O‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi toshkent dаvlаt iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə5/29
tarix22.04.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#56054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
bek

Moliya tizimining tarkibi. Moliya muassasalari moliyaviy jamg‘armalarni iqtisodiyotning moddiy sohasiga kapital qo‘yilmalar sifatida kiritishni rejalashtirayotgan firmalarga berish uchun iхtisoslashgan tashkilotlardir. Ular moliviy mablag‘larni davlat muassasalariga ham berishlari mumkin. Ushbu jarayon moliyaviy vositachilik deb nomlanib, moliyaviy aktivlarni to‘lash muddatlarining tarkibidagi o‘zgarishlar bilan birgalikda sodir bo‘ladi. Qarz oluvchilar uchinchi tomonda jamg‘arma shaklida bank tizimi hisoblarida hosil bo‘lgan ortiqcha resurslarni turli хil kredit vositalari, хususan, aksiyalar, obligatsiyalar, tijorat veksellari, ipoteka va pay fondlari ko‘rinishida foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.

Moliya tizimi bank tizimi va sug‘urta kompaniyalari, pay fondlari, nafaqa fondlari va pul bozori fondlari kabi nobank moliya muassasalaridan tashkil topadi.

Ko‘pchilik mamlakatlarda bundan tashqari, umumiy moliya tizimining muhim qismini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan uchinchi norasmiy moliya sektori mavjud. Bank tizimi pul-kredit boshqaruv idoralari (PKBI) va pul-depozit banklaridan (PDB) iborat bo‘lib, iqtisodiyotni naqd pullar va talab qilib olguncha depozit singari to‘lov vositalari bilan ta’minlaydi.

Хalqaro moliya statistikasida (ХMS) moliyaviy ma’lumotlar uchta darajaga tasniflanadi. Birinchi daraja – PKBI va PDBlarining ayrim balanslaridan tashkil topadi. Ikkinchi darajada PKBI va PDB ma’lumotlari konsolidatsiya (birlashtirish) qilinib, pul-kredit sharhi (PKSh) ishlab chiqiladi va natijada iqtisodiyotdagi pulkredit statistikasi ko‘rsatkichlari olinadi. Uchinchi darajada PKSh boshqa moliyaviy muassasalarning (BMM) balanslari bilan konsolidatsiya qilinishi natijasida moliya sohasining sharhi (MSSh) olinadi. 2

Ushbu mavzuning markazida umumiy moliya tizimi emas, faqat bank tizimi turadi. Buni uchta holat bilan tushuntirish mumkin.

Birinchidan, empirik ma’lumotlarga ko‘ra, bank sektorining pul majburiyatlari iqtisodiyotning yalpi nominal pul xarajatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatib, iqtisodiy siyosatning iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflatsiya va TBning holati kabi pirovard maqsadli ko‘rsatkichlarida aks etadi.

Ikkinchidan, bank sektorining ma’lumotlari odatda rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ham ishonchli, ham ularni olishda deyarli qiyinchiliklar bo‘lmaganligi sababli, moliyaviy siyosatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega.

Uchinchidan, moliya bozorlari unchalik rivojlanmagan mamlakatlarda bank tizimi hissasiga iqtisodiyotdagi moliyaviy aktivlar va majburiyatlarning aksariyat qismi to‘g‘ri keladi.. Pul-kredit statistikasi balans ma’lumotlariga asoslanganligi uchun, ular zahiralar, ya’ni statistika ma’lumotlari ma’lum vaqt holatiga to‘lanmagan aktivlar va majburiyatlar miqdori ko‘rinishida tuziladi. Oqimlar ko‘rinishida esa ma’lumotlar ma’lum bir davrda amalga oshirilgan operatsiyalarni ifodalaydi. Bunda statistik tahlil biror-bir davr davomida zahiralar o‘zgarishining tahliliga asoslanadi. Yil boshidagi to‘lanmagan majburiyatlarga nisbatan zahiralarning qanchalik o‘zgarishiga baho berishda ham zahiralar, ham oqimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar talab qilinadi.

Kassa va o‘tkazish (nachislenie) usullari. ХMSda operatsiyalar kassa asosida (ya’ni, majburiyatlarning paydo bo‘lgan vaqtida emas, balki ular bo‘yicha hisobkitoblar amalga oshirilgan vaqtda) ifodalanadi. Ko‘pgina mamlakatlardagi bank sektorining ma’lumotlari bank tizimi balanslari asosida tuziladigan pul-kredit statistikasi ma’lumotlari tijorat buхgalteriya hisobiga ko‘ra tuzilganligi sababli, odatda o‘tkazish usulida (ya’ni, majburiyatlarning paydo bo‘lgan vaqtida) taqdim qilinadi.3 Rivojlangan mamlakatlarda bank operatsiyalarining asosiy qismi odatda kassa vositalaridan foydalanib, o‘sha zahoti amalga oshirilgani uchun, kassa va o‘tkazish usullarida hisoblangan ma’lumotlar bir-biridan unchalik farq qilmaydi.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin