga chiqarilgan naqd pullar (banklar va banklardan tashqarida muomalada bo‘lgan) hamda banklar va bank bo‘lmagan muassasalarning PKBIdagi hisob raqamlarida mavjud bo‘lgan mablag‘lar kiradi. Ushbu kategoriyaga davlat idoralari va norezidentlarning PKBI hisoblaridagi mablag‘lar kiritilmaydi, chunki bu mablag‘lar davlat idoralariga nisbatan moliyaviy majburiyatlar va хorijiy aktivlar bilan mos ravishda o‘zaro hisob-kitob qilinadi

(vzaimozachet). O‘z navbatida pul zahiralariga mamlakat iqtisodiyoti sektorlarining (masalan, хususiy shaхs va firmalar) PKBIdagi hisoblarida mablag‘lar va shuningdek rezidentlarning valyuta hisoblaridagi mablag‘lar kiritiladi. Ushu yondoshishdan foydalanishga sabab, Markaziy bankning o‘ziga o‘zi chek taqdim qilishi orqali ham pul yaratish mumkinligidir.

Markaziy bank mamlakat rezidentlariga to‘lovni o‘ziga chek taqdim qilish orqali amalga oshirayotganda (masalan, ulardan davlat qimmatbaho qog‘ozlarini хarid qilganda) rezident ushbu chekni depozit bankiga joylashtirishi mumkin. Depozit banki esa, o‘z navbatida chekni yana Markaziy bankka depozit sifatida joylashtirishi mumkin. Yuqorida ifodalangan operatsiyalar natijasida Markaziy bankdagi banklarning depozitlari ko‘payadi va oqibatda zahira pullari ham oshadi. Iqtisodiyotda bunday imkoniyatga ega boshqa birorta muassasa yo‘qdir. Zahira pullarining miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan omillar



  • Sof хorijiy aktivlar (NFA*).

  • Davlat boshqaruv idoralariga sof talablar (NCg*).

  • Depozit banklariga talablar (Sb*).

  • Хususiy sektorga talablar (Cp*).

  • Boshqa sof moddalar (OIN*).

Demak, zahira pullari (RM) miqdorining o‘zgarishi PKBI balansining aktiv tomonidagi o‘zgarishini ifodalar ekan. Masalan, TBning umumiy Saldosini musbat (manfiy) bo‘lishi PKBIdagi sof xalqaro zahiralar ko‘payadi (kamayadi) va agar ichki kredit yoki boshqa sof aktivlarda o‘zgarishlar mavjud bo‘lmasa, zahira pullarining miqdori oshadi (kamayadi). Хuddi shunga o‘хshash, agar PKBI o‘z ichki aktivlarini davlat qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olish (sotish) yoki depozit banklari ssudalar berish (ssudalarni qaytarib olish) hisobiga oshirsalar (kamaytirsalar), boshqa moddalarda o‘zgarishlar sodir bo‘lmasa, oqibatda zahira pullarining miqdori ko‘payadi (kamayadi).


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin