Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

Moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻz-oʻzini tartibga solish 
tamoyili
mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan kelib 
chiqqan holda ishlab chiqarish va ilmiy-texnik taraqqiyot boʻyicha 



9 - 
qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirishda korxonalarga toʻliq 
mustaqillik taqdim etilganligini oʻzida ifodalaydi. 
Korxonalar ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat)ga talabdan 
kelib chiqqan holda rivojlanish istiqbollarini belgilaydi va oʻz 
faoliyatini rejalashtiradi. Tezkor va joriy rejalar asosini xaridorlar 
bilan tuzilgan mahsulot yetkazib berish va mol yetkazib beruvchilar 
bilan tuzilgan moddiy resurslar bilan ta’minlash boʻyicha tuzilgan 
shartnomalar tashkil etadi. Moliyaviy rejalar biznes rejada koʻzda 
tutilgan tadbirlarni pul mablagʻlari bilan ta’minlashga, shuningdek
davlat byudjeti bilan hisob-kitoblarni kafolatlashga qaratilgan. 
Aylanma mablagʻlarni toʻldirish oʻz moliyaviy resurslari (sof foyda), 
zarur holatlarda qarz mablagʻlari va boshqa jalb qilinadigan 
mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash tamoyili 
korxonani rivojlantirish 
uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar sof foyda va amortizatsiya ajratmalari 
hisobiga qamrab olinishini nazarda tutadi. Bu mablagʻlar tegishli 
korxona xususiy kapitalining minimal iqtisodiy samaradorligini 
ta’minlashga qaratilgan. 
Korxona oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashda takror ishlab chiqarish 
jarayonini oʻz manbalari hisobiga moliyalashtiradi va tegishli byudjet-
larga soliqlar toʻlaydi. Amaliyotda mazkur tamoyilga amal qilish 
barcha korxonalarda samarali ishlashni va zararlarni tugatishni talab 
qiladi. 
Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashdan farqli ravishda oʻz-oʻzini 
moliyalashtirish nafaqat samarali faoliyat koʻrsatish imkonini beradi, 
balki tadbirkorlik faoliyati asosida moliyaviy resurslarni shakllantirish 
imkonini ham yaratadi. Oʻz-oʻzini moliyalashtirish tamoyili 
shartnoma majburiyatlariga, kredit-hisob-kitob va soliq intizomiga 
rioya qilish orqali korxonalarda moddiy javobgarlikni kuchaytirish 
imkonini beradi. Xoʻjalik shartnomalari shartlarini buzish natijasida 
jarimalar toʻlash, shuningdek, boshqa tashkilotlarning zararlarini 
qoplash mahsulot yetkazib berish boʻyicha majburiyatlarni 
bajarishdan korxonani ozod qilmaydi.



10 - 
Oʻz-oʻzini moliyalashtirish tamoyilini amalga oshirish uchun 
quyidagi shartlarga rioya qilish lozim: 
- joriy va investitsion faoliyat boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun 
yetarli miqdorda oʻz kapitalini jamgʻarish; 
- kapitalni joylashtirish uchun maqbul yoʻnalishlarni tanlash; 
- asosiy kapitalni doimiy ravishda yangilab borish; 
- tovar va moliya bozorlari talabiga moslasha olish. 
Korporativ moliyani boshqarish amaliyotida pul oqimlari sinxron-
ligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. 
Chunki pul oqimlari oʻzaro mosligini ta’minlash faoliyat 
uzluksizligiga xizmat qiladi. Buning uchun esa kapitalni oqilona 
joylashtirish va bozor talablariga tez moslashuvchanlik doimiy 
nazoratga olinishi lozim boʻladi. 
Aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalarini oʻz va qarz 
manbalariga ajratish tamoyili 
alohida tarmoqlarda ishlab chiqarishni 
tashkil etish va texnologik xususiyatlarga koʻra belgilanadi. Mavsu-
miylik xususiyatiga ega tarmoqlarda (savdo, oziq-ovqat, qishloq 
xoʻjaligi va boshqalar) aylanma mablagʻlarni shakllantirishning qarz 
manbalarining ulushi yuqoriligini kuzatish mumkin. Mavsumiylik 
xususiyatiga ega boʻlmagan tarmoqlarda (ogʻir sanoat, transport, 
aloqa) aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalari tarkibida oʻz 
aylanma mablagʻlari ustunlikka ega boʻladi. 
Moliyaviy zaxiralar tashkil etish 
hamkorlar oldida oʻz 
majburiyatlarini bajarmaslik natijasida moddiy javobgarlikning oʻsib 
borishi, bozor konyunkturasining mumkin boʻlgan tebranishlari 
sharoitida korxonalarda barqaror faoliyatni ta’minlash uchun zarurdir. 
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy zaxiralar qonunchilikda 
belgilangan tartibda sof foyda hisobidan shakllantiriladi. Boshqa 
xoʻjalik subyektlarida esa moliyaviy zaxiralar ta’sis hujjatlari asosida 
tashkil etiladi. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar oʻzining 
ustavida nazarda tutilgan, lekin oʻz ustav kapitalining oʻn besh 
foizidan kam boʻlmagan miqdorda zaxira fondini vujudga keltirishi 
mumkin. MCHJ zaxira fondi jamiyatning ustavida belgilangan 
miqdorga yetgunga qadar har yili sof foydadan ajratmalar qilish yoʻli 



11 - 
bilan shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyat ustavida 
belgilab qoʻyiladi, lekin u jamiyat ustavida belgilangan miqdorga 
yetgunga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlishi mumkin 
emas. 
Amaliyotda mazkur tamoyillarga rioya qilishni ta’minlash 
korporativ moliyani boshqarish tizimlarini tashkil etish va moliyaviy 
siyosatni ishlab chiqish orqali amalga oshirilishi lozim. Bunda 
quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq: 
- faoliyat doirasi va yoʻnalishlari (mahalliy yoki xalqaro doirada; 
eksport yoki import); 
- tarmoq xususiyatlari; 
- tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari. 
Keltirilgan tamoyillarga rioya qilish korxonalarning moliyaviy 
barqarorligi, toʻlovga layoqatliligi, daromadliligi va bozordagi 
faolligini ta’minlaydi. 
Bugungi kunda biznesni tashkil etish uni amalga oshirishning turli 
xil shakllarini taqozo etadi. Biror bir shaklni tanlash koʻp sonli 
omillarga bogʻliq holda amalga oshiriladi va quyidagilarni aniqlash 
lozim boʻladi: belgilangan asosdagi tashkiliy-huquqiy xususiyatlar; 
kapital egalari oʻrtasidagi munosabatni oʻzida ifodalovchi mulkchilik 
shakli; nafaqat texnologik jarayonlar, shu bilan birga resurslar, shu 
jumladan moliyaviy resurslarni ham talab qilish darajasiga koʻra 
faoliyat xususiyatlari. Bulardan tashqari biznesni tashkil etish nuqtai 
nazaridan tabiiy-iqlim va geografik sharoitlarni ham hisobga olish 
lozim boʻladi. 
Umuman keltirib oʻtilgan sharoitlardan kelib chiqqan holda 
korxonalardan resurslarni oʻzlashtiribgina qolmasdan qoʻyilgan 
maqsadlarga erishish ham talab etiladi. Natijada iqtisodiy, ijtimoiy, 
ekologik, davlat, milliy, global ahamiyat kasb etuvchi masalalar oʻz 
yechimini topishi mumkin. Shunda tashkil etiladigan biznes faoliyati 
muvaffaqiyat keltirishi bilan birga kutilgan natijaga erishish va eng 
asosiysi maqsadlarga erishish imkonini beruvchi biznez jarayonini 
doimiy yangilab borishga ham imkon beradi. 



12 - 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin