Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

Aksiyadorlar soni 
Norezi-
dentlar 
7,04% 
Rezident-
lar 
92,96% 
Aksiyadorlarning ustav 
kapitalidagi ulushi 



23 - 
toʻgʻri tashkil etish esa bevosita korporativ moliyaviy siyosatga 
bogʻliq.
Korporativ moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish 
korxonalarning barcha moliyaviy munosabatlarini qamrab olishi 
lozim. Bunda moliyaviy siyosat – korxonaning ta’sis hujjati (ustavi)da 
aks etgan strategik va taktik maqsadlarga erishish uchun moliyadan 
maqsadga yoʻnaltirilgan holda foydalanishni oʻzida aks ettiradi. 
Masalan, tovar bozoridagi pozitsiyasini kuchaytirish; mos ravishda 
aktivlar hamda xususiy kapital rentabelligiga erishish; toʻlovga 
layoqatlilik va balans likvidliligini ta’minlash; aksiyadorlar mulkiy 
imkoniyatlarini oshirish va boshqalar. Umuman, korporativ moliyaviy 
siyosatda quyidagilar nazarda tutiladi: 
-
foydani maksimallashtirib borish; 
-
kapital tarkibi va qiymatini optimallashtirish;
-
korporativ tuzilmaning moliyaviy barqarorligi, amaliy va 
bozor aktivligini ta’minlash; 
-
aksiyadorlar, investorlar va kreditorlar uchun korporativ 
tuzilmaning moliyaviy ochiqligiga erishish; 
-
qimmatli qogʻozlar emissiyasi, moliyaviy lizing, loyihaviy 
moliyalashtirish 
yordamida 
kapital 
jalb 
qilishning 
bozor 
mexanizmlaridan foydalanish; 
-
korxona 
moliyaviy-xoʻjalik 
faoliyatining 
strategik 
maqsadlarini hisobga olgan holda moliyaviy holat diagnostikasi 
asosida korporativ moliyani boshqarish mexanizmini ishlab chiqish; 
-
ustavda keltirilgan faoliyatni amalga oshirish va korporat-
siyaning qarz majburiyatlarini qoplash uchun zarur moliyaviy 
resurslarni shakllantirish, pul oqimlari va moddiy zaxiralar 
balansliligini ta’minlash.
Korporativ tuzilma pul oqimlari va moddiy zaxiralar oʻrtasida 
balanslilikka erishish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga 
oshiriladi: 
-
ustav kapitalini shakllantirish (pul koʻrinishida yoki moddiy 
koʻrinishda) va faoliyat uchun qoʻshimcha mablagʻlarni (resurslarni) 
jalb qilishning eng ratsional usullari aniqlanadi; 
-
pul oqimlarini optimallashtirish imkonini beruvchi moliyaviy 
boshqaruv tashkiliy tuzilmasi shakllantiriladi; 



24 - 
-
soliqlar va majburiy ajratmalarni optimallashtirish maqsadida 
hisob siyosati ishlab chiqiladi; 
-
kontragentlar bilan hisob-kitoblar usullari va muddati
jarimalar qoʻllanilishi bilan bogʻliq xoʻjalik shartnomalari shart-
sharoitlari aniqlanadi; 
-
xarajatlar, daromadlar, foyda va investitsiyalar javobgarlik 
markazlarini yaratish asosida byudjet boshqaruvi tizimi joriy qilinadi; 
-
bosh kompaniya va uning filiallari oʻrtasida pul oqimlari 
harakati hisobi va nazorati tashkil qilinadi. 
Korporativ moliyani boshqarish tizimini ishlab chiqish jarayonida 
yetarlicha pul mablagʻlari va toʻlovga layoqatlilikning yuqori darajasi 
sharoitida korporatsiyani rivojlantirish va mulkdorlar (aksiyadorlar) 
manfaatlarini uygʻunlashtirish muammosi paydo boʻladi. Bunday 
sharoitda korxona faoliyat davomiyligi va qoʻyilgan maqsadlar 
tavsifidan kelib chiqqan holda strategik va taktik moliyaviy vazifalar 
qoʻyiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda korporativ moliyaviy 
siyosatni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin (3-rasm). 



25 - 
 
1.3-rasm.

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin