Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Biznesni tashkil etishning korporativ shakllari



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

1.2. Biznesni tashkil etishning korporativ shakllari
Mamlakatimizda biznesni tashkil etishning korporativ shakllari si-
fatida mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va aksiyadorlik jamiyatlari 
koʻp uchraydi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
deb bir yoki bir necha shaxs 
tomonidan ta’sis etilgan, ustav kapitali ta’sis hujjatlari bilan belgilab 
qoʻyilgan miqdorlardagi ulushlarga boʻlingan jamiyat tan olinadi. 
Mas’uliyati 
cheklangan 
jamiyatning 
ishtirokchilari 
uning 
majburiyatlari boʻyicha jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zarar uchun 
oʻzlari qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar. 
Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) belgilangan tartibda 
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs 
maqomiga ega boʻladi. MCHJ oʻz faoliyati davomida belgilangan 
tartibda boshqa yuridik shaxslarning ta’sischisi boʻlishi va ularning 
ustav kapitalida ishtirok etishi, vakolatxonalar va filiallar tuzishi 
mumkin. 
Yuridik va jismoniy shaxslar MCHJlarning ishtirokchilari boʻla 
oladi. Qonunchilikka asosan ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning ja-
miyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin. Davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha 
qoida belgilangan boʻlmasa, jamiyatning ishtirokchilari boʻlishga 
haqli emaslar.
Jamiyat bitta shaxs tomonidan ta’sis etilishi mumkin boʻlib, u 
jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir 
ishtirokchisi boʻlgan jamiyatga aylanishi mumkin. Jamiyat yagona 
ishtirokchi sifatida bir shaxsdan iborat boshqa xoʻjalik jamiyatiga ega 
boʻlishi mumkin emas. MCHJ ishtirokchilarining soni ellik kishidan 
oshmasligi lozim. 
Agar MCHJ ishtirokchilarining soni belgilangan me’yordan oshib 
ketsa, jamiyat bir yil ichida ochiq aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab 
chiqarish kooperativi etib qayta tuzilishi kerak. Agar koʻrsatilgan 
muddat 
davomida 
jamiyat 
qayta 
tuzilmasa 
va 
jamiyat 



13 - 
ishtirokchilarining soni belgilangan me’yorga qadar kamaymasa, u 
yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning talabiga 
binoan sud tartibida tugatilishi kerak.
MCHJlarni ta’sis etish ta’sischilar tomonidan ta’sis shartnomasini 
tuzish va jamiyat ustavini tasdiqlashdan boshlanadi. Ta’sischilar 
tomonidan jamiyatning ijro etuvchi organlari saylanadi yoki 
tayinlanadi, shuningdek, jamiyatning ustav kapitaliga naqd pulsiz 
ulushlar qoʻshilgan holatlarda, ularning balansga kiritilish bahosini 
tasdiqlaydilar. Jamiyat ustavini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror, 
shuningdek, jamiyat ta’sischilari kiritadigan ulushlarning puldagi 
bahosini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror ta’sischilar tomonidan bir 
ovozdan qabul qilinishi lozim. Boshqa qarorlar esa jamiyatning 
ta’sischilari tomonidan qonunchilik hujjatlarida va jamiyatning ta’sis 
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, MCHJlarning ta’sis shartnomasi va 
ustavi jamiyat ta’sis hujjatlari hisoblanadi. Agar jamiyat bir shaxs 
tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis 
hujjati hisoblanadi. Agarda jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va un-
dan ortiq shaxsni tashkil etsa, ular oʻrtasida ta’sis shartnomasi tuzilishi 
shart. 
Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki istalgan manfaatdor 
shaxsning talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning ta’sis hujjatlari 
bilan, shu jumladan unga kiritilgan oʻzgartishlar bilan tanishish 
imkoniyatini berishi shart. Jamiyat ishtirokchisining talabiga binoan 
jamiyat unga jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi nusxalarini 
berishi shart. Nusxalarni berganlik uchun jamiyat tomonidan 
olinadigan haq ularni tayyorlashga ketgan xarajatlardan ortiq boʻlishi 
mumkin emas.
Jamiyatning ta’sis hujjatlariga oʻzgartishlar jamiyat ishtirokchi-
larining umumiy yigʻilishi qaroriga binoan kiritiladi. Jamiyatning 
ta’sis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar ham belgilangan tartibda 
davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. 
Ta’sis shartnomasida MCHJlarning ta’sischilari jamiyatni tuzish 
majburiyatini oladilar va uni tuzish yuzasidan birgalikda faoliyat 



14 - 
yuritish tartibini belgilaydilar. Ta’sis shartnomasida quyidagilar ham 
belgilab qoʻyiladi: 
- ta’sischilar tarkibi; 
- ustav kapitalining miqdori va har bir ta’sischi ulushi; 
- jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustav kapitaliga ulushlarni 
qoʻshish tartibi, miqdori, usullari va muddatlari; 
- ulushlarni qoʻshish boʻyicha majburiyatlarini buzganlik uchun 
ta’sischilarning javobgarligi;
- ta’sischilar oʻrtasida foyda va zararlarni taqsimlash shartlari va 
tartibi; 
- MCHJ organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining 
jamiyatdan chiqish tartibi. 
MCHJ ustavida esa quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 
- jamiyatning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi; 
- jamiyat faoliyatining predmeti; 
- jamiyatning pochta manzili toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 
- jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari, shuningdek, jamiyat 
organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi;
- jamiyat ustav kapitalining miqdori toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 
- jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal 
qiymati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 
- jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari; 
- jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning 
oqibatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 
- jamiyat ustav kapitalidagi ulushning (ulush bir qismining) 
boshqa shaxsga oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 
- jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan 
jamiyat ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish 
tartibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; 
- jamiyatning vakolatxonalari va filiallari toʻgʻrisidagi 
ma’lumotlar va boshqalar. 
Mas’uliyati 
cheklangan 
jamiyatlarda 
ustav 
kapitalini 
shakllantirish masalalari, ularni qayta tashkil etish yoʻllari xususida 
keyingi boblarda toʻxtalib oʻtamiz. 



15 - 
Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning fao-
liyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyador-
lik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻri-
sida”gi qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya 
qilish toʻgʻrisida”gi qonun dastlab 1996 yil 26 aprelda, yangi 
tahrirdagisi esa 2014 yil 6 mayda qabul qilingan. 
Bank, investitsiya va sugʻurta faoliyati sohalarida, shuningdek, 
davlat tashkilotlarini xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini 
tashkil etishning va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari 
tegishli qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Ustav kapitali aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan 
huquqlarini 
tasdiqlovchi 
muayyan 
miqdordagi 
aksiyalarga 
taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati deb e’tirof etiladi. 
Aksiyadorlik jamiyati yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z mustaqil balansida 
hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu jumladan o‘zining ustav 
kapitaliga berilgan mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va 
shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi
zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi 
mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan 
e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi va ustavida muddat 
belgilanmagan bo‘lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Yangi tahrirdagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning 
huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingunga qadar 
mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari ochiq yoki yopiq boʻlishi 
mumkin edi. Bunda ochiq aksiyadorlik jamiyatining ta’sischilari 
tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmagan, yopiq 
aksiyadorlik jamiyatining ta’sischilari esa kamida uchta shaxsdan 
iborat qilib belgilangandi. Jamiyatning har bir ta’sischisi uning 
aksiyadori boʻlishi lozim edi. Shuningdek, aksiyadorlari oʻzlariga 
tegishli aksiyalarini oʻzga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa 
shaxslarga berishi mumkin boʻlgan aksiyadorlik jamiyati 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin