Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

 
 
KIRISH 
Korporativ moliya – yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mulk-
larini ixtiyoriy ravishda birlashtirish orqali tijorat tashkilotini tashkil 
etish va tashkil etilgan tijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq 
pulli munosabatlarni anglatadi va moliya tizimining mustaqil sohasi 
hisoblanadi. Moliyaning aynan shu sohasida iqtisodiyotning turli 
tarmoqlariga 
taqsimlanadigan 
daromadlarning 
asosiy 
qismi 
shakllanadi
1
va bu daromadlar iqtisodiy taraqqiyotning hamda jamiyat 
ravnaqining asosiy manbasi sifatida xizmat qiladi. Bunda korxonalar 
daromadlari oʻz-oʻzini moliyalashtirish uchun, ishchi xodimlar va 
davlat oldidagi majburiyatlari hamda boshqa yoʻnalishlarga 
taqsimlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda korporativ 
moliyaning moliya tizimi markaziy boʻgʻini sifatida yuzaga chiqishini 
koʻrishimiz mumkin va korporativ moliyaning amal qilishini samarali 
tashkil etish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida doimiy e’tibor 
talab qilishini ta’kidlashimiz lozim boʻladi. 2017-2021 yillarda 
O‘zekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida “aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil 
manba sifatida fond bozorini rivojlantirish”, “alohida milliy 
korxonalar aksiyalarining xorijiy nufuzli fond birjalarida dastlabki 
tarzda joylashtirilishiga erishish (IPO), ularning xorijiy kapital 
bozoriga chiqishini ta’minlash”
1
kabi vazifalarning belgilanganligi 
ham korporativ moliyaning ahamiyatini yanada oshiradi.
Korporativ moliya bugungi kunga kelib xalqaro moliya tizimining 
asosi sifatida ham xizmat qilmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi. 
Aynan shunday holatda mamlakatimizda korporativ moliyani samarali 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmonidan. 



4 - 
tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish bilan 
birga xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonining yuksalishiga 
imkon beradi. Buning uchun esa tayyorlanayotgan iqtisodchi 
mutaxassislarning korporativ moliya boʻyicha bilim, malaka va 
koʻnikmaga ega boʻlishlari talab etiladi. Mazkur darslik ham aynan 
shu maqsadda nashrga tayyorlangan.
Umuman, korporativ moliyani samarali tashkil etish strategiyasini 
toʻgʻri belgilash mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida va xalq turmush 
farovonligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada 
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “... avvalambor 
roʻy berishi mumkin boʻlgan turli falokatlar, jahon iqtisodiyotining 
yuksalishi va inqirozini oldindan koʻrish imkonini beradigan, har 
tomonlama chuqur oʻylangan, aniq maqsad va ustuvor yoʻnalishlarni 
oʻz ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish 
strategiyasiga ega boʻlgan mamlakat va xalq pirovard natijada 
muvaffaqiyatga 
erishadi”
2

Shundan 
kelib 
chiqqan 
holda 
mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish maqsadida 
Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan korporativ moliyani 
samarali tashkil etish va rivojlantirishga doir qator chora-tadbirlar 
amalga oshirilmoqda.
 
Mazkur darslikda korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va 
tashkiliy xususiyatlari, korporativ tuzilmalarda moliyaviy menejerning 
roli, korporativ tuzilmalar faoliyatida moliya bozorining oʻrni, pul 
mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymatini aniqlash masalalari, oʻz 
mablagʻlari va qarz mablagʻlari hisobiga faoliyatni moliyaviy 
ta’minlash masalalari, korxonalar faoliyatiga xorijiy kapitalni jalb 
etish yoʻllari, kapital bahosini aniqlash, moliyaviy aktivlar 
daromadliligini baholash yoʻnalishlari, sof joriy qiymat usulida 
investitsion qarorlar qabul qilish, risk va daromadlilikning oʻzaro 
bogʻliqligi, opsionlarning qoʻllanish xususiyatlari, dividend siyosati, 
korxonalarda soliqlarni rejalashtirish, korporativ birlashishlar va 
2
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T.: Oʻzbekiston, 2010. 6-bet.



5 - 
qoʻshib olishlar kabi masalalar ham nazariy, ham amaliy jihatdan 
yoritib berilgan. 
Darslik 5230600 – “Moliya”, 5111000 – “Kasb ta’limi (5230600 
– Moliya)”
2
, 5232100 – “Korporativ moliya” bakalavriat ta’lim yoʻna-
lishlariga moʻljallangan boʻlsada, undan boshqa iqtisodiy yoʻnalishlar 
va mutaxassisliklar talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-oʻqituv-
chilar hamda amaliyotchi mutaxassislar ham oʻz faoliyatlarida keng 
foydalanishlari mumkin. Har bir bob yakunida keltirilgan oʻz-oʻzini 
nazorat qilish boʻyicha savollar, test variantlari kitobxonlarning 
mavzuni chuqurroq oʻrganishlariga xizmat qiladi. 
Korporativ moliya sohasi boʻyicha oʻzbek tilida adabiyotlarning 
nisbatan kamligi, shuningdek, muallifning ayni paytda ham mazkur 
sohada tadqiqotlar olib borayotganligini inobatga olgan holda darslik 
bilan tanishish jarayonida tugʻilgan muammoli savollar, fikr-
mulohazalar, takliflar, ma’lum bir kamchiliklar yuzasidan samimiyat-
uz@mail.ru elektron pochtasiga murojaat qilishingizni soʻraymiz va 
Sizning murojaatingiz muallifning keyingi ilmiy tadqiqot ishlarida 
inobatga olinishi mumkin.

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin