O‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi toshkent dаvlаt iqtisodiyot universiteti


-rasm. ‘’Temir daftar’’ga kiritilgan va chiqarilgan oilalar to’g’risida.17



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə25/29
tarix22.04.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#56054
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
bek

10-rasm. ‘’Temir daftar’’ga kiritilgan va chiqarilgan oilalar to’g’risida.17

Belgilangan rejalarni amalga oshirish natijasida, aholining kambagʻal qatlami nafaqat iqtisodiy oʻsishdan foyda koʻrishi, balki oʻzi ham iqtisodiy rivojlanishga hissa qoʻshishi kutilmoqda. Bularning barchasi mamlakatdagi butun ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ijobiy multiplikativ taʼsir koʻrsatadi.



Xulosa

Asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir qancha sabablarga ko‘ra muhim rol o‘ynaydi.



Birinchidan, asosida pul yotgan bozor iqtisodiyotida moliyaviy tizim sektorlararo resurslar oqib o‘tadigan vositachi vazifasini bajaradi. Pul-kredit sektori iqtisodiyotdagi barcha moliyaviy oqimlar bo‘yicha hisob-kitob markazi hisoblanib, ushbu sektorning hisoblarida moddiy resurslarni sektorlararo harakatini ifodalaydigan oqimlar dinamikasini aks etadi. Pul, pul aylanishi, pul tizimi iqtisоdiyotning eng asоsiy markaziy muammоlaridan biri, ya’ni «qоn tоmiri» hisоblanadi. Pul tizimining to`g`ri faоliyati darоmadlar va хarajatlarning dоiraviy aylanishiga hayotiy kuch bеradi. Ayni vaqtda yagona elektron platforma Markaziy bankning bozor operatsiyalari orqali qisqa muddatli foiz stavkalariga tezkor ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi va pul-kredit siyosati uzatish mexanizmining foiz kanali ta’sirini kuchaytiradi.Inflyatsion targetlash rejimida pul-kredit sohasida amalga oshiriladigan choralar shaffofligini oshirishga va asossiz inflyatsion kutilmalarning oldini olishga qaratilgan kommunikatsion kanalining amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.Shundan kelib chiqqan holda, Markaziy bank qabul qilinayotgan qarorlar sabablari hamda mohiyatini elektron va bosma ommaviy axborot vositalari orqali aholi va biznes hamjamiyatiga tushuntirish bo‘yicha faol ish olib boradi.Pul-kredit siyosati sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va kutilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka yetkazish va ular tomonidan ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qilinishini ta’minlash maqsadida e’lon qilinadigan axborotlarda soha mutaxassisi bo‘lmaganlar uchun tushunarli bo‘lgan til va atamalardan foydalaniladi.Shu bilan birga, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lami kengaytirib boriladi Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning aniq strategiyasini ishlab chiqish va uning instrumentlaridan samarali foydalanish vazifasi ko‘p jihatdan Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan tahlil va prognozlar sifatiga bog‘liq. Puxta ishlab chiqilgan makroiqtisodiy prognozlarga asoslangan pul-kredit siyosati ichki moliya bozorlaridagi noaniqliklarni kamaytiradi, qabul qilinayotgan qarorlar mohiyatini tushuntirishni yengillashtiradi va uning yo‘nalishlarini oldindan aniqlash imkonini yaratadi.Bugungi kunda Markaziy bank xalqaro amaliyotlar asosida prognozlash ishlarini tashkil etishning boshlang‘ich bosqichida turibdi. Bunda inflyatsiya darajasini prognozlashning dastlabki modellarini tuzish borasida ilk qadamlar tashlangan.Xususan, ARIMA (avtoregressiya – suzuvchi o‘rtachaning integrallashgan modeli) modelida iste’mol narxlarining guruhlashtirilgan indeksini qo‘llash va sinovdan o‘tkazish boshlandi. Shu bilan birga, OLS (eng kichkina kvadratlar usuli) i VAR (vektorli avtoregressiya) modellari ham qo‘llanmoqda. 2018-2021 yillarda inflyatsiya va bank tizimidagi likvidlilikni omillar bo‘yicha tahlil qilish, to‘lov balansi statistikasini zamonaviy usullar asosida tuzish, asosiy makroiqtisodiy hamda pul-kredit ko‘rsatkichlarini prognozlash va modellashtirish instrumentlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlar yanada kuchaytiriladi.18 Zaruriy ma’lumotlar bazasini shakllantirish bilan bir qatorda yarimtarkibiy va tarkibiy modellar asosida qo‘llaniladigan modellar ro‘yxatini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan 2018 yildan boshlab iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni aniqlash borasida o‘tkazilayotgan so‘rovlar va kuzatuvlar inflyatsion xatarlarni chuqur o‘rganish, pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va samarali amalga oshirishda ko‘mak beradi.Markaziy bank xalqaro moliya institutlari va xorijiy mamlakatlar markaziy banklari bilan ham hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajada davom ettiradi.Pul-kredit siyosatini takomillashtirish va uning instrumentlari rolini kuchaytirish, bank tizimi likvidligini tahlil qilish va prognozlash hamda pul bozoridagi operatsiyalar samaradorligini oshirish maqsadida 2018-2021 yillarda Xalqaro valyuta jamg‘armasining maxsus texnik missiyalarini jalb qilish, xorijiy mamlakatlar markaziy banklari ilg‘or tajribasini o‘rganish va o‘zaro tajriba almashish amaliyotini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Hozirda davlatimiz iqtisodiyotni yanada rivojlanish uchun maksimal darajada ish olib bormoqda.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin