IPO (Initial Public Offering) – aksiyalarni ochiq obuna tartibida
joylashtirish amaliyoti;
kapital bahosi (Cost of Capital) – ma’lum bir kapital manbasidan
foydalanish hisobiga toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa va
kapital hajmi oʻrtasidagi nisbatning foizdagi ifodasi;
kapital qoʻyilmalar byudjetini tuzish (capital budgeting) –
korxonada uzoq muddatli investitsiyalarni rejalashtirish va boshqarish
jarayoni;
kapital tuzilmasi (capital structure) – bu qarz kapitali va xususiy
kapitalning oʻzaro yigʻindisi;
kapitalizatsiyalash (capitalization) – olinadigan daromadlarni
reinvestitsiyalash jarayoni;
kompaniya ustidan nazoratni qoʻlga olish ( to take control of the company) – kompaniya boshqaruvining bir guruh aksiyadorlar
qoʻlidan boshqasiga oʻtishi.
konglomerat qoʻshib olish (conglomerate acquisition) – faoliyat
yoʻnalishlari oʻzaro bogʻliq boʻlmagan kompaniyalarning biri
tomonidan ikkinchisining qoʻshib olinishi;
korporativ moliya (corporate finance) – korxonaning pul
mablagʻlari doiraviy aylanishi jarayonida kapital, daromadlar va pul
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq keng
doiradaga pul munosabatlarini qamrab oluvchi moliya tizimining
mustaqil sohasi;
korporativ obligatsiyalar (corporate bonds) – ochiq
aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda
tashkil etilgan tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qarz
munosabatini anglatuvchi obligatsiyalar;
kredit notalari ( credit linked notes – CLN ) – ta’minlanmagan
qarz mablagʻlari ajratish usuli;